«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

Shayx akademiyasi

Ilmiy mudir kerak

Akademiya tarafidan taklif etiladigan oylik maosh: 700$-1000$

Akademiya haqida qisqacha ma'lumot:

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasi zamonga mos olim-ulamolarni: ilm, odob va kasbga yo`naltirish orqali yetishtirishni maqsad qilgan 5 yillik ta`lim maskanidir.

2021-yili 30 ta talaba bilan ish boshlangan bo`lsa, 2022-yili tolibi ilmlar soni 5 barobar o`sdi. Akademiya o’zbek segmentidagi eng katta islom shari’ati bo’yicha ta’lim faoliyatini yuritib kelayotgan muassasa hisoblanadi. Shu o`sish suratini saqlagan holatda yaqin 2-4 yil ichida xalqaro Universtitet maqomini olish reja qilingan. 

Olimlar va tolibi ilmlar muhitida yurib, ilmingizni rivojlantirib, sadaqai joriyaga ega bo`lmoqchi bo`lsangiz, sizni jamoada ko`rishdan mamnun bo`lamiz.

Lavozim maqsadi:

1) Ishlab chiqilgan manhaj ijrosini belgilangan son va sifatda ta’minlash; 

2) O’quv bo'limidagi xodimlar ustidan samarali boshqaruv va doimiy malaka oshirishlarini ta'minlash; 

3) Talabalarning akademik va xulqiy ko`rsatkichlarini belgilangan me`yorda bo`lishini ta’minlab,  davomiy o`sishga erishish.

Majburiyatlari:

— Dars rejasi (raspisaniyasi) - akademiya manhaji ijrosini ta’minlaydigan darslar rejasini tuzish; 

— Talabani odob-axloq tomonlama yuksaltiradigan dastur ishlab chiqib, ijrosini ta’minlash; 

— Musobaqalar – Talabalarning olgan ilmlarini yanada mustahkamlashlari uchun tizimli sovrinli musobaqalar tashkil etilishini ta’minlash;

— Til o`rganishi – Talabalarning til o’rganish jarayonini aniq reja asosida ketishini ta’minlash;

— Kasbiy rivojlanish – Talabalar uchun kasb o’rgatish mashg’ulotlarini aniq reja asosida muntazamlikda bo’lishini nazorat qilish; 

—  Sifat nazorati (Shaffoflik) - Akademiya tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim sifatini doimiy nazorat (monitoring) qilib borish.

 Talablar:

- 30-45 yosh oralig`ida;

- Boshqaruv sohasida kamida 5 yil;

- Rus, Ingliz yoki Turk tilidan ishda erkin foydalana olish;

- 30 dan ortiq xodimlarni boshqarish tajribasi;

- Muloqotga kirishimlilik va yetakchilik qobiliyatlari;

- Raqamlarda gapirish qobiliyati;

- Stressga chidamlilik;

- Doimo rivojlanish va jamoani rivojlantirishga kuchli rag`bat.

Sizga taklif qilamiz:

- Dunyo tan olgan ulamolar bilan ilmiy suhbatlar (hozirgacha bosh muftiylar, shayxlar va o‘z sohalarining eng mashhur mutaxassislari tashrif buyurib kelmoqda);

- Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar; 

- Akademiya hisobidan Turkiya bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar;

- Akademiya katta o'qituvchilari tomonidan Fiqh, Tafsir, Siyrat  va boshqa darslar;

- Yillik kamida 1 pora Qur`on yod olinishi;

- Xodimlar uchun alohida Turk tili darslari;

- O`sishga ishtiyoqi bor xodimlar uchun kasbiy rivojlanish darslari;

- Ish haqi saqlangan mehnat ta`tili;

- va boshqa qulayliklar…

Ish grafiki va tartibi: 

- Haftada 6 kun Dush-Shan;

- 9:00-18:00.

❗Formada so'ralgan ma'lumotlarni diqqat bilan to'ldiring. Siz haqingizda qoldirgan ma'lumotlaringiz asosida xulosa chiqaramiz.




Report Page