Sintetik suyuqliklar ishlab chiqarish tsexi

Sintetik suyuqliklar ishlab chiqarish tsexi

Uzbekistan GTL

Sintetik suyuqliklar ishlab chiqarish tsexi 3 ta texnologik qurilmalardan tashkil topgan:

1. Fisher-Tropsh sintezi texnologik qurilmasi 2 ta blokdan iborat bo’lib, vazifasi sintez gazni H2/CO qabul qilib past tempersaturali Fisher-Tropsh reactorda suspenzion cobalt- platina katalizator qatlamida reaksiya natijasida wax (sintetik neft), uglevodorod kondensati, reaksion suv, qoldiq gaz kabi birlamchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Reaktorda reaksiya natijasida hosil bo’lgan wax (sintetik neft) birlamchi va ikkilamchi filtrlar orqali tozalanib oraliq rezervuarlariga jo‘natiladi. Reaksiya ekzotermik ya’ni issiqlik chiqishi bilan boradi natijasida hosil bo’lgan issiqlikdan har bir blok o’rta bosimli to’yingan bug’ ishlab chiqaradi.

2. Og'ir uglevodorodlarni qayta ishlash texnologik qurilmasi asosiy maqsadi:

1- Tailgas (Reaksiyaga kirishmagan va reaksiya natijasida hosil bo‘lgan gazlar) tarkibidan og’ir uglevodorodlardan, turli xil kislorodli birikmalardan tozalaydi, tozalangan qoldiq gaz ikki oqimga bo’linadi, birinchi oqim sintez gaz ishlab chiqarish qurilmasiga tashqi aylanma gaz sifatida, ikkinchi oqim esa yoqilg’I gaz sifatida yoqilg’i tizimiga beriladi.

2- uglevodorod kondensati tarkibidan is gazi va karbonat angidrid (CO, CO2) dan tozalaydi va uglevodorod kondensatni mahsulotga oxirgi ishlov berish qurilmasiga yuboradi.

3. Reaksion suvni tozalash texnologik qurilmasi reaksion suvni past bosimda gazsizlantirish, suvdan moylarni (uglevodorodlarni) ajratib olish va Fisher-Tropsh reaksiyasida hosil bo'lgan kislorodli uglevodorodlarni (spirt, aldegid, keton) distilyatsiya orqali suvdan ajratib olishga mo'ljallangan. Qurilmada ajralgan kislorodli uglevodorodlar distilyati yoqilg'i sistemasiga uzatiladi, molekulyar massasi nisbatan og'ir bo'lgan kislorodli uglevodorodlar og'ir uglevodorodlarni qayta ishlash texnologik qurilmasiga uzatiladi. Qayta ishlangan suv orqali issiqlik almashtirish qurilmasi orqali suvni biologik qayta ishlash qurilmasiga yuboriladi.

Sintetik suyuqliklar ishlab chiqarish tsexida xodimlari ahil jamoa boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.

"Uzbekistan GTL" PR Xizmati

Report Page