Shoxrux Usmonov
Shoxrux Usmonov — 2001-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUning Tarjima fakultetida bakalavr va magistratura darajasini tugatgan.
“Duel” respublika tanlovi Badiiy tarjima yoʻnalishida 2-oʻrin sohibi (2021). “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida “Eng yaxshi tarjima asar” nominatsiyasi gʻolibi (2022).
Tarjimalari:
Astrid Lindgren, “Uzunpaypoq Peppi” (2021)
“Tadorik” tarjimalar toʻplami (2023)
Jubron Xalil Jubron, “Devona” (2024)
Harper Li, “Tasbeh daraxti soyasida” (2025)
Shuningdek, Lengston Hyuz, Maya Enjelou, Jon Farndon, Oʻzdemir Asaf kabi shoirlarning she’rlari va Roald Dal, Xuan Rulfo, Ernest Heminguey, Raskin Bond kabi adiblarning nasriy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Zamonaviy oʻzbek adabiyotidan ingliz tiliga tarjimalari “Turkoslavia”, “The Calvert Journal”, “DoubleSpeak” kabi nashrlarda e’lon qilingan.