Sherzod Yusupov Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanidagi maktablarni kompyuterlar bilan ta’minlashga ko‘maklashdi.

Sherzod Yusupov Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanidagi maktablarni kompyuterlar bilan ta’minlashga ko‘maklashdi.


Sherzod Yusupov “Sofemi Group” xalqaro sarmoyaviy guruhi asoschisi, shuningdek, Rossiyadagi o‘zbek mehnat muhojirlariga koʻmaklashuvchi “Saxovat” (sakhovat.org) xayriya fondining, shuningdek, turmush oʻrtogʻi bilan Rossiyaning Uzoq Sharq hududidagi etim bolalarga ta'lim olishda ko’maklashuvchi "Культура Развития" xayriya fondining (bf-kultura.ru) homiylari hisoblanishadi.

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini raqamlashtirish davlatning ustuvor maqsadlaridan biridir. Bugungi kunda respublikamizda zarur kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish uchun bir loyihalar amal qilmoqda. Ana shu loyihalardan biri - Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasidir.

 

Mazkur yo’nalishni rivojlantirishga yordam berish maqsadida Sherzod Yusupov Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 2-, 4- va 17-sonli umumta’lim maktablarida axborot texnologiyalari yo’nalishida dars beriladigan sinflar uchun kompyuterlar xarid qilish, sinfxonalarni ta’mirlash, proyektorlar va boshqa zarur jihozlar bilan jihozlash uchun moliyaviy ko’mak berdi. Texnikalarni harid qilish va maktablarga taqdim etish jarayonlarini tashkil etish uchun moliyalashtirish Khan Academy O'zbek loyihasiga o'tkazildi, 

 

Khan Academy Oʻzbek - “Bilim Onlayn” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan oʻzbek tilidagi Khan Academy xalqaro ta'lim platformasi loyihasidir. “Bilim Onlayn” Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirildi. Bugungi kunda 26 ta o‘rta va oliy ta’lim fanlarini mahalliylashtirish ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida 7 000 000 dan ortiq interaktiv misol va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi, 4 100 dan ziyod videodarslar oʻzbek tilida qayta yaratildi.



Report Page