Sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan (zakladshik) IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

Sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan (zakladshik) IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop va sintetik dori vositalarining aylanmasiga qarshi kurashish borasida, Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan joylarda kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, Yuqori Chirchiq tumanida tungi xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari va hududiy profilaktika inspektori tomonidan “Jumabozor” hududida shubhali koʻringan 2000-y.t. ikki nafar shaxs (A.S. va S.J)lar toʻxtatib tekshirilgan.

IIBB Axborot xizmati

Natijada ushbu shaxslarning yonidan 28 dona qizil polietilen paketlarda qadoqlangan tarkibida faol giyohvand modda boʻlgan (ekspertiza xulosasi) sintetik vositalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

IIBB Axborot xizmati

Oʻrganishlar davomida ular giyohvandlik vositalarni belgilangan joylarga yashirib, joylashuv manzilini mobil telefonlari orqali suratga olib buyurtmachiga yuborishlari maʼlum boʻlgan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Yuqori Chirchiq tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page