Shofirkon tumanida tanlov g'oliblariga e'tirof

Shofirkon tumanida tanlov g'oliblariga e'tirof


Ma`rifat - yillar davomida tarbiyalanib boradi va inson qalbiga singib ketаdi. Inson ma`rifatning oltin mevasi bo‘lgan kitoblardan ziyo nurini oladi. Inson qancha ko‘p bilim olsa, bilim olish uchun tirishsa, bilingki, bu insonda ma’rifat uchqinlari alanga olmoqda. Bunday insonlarga e`tibor berilsa, qo‘llab-quvvatlansa, ular o‘z oliy maqsadlari sari ildam qadam tashlab boraveradi

Tanlov g'oliblarini taqdirlash jarayonida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shofirkon tuman bo'linmasi bosh mutaxasisi Sh. Jo'raqulov so`zga chiqib, haftalik davomida o`tkazilgan tadbirlar haqida hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi haqida fikrlarini bildirib o`tdi.

 “Eng yaxshi kitobxon o`quvchi” tanlovida 1-o`rinni 44-umumta’lim maktabning 10-sinf o`quvchisi A.Yarashova, 2-o`rinni 1-umuta’lim maktabining 10-sinf o`quvchisi M.Baxtiyorova, 3-orinni 8-umumta’lim maktabinin g o`quvchisi M.Shavkatova, 38-umumta’lim maktabining 10–sinf o`quvchisi Sh.Saidovlar g`oliblikni qo`lga kiritgan ishtirokchilar taqdirlandilar.

“O`zbek adabiyoti she`riyatining yorqin yulduzi Muhammad Yusuf” nomli adabiy kechada esa, 55-maktab o'quvchisi N.Muxtorov 1-o'rinni, 55-maktab o'quvchisi Nematova Dilora, 40-maktab o'quvchisi Rustamova Mohinabonu 3-o'rinni egalladi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shofirkon tuman bo'linmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bu tadbirda g'olib o'quvchilar bo'linma tomonidan diplom va etalik sovg'alar bilan taqdirlandi.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shofirkon tuman bo'linmasi






Report Page