«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

Shayx akademiyasi

Mavjud vakansiya: Soft skills

Akademiya tarafidan taklif etiladigan oylik maosh: 400$-800$

Akademiya haqida qisqacha ma'lumot:

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasi zamonga mos olim-ulamolarni, ilm odob va kasbga yo`naltirish orqali yetishtirishni maqsad qilgan 5 yillik ta`lim maskanidir.

2021-yili 30 talaba bilan ish boshlangan bo`lsa, 2022-yili tolibi ilmlar soni 5 barobar o`sdi. Akademiya o’zbek segmentidagi eng katta islom shari’ati bo’yicha ta’lim faoliyatini yuritib kelayotgan muassasa hisoblanadi. Shu o`sish suratini saqlagan holatda yaqin 2-4 yil ichida xalqaro Universtitet maqomini olish reja qilingan. 

Olimlar va tolibi ilmlar muhitida yurib, ilmingizni rivojlantirib sadaqai joriyaga ega bo`lmoqchi bo`lsangiz sizni jamoada ko`rishdan mamnun bo`lamiz.

Lavozim maqsadi:

Talabalarda zamonga mos bo`lgan soft skills ko'nikmalarini shakllantirish, bu yo`lda nazariy va amaliy mashg`ulotlar o`tish.

Majburiyatlari:

-  Zamonga mos da'vatchi-ulamolarni shakllantirish va shu asnosida o`quv rejasi tuzish;

- Liderlik, vaqt taqsimoti, samarador o`qish va boshqa mavzular bo`yicha soha mutaxassislari bilan online va offline masterklasslar tashkillashtirish;

- O'tilayotgan darslar faqatgina nazariy emas balki talabalarni ilm olishi, odobi yoki kasbiy o`sishi uchun amaliy natija ko`rsatishini ta`minlash;

- Har bir dars uchun qo`shimcha materiallar tayyorlash va akademiyaning barcha joyiga ilib bu orqali talabalarni amalga chorlash;

- Odatlar ro`yxatini tuzish va talabalar o`zlarini odatlarini monitoring qilishini ta`minlash va bu haqida hisobot topshirish;

- Talabalar o`rtasida musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish;

- Eng asosiysi, o`zi ta`lim berayotgan ko'nikmalarga o`zi maximum amal qilishi.


Talablar:

- 25-35 yosh oralig`ida;

- Biznes boshqaruv, psixologiya, pedagogika yoki shunga aloqador oliy ma`lumot (xalqaro bo`lsa yaxshiroq);

- Rus va Ingliz tilidan ishda erkin foydalana olish;

- Bir vaqtning o`zida 150 dan ortiq talabalarni boshqarish tajribasi;

- Muloqotga kirishimlilik va yetakchilik qobiliyatlari;

- Raqamlarda gaplasha olish va bor e`tiborni natijaga qaratish;

- Doimo rivojlanish va rivojlantirishga kuchli rag`bat.

Sizga taklif qilamiz:

- Dunyo tan olgan ulamolar bilan ilmiy suhbatlar (hozirgacha bosh muftiylar, shayxlar va o‘z sohalarining eng mashhur mutaxassislari tashrif buyurib kelmoqda);

- Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar; 

- Akademiya hisobidan Turkiya bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar;

- Akademiya katta o'qituvchilari tomonidan Fiqh, Tafsir, Siyrat  va boshqa darslar;

- Yillik kamida 1 pora Qur`on yod olinishi;

- Xodimlar uchun alohida Turk tili darslari;

- O`sishga ishtiyoqi bor xodimlar uchun kasbiy rivojlanish darslari;

- Ish haqi saqlangan mehnat ta`tili;

- va boshqa qulayliklar…

Ish grafiki va tartibi: 

- Haftada 6 kun Dush-Shan;

- 9:00-18:00.

❗Formada so'ralgan ma'lumotlarni diqqat bilan to'ldiring. Siz haqingizda qoldirgan ma'lumotlaringiz asosida xulosa chiqaramiz.





Report Page