"Shoh va shoir - Zahiriddin Muhammad Bobur"
Qosimov Boburmirzo Bahodirovich
Peshku tumani 45-umumiy o'rta ta'lim maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ma'rifat soati o'tkazildi. "Ma'rifat soatini maktabning ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Qosimov Bobirmirzo olib bordi.

Zahriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

To bo'lg'ali dildor o'shal oy manga,
Holimni bilib qilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko'p mustag'niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!

Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.U turli g'azallar muallifi sanaladi.

Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi.

Bizni kuzatishda davom eting...