Shokoladli chizkeyk: 😋
700 gr tvarojniy sir saushkin
200 gr labne
180 gr shakar
16 gr kakao
6 ta tuxum
480 gr qaymoq 35%
360 gr qora shokolad
5 gr tuz
Idishga tvarojniy sir, shakar, kakao va tuzni solib yaxshilab aralashtirib olamiz. Birinchi 4 ta keyin 2 ta tuxumni solib aralashtiramiz.
Alohida idishda qaymoq va shokoladni eritib ganaj qilib olamiz.
Ikta massani bir biriga qoʻshib koʻrsatilgandek aralashtirib olamiz.
Chizkeyk uchun moʻljallangan idishga pergament solib tekkislab qoʻyamiz. Massamizni qolipga sitadan oʻtkazib quyib duxovkaga jonadamiz. 170* da 20 daqiqa, 200*da 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishib chiqqan chizkeykimizni 2 soat hona haroratida sovutib keyin 3,4 soatga sovutgichga yuboramiz.
Eng ideal shokoladli chizkeyk retsepti tayyor, retsept yoqqan boʻlsa duo qilishni unutmang❤️
Tass_cooking sahifasidan olindi