Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

https://t.me/ekosirdaryo

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqtida olib ketilmayotgan chiqindi qutilari oldida "jarima yozadigan" kuzatuv kameralari oʼrnatilgan” sarlavhasi bilan xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganda ko‘rsatilgan manzilda, yani “Sayqal” mahallasi hududida chiqindi konteynerlari xazonlar va qurilish chiqindilari bilan to‘ldirib qo‘yilganligi holati aniqlandi. Kuzatuv kameralariga tushib qolgan kadrlar orqali 29- oktyabr tungi soat 24:32 larda damas rusumli avtotransport vositasida hamda kunduzi bir nechta fuqarolar tomonidan xazon va shoh-shabbalar tashlab ketilganligi aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilariga shuni ma’lum qilamizki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 6- fevraldagi “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqib ketish boʼyicha xizmatlar koʼrsatish Qoidalari” toʼgʼrisidagi 95-son qaroriga asosan "Toza hudud" DUK qurilish chiqindilarini, daraxt, buta shox-shabbalari va barglar uchun alohida shartnoma va toʻlov evaziga xizmat koʻrsatishi belgilangan. 

Shunga qaramay ayrim fuqarolar qo’shimcha chiqindini olib chiqish uchun to‘lov summalaridan qochib maishiy chiqindilar uchun mo’ljallangan konteynerlarini xazon, shox-shabba va qurilish chiqindilari bilan to‘ldirib ketishmoqda. Xabarda ko’rsatilgan hudud esa “Toza hudud” DUK Guliston shahar filialining reja –grafigiga koʼra ertalab va tungi vaqtlarda tozalanadi.

Shunday holatlarda MJTK ning 91pr 1-moddasida ko'rsatib o'tilgan, Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq chiqindilarni to'kish - fuqarolarga BHM ning bir barobaridan uch barobarigacha, mansabdor shaxslarga esa -o'n barobaridan yigirma barobarigacha miqdorda jarima qo’llaniladi.

Shu o'rinda, fuqarolarimizdan qurilish chiqindilarini, daraxt va buta shox-shabbalari hamda barglarni chiqindi konteynerlariga tashlamasliklarini so'rab qolamiz.

Report Page