«Shayx Muhammad Sodiq» Istanbul akademiyasida vakansiya 

«Shayx Muhammad Sodiq» Istanbul akademiyasida vakansiya 

Shayx akademiyasi

Moliya bo'limi menejeri kerak

Akademiya tarafidan taklif etiladigan oylik maosh: 600$-900$

Akademiya haqida qisqacha ma'lumot:

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasi zamonga mos olim-ulamolarni, ilm odob va kasbga yo`naltirish orqali yetishtirishni maqsad qilgan 5 yillik ta`lim maskanidir.

2021-yili 30 talaba bilan ish boshlangan bo`lsa, 2022-yili tolibi ilmlar soni 5 barobar o`sdi. Akademiya o’zbek segmentidagi eng katta islom shari’ati bo’yicha ta’lim faoliyatini yuritib kelayotgan muassasa hisoblanadi. Shu o`sish suratini saqlagan holatda yaqin 2-4 yil ichida xalqaro Universtitet maqomini olish reja qilingan. 

Olimlar va tolibi ilmlar muhitida yurib, ilmingizni rivojlantirib sadaqai joriyaga ega bo`lmoqchi bo`lsangiz sizni jamoada ko`rishdan mamnun bo`lamiz.

Lavozim maqsadi:

1) Akademiyaning moliyaviy barqarorligi va moliyaviy qo’yilgan maqsadlarga erishilishini ta’minlash;

2) Byudjetni rejalashtirish va boshqarish;

3) Moliya bo’limiga oid barcha masalalarda shaffoflik va javobgarlikni ta'minlash.

Majburiyatlari:

- Akademiya uchun moliyaviy hisobotlar va hujjatlar ustida ishlash va yuritish;

- Moliyaviy ma'lumotlarni tahlil qilish, byudjetni rejalashtirish va resurslarni taqsimlash bo'yicha tavsiyalar berish;

- Moliyaviy operatsiyalarni boshqarish, buxgalteriya hisobini yuritish;

- Talabalar kontrakt to`lovlari bilan ishlash va qarzdorlikni eng minimal miqdorda ushlab turish;

- Kontrakt to`lovlari bo`yicha zarurat tug`ilganda vakillar bilan ishlash.

Talablar:

- Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish afzal);

- Moliya, buxgalteriya hisobi yo’nalishi bo’yicha bakalavr yoki magistrlik darajasi;

- Moliyaviy tahlil yoki buxgalteriya hisobi sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

- Kuchli tahliliy va muammoli vaziyatlardan chiqa olish ko'nikmalari;

- Muloqotga kirishimlilik;

- Moliyaviy va buxgalteriya hisoblarini yuritishdagi dasturiy ta'minot va boshqaruv vositalarini bilish;

- Moliyaviy hisobotlarda aniqlilik.  

Sizga taklif qilamiz:

- Dunyo tan olgan ulamolar bilan ilmiy suhbatlar (hozirgacha bosh muftiylar, shayxlar va o‘z sohalarining eng mashhur mutaxassislari tashrif buyurib kelmoqda);

- Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar; 

- Akademiya hisobidan Turkiya bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar;

- Akademiya katta o'qituvchilari tomonidan Fiqh, Tafsir, Siyrat  va boshqa darslar;

- Yillik kamida 1 pora Qur`on yod olinishi;

- Xodimlar uchun alohida Turk tili darslari;

- O`sishga ishtiyoqi bor xodimlar uchun kasbiy rivojlanish darslari;

- Ish haqi saqlangan mehnat ta`tili;

- va boshqa qulayliklar…

Ish grafiki va tartibi: 

- Haftada 6 kun Dush-Shan;

- 9:00-18:00.

❗Formada so'ralgan ma'lumotlarni diqqat bilan to'ldiring. Siz haqingizda qoldirgan ma'lumotlaringiz asosida xulosa chiqaramiz.




Report Page