«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

Shayx akademiyasi

Talabalar birlashmasi rahbari kerak (Student union)

Akademiya tarafidan taklif etiladigan oylik maosh: 350$-700$

Akademiya haqida qisqacha ma'lumot:

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasi zamonga mos olim-ulamolarni: ilm, odob va kasbga yo`naltirish orqali yetishtirishni maqsad qilgan 5 yillik ta`lim maskanidir.

2021-yili 30 ta talaba bilan ish boshlangan bo`lsa, 2022-yili tolibi ilmlar soni 5 barobar o`sdi. Akademiya o’zbek segmentidagi eng katta islom shari’ati bo’yicha ta’lim faoliyatini yuritib kelayotgan muassasa hisoblanadi. Shu o`sish suratini saqlagan holatda yaqin 2-4 yil ichida xalqaro Universtitet maqomini olish reja qilingan. 

Olimlar va tolibi ilmlar muhitida yurib, ilmingizni rivojlantirib, sadaqai joriyaga ega bo`lmoqchi bo`lsangiz, sizni jamoada ko`rishdan mamnun bo`lamiz.

Lavozim maqsadi:

Akademiya talabalalari va rahbariyat o’rtasida ko’prik vazifasini bajarish.

Majburiyatlari:

- Akademiyaga tashrif buyuradigan mehmonlar ishtirokida bo’ladigan masterklass va ilmiy suhbat va seminarlarni tashkillashtirish va nazoratini amalga oshirish (event management);

- Akademiya talabalari o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy musobaqalar tashkillashtirish;

- Xos (Iqtidorli) talabalar bilan alohida ishlash; 

- Talabalar uchun treninglar o’tib berish va ularga yo‘l-yo‘riq ko’rsatish;

- Boshqa universitet va mahadlar bilan aloqa va hamkorliklar o‘rnatish.

Talablar:

- Tashkilotchilik ishlariga kuchli qiziqish va qobiliyatlilik;

- Ta’lim yo’nalishidagi bakalavr yoki magistrlik darajasi; (chet elda bo'lgani afzal)

- Rus tilini bilishi shart (ingliz tilini bilishi qo’shimcha qiymat beradi);

- Talabalar hamjamiyatini boshqarish, tadbir va seminarlar o’tkazish bo’yicha kamida 1-2 yillik tajriba;

- Intizomli va ma’suliyatli bo’lish;

- Talabalar bilan samarali muloqot va muzokaralar o’tkaza olish qobiliyati. 

Sizga taklif qilamiz:

- Dunyo tan olgan ulamolar bilan ilmiy suhbatlar (hozirgacha bosh muftiylar, shayxlar va o‘z sohalarining eng mashhur mutaxassislari tashrif buyurib kelmoqda);

- Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar; 

- Akademiya hisobidan Turkiya bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar;

- Akademiya katta o'qituvchilari tomonidan Fiqh, Tafsir, Siyrat  va boshqa darslar;

- Yillik kamida 1 pora Qur`on yod olinishi;

- Xodimlar uchun alohida Turk tili darslari;

- O`sishga ishtiyoqi bor xodimlar uchun kasbiy rivojlanish darslari;

- Ish haqi saqlangan mehnat ta`tili;

- va boshqa qulayliklar…

Ish grafiki va tartibi: 

- Haftada 6 kun Dush-Shan;

- 9:00-18:00.

❗Formada so'ralgan ma'lumotlarni diqqat bilan to'ldiring. Siz haqingizda qoldirgan ma'lumotlaringiz asosida xulosa chiqaramiz.

Report Page