«Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi»da vakansiya 

«Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi»da vakansiya 

Shayx Akademiyasi

Mavjud vakansiya: Operatsion menejer

Akademiya tarafidan taklif etiladigan oylik maosh: 800$- 2000$

Akademiya haqida qisqacha ma'lumot:

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasi zamonga mos olim-ulamolarni: ilm, odob va kasbga yo`naltirish orqali yetishtirishni maqsad qilgan 5 yillik ta`lim maskanidir.

2021-yili 30 ta talaba bilan ish boshlangan bo`lsa, 2022-yili tolibi ilmlar soni 5 barobar o`sdi. Akademiya o’zbek segmentidagi eng katta islom shari’ati bo’yicha ta’lim faoliyatini yuritib kelayotgan muassasa hisoblanadi. Shu o`sish suratini saqlagan holatda yaqin 2-4 yil ichida xalqaro Universtitet maqomini olish reja qilingan. 

Olimlar va tolibi ilmlar muhitida yurib, ilmingizni rivojlantirib, sadaqai joriyaga ega bo`lmoqchi bo`lsangiz, sizni jamoada ko`rishdan mamnun bo`lamiz.

Lavozim maqsadi:

1. Akademiyani bitirib chiqqan har bir talabaning ilmi, odobi va kasbiy ko`nikmasi belgilangan darajada bo`lishi uchun samarali boshqaruv tizimini joriy etish.

2. Har bir bo`lim rahbarlarining tugallangan qiymatli mahsuloti o`z vaqti va sifatida bo’lishini ta’minlash.

3. Asoschilarni har qanday operatsion ishlardan ozod qilish.

Majburiyatlari:

-  Akademiya oldiga qo`ygan maqsad va strategiyaga asoslangan barcha operatsion ishlar mas`uliyatini olish;

- Bo`lim rahbarlari bilan ishlab, ular o`rtasidagi koordinatsiyani ta'minlash;

- Strategik rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun akademiya mudiri va boshqa rahbarlar bilan yaqindan hamkorlik qilish;

- Bo`limlarda haftalik/oylik va kvartallik maqsad qo`yilganligini ta`minlab, ular bo`yicha asoschilarga hisobot berish;

- Akademiya xodimlarini tashkiliy maqsadlarga erishishi uchun yo'l-yo'riq ko’rsatish va rag'batlantirish;

-  Operatsion siyosat va tartiblarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- Akademiyaning kundalik faoliyatini nazorat qilish va samaradorlikni ta’minlash;

- Akademiyada innovatsiyalar va doimiy takomillashtirish madaniyatini rivojlantirish;

- Barcha xodimlarni rivojlanishi va o`z sohasida eng professional bo`lishi uchun tizimli malaka oshirishini nazorat qilish.

Talablar:

- 30-45 yosh oralig`ida

- Boshqaruv sohasida kamida 5 yil, ta`lim sohasida 3 yil ish tajribasi

- Biznes boshqaruv yoki shunga aloqador oliy ma`lumot (xalqaro bo`lsa yaxshiroq)

- Rus va Ingliz tilidan ishda erkin foydalana olish

- 50 dan ortiq xodimlarni boshqarish tajribasi

- Tizimlashtirish va tizimli ishlarni tushunish va tadbiq qila olish

- Biznes operatsiyalari va protseduralarini chuqur tushunib, mos tizim tanlab joriy qila olish

- Moliyaviy operatsiyalarni boshqarish, shu jumladan byudjetlashtirish, prognozlash va hisobot berish bo'yicha tajriba

- Muloqotga kirishimlilik va yetakchilik qobiliyatlari

- Raqamlarda gapirish qobiliyati

- Stressga chidamlilik

- Doimo rivojlanish va jamoani rivojlantirishga kuchli rag`bat

Sizga taklif qilamiz:

- Dunyo tan olgan ulamolar bilan ilmiy suhbatlar (hozirgacha bosh muftiylar, shayxlar va o‘z sohalarining eng mashhur mutaxassislari tashrif buyurib kelmoqda);

- Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar; 

- Akademiya hisobidan Turkiya bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar;

- Akademiya katta o'qituvchilari tomonidan Fiqh, Tafsir, Siyrat  va boshqa darslar;

- Yillik kamida 1 pora Qur`on yod olinishi;

- Xodimlar uchun alohida Turk tili darslari;

- O`sishga ishtiyoqi bor xodimlar uchun kasbiy rivojlanish darslari;

- Ish haqi saqlangan mehnat ta`tili;

- va boshqa qulayliklar…

Ish grafiki va tartibi: 

- Haftada 6 kun Dush-Shan

- 9:00-18:00

❗Formada so'ralgan ma'lumotlarni diqqat bilan to'ldiring. Siz haqingizda qoldirgan ma'lumotlaringiz asosida xulosa chiqaramiz.





Report Page