Shofirkon tumanidagi umumiy o`rta ta`lim maktablarining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari uchun seminar trening tashkil qilindi

Shofirkon tumanidagi umumiy o`rta ta`lim maktablarining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari uchun seminar trening tashkil qilindi

Bobir Nematov


✅ 2024-yilning 16-may kuni Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari A.I Safarov va B.X Nematov tomonidan Shofirkon tumani 38-IDUMda tuman maktablaridagi o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari uchun o‘quv–amaliy seminari tashkil etildi.

✅ Seminar-treningda markaz metodistlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 94-sonli buyrug‘i hamda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish toʻgʻrisida"gi 96-sonli buyrugʻi mazmun-mohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

✅ Metodik ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan o‘quv seminar qizgʻin davom etdi. Maktablarning o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor oʻrinbosarlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi. 

✳️Seminar trening yakunida tushuntirib berilgan 94-sonli va 96-sonli buyruqlar yuzasidan direktor oʻrinbosarlariga anonim tarzda test-soʻrovnoma qilinib sinovdan oʻtkazildi.

Diagnostik test jarayonidan lavha
Test jarayonidan lavhalar




Report Page