Sho‘manoy tumani adliya bo‘limi tamonidan yoshlar uchun huquqiy viktorina o‘yini o‘tkazildi

Sho‘manoy tumani adliya bo‘limi tamonidan yoshlar uchun huquqiy viktorina o‘yini o‘tkazildi

Sho‘manoy tumani adliya bo'limi

Sho‘manay tuman adliya bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta'minlash maqsadida Sho‘manoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarning huquqiy bilimini oshirishga, ayniqsa mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni”, “Huquq bilimdonlari” kuni loyihalari asosida uchrashuv tashkil qilindi.

Viktorinada maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik normalariga tegishli savollardan tashkil topgan test sinovi asosida kuch sinashdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida hamda voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa kitoblar bilan taqdirlandi.

Sho‘manoy tumani adliya bo‘limi




Report Page