«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasida vakansiya 

Shayx akademiyasi

Mavjud vakansiya - HR bo'limiga menejer kerak!

Akademiya tarafidan taklif etiladigan oylik maosh: 600$-900$

Akademiya haqida qisqacha ma'lumot:

«Shayx Muhammad Sodiq» akademiyasi zamonga mos olim-ulamolarni: ilm, odob va kasbga yo`naltirish orqali yetishtirishni maqsad qilgan 5 yillik ta`lim maskanidir.

2021-yili 30 ta talaba bilan ish boshlangan bo`lsa, 2022-yili tolibi ilmlar soni 5 barobar o`sdi. Akademiya o’zbek segmentidagi eng katta islom shari’ati bo’yicha ta’lim faoliyatini yuritib kelayotgan muassasa hisoblanadi. Shu o`sish suratini saqlagan holatda yaqin 2-4 yil ichida xalqaro Universtitet maqomini olish reja qilingan. 

Olimlar va tolibi ilmlar muhitida yurib, ilmingizni rivojlantirib, sadaqai joriyaga ega bo`lmoqchi bo`lsangiz, sizni jamoada ko`rishdan mamnun bo`lamiz.

Lavozim maqsadi:

1. Ishga olish va bo`shatish: akademiya jamoasida doimo yetarli va yuqori saviyali xodimlar bo`lishini ta`minlash.
2. Ma`muriyat va xodimlar o`rtasida ko`prik vazifasini bajarish. Xodimlarning umumiy missiya yo`lida birlikda harakatlantirish va samarador bo`lgan muhit yaratish.
3. O`qish va rivojlantirish: barcha xodimlar o`z sohalarida eng professionallardan bo`lishi va shu orqali ummatga xizmat qilishini ta`minlash.

Majburiyatlari:

- Barcha bo`limlarda yetarli adad va saviyada xodimlar borligini ta`minlash, aks holda yangi xodim olish;

- Adaptatsiya jarayonini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- Xodimlarni baholash, adaptatsiya qilish va rag'batlantirish tizimlarini ishlab chiqish va tegishli materiallarni yaratish;

- Xodimlar doimo rivojlanishi uchun ularga soft va hard skillsdan rivojlanish xaritasini ishlab chiqish;

- Xodimlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratish;

- Xodimlarga aloqador barcha hujjat ishlarini yuritish;

- Xodimlarning o'z belgilangan lavozim vazifasi va boshqa hujjatlarga asosan ishlayotganini baholab borish va ijrosi uchun kerakli choralarni ko`rish.

Talablar:

- 27-35 yosh;

- Oliy ma'lumot (HR, psixologiya, menejment yo'nalishida bo’lgani afzal);

- 3+ yillik ish tajribasi;

- Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish, (ingliz tilini bilish qo’shimcha qiymat beradi);

- Kompyuterdan bemalol foydalana olish, o’zingizga kerak ma’lumotni topa olish;

- Muloqotga kirishimlilik va stressga chidamlilik;

- Analitik fikrlash va rejalashtirish qobiliyatlari;

- Xodimlar o'rtasida yuzaga kelgan muammoga zudlik bilan yechim berish.

Sizga taklif qilamiz:

- Dunyo tan olgan ulamolar bilan ilmiy suhbatlar (hozirgacha bosh muftiylar, shayxlar va o‘z sohalarining eng mashhur mutaxassislari tashrif buyurib kelmoqda);

- Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar; 

- Akademiya hisobidan Turkiya bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar;

- Akademiya katta o'qituvchilari tomonidan Fiqh, Tafsir, Siyrat  va boshqa darslar;

- Yillik kamida 1 pora Qur`on yod olinishi;

- Xodimlar uchun alohida Turk tili darslari;

- O`sishga ishtiyoqi bor xodimlar uchun kasbiy rivojlanish darslari;

- Ish haqi saqlangan mehnat ta`tili;

- va boshqa qulayliklar…

Ish grafiki va tartibi: 

- Haftada 6 kun Dush-Shan;

- 9:00-18:00.

Formada so'ralgan ma'lumotlarni diqqat bilan to'ldiring. Siz haqingizda qoldirilgan ma'lumotlar asosida xulosa chiqaramiz.



Report Page