Sintetik dori vositalarini tarqatib kelgan shaxs IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

Sintetik dori vositalarini tarqatib kelgan shaxs IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop va sintetik dori vositalarining aylanmasiga qarshi kurashish borasida, Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan joylarda kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, kuni kecha IIBB “Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻlimi” hamda Oʻrta Сhirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, viloyat hududida giyohvandlik vositalarini maʼlum joylarga yashirib ketish orqali, tarqatib kelgan (zakladchik) 19 yoshli fuqaro A.O. (kollej talabasi) daliliy ashyo bilan ushlandi.

IIBB Axborot xizmati

Tadbir davomida, ushbu shaxs tomonidan joylarga yashirilgan jami 25 dona kichik oʻramlarda qadoqlangan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qoʻshimcha surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Hurmatli yoshlar va ota-onalar ogoh boʻling!

Vaqtinchalik huzurni yoki oson pul topishni koʻzlab, oʻzingiz yoki farzandingiz kelajagiga qora dogʻ tushishiga yoʻl qoʻymang.

IIBB Axborot xizmati



Report Page