Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Akademiyasinining 1-kursi uchun qabul bosqichlari ketma-ketligi:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Akademiyasinining 1-kursi uchun qabul bosqichlari ketma-ketligi:


Hurmatli abiyuturiyent, siz ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali e’lon qilingan, hujjatlarni qanday topshirish va ro’yxatdan o’tish haqidagi video lavhamizni ko’rib ma’lumot olishingiz mumkin. 

Videoda:  1. Formani qanday to’ldirish 2. Hujjatlarni skaner qilish va 3. Yopiq guruhga qanday qo’shilish haqida ma’lumot olasiz.


1-bosqich: Hujjat topshirish


1.1 Erkaklar: https://b24-5hb32l.bitrix24.site/qabul_formasi/   

Yuqoridagi linkga shaxsiy ma`lumotlaringiz va quyidagi hujjatlarni yuklang:

(Linkga kiramiz, ism-familiya va boshqa ma’lumotlarni kiritamiz)

1.2 Shaxsingizni tasdiqlovchi pasportni skaner qilgan holda yuklang. (Xorijga chiqish pasporti)

1.3 Abuturiyentlar hujjat topshirganidan keyin, agarda salohiyati yetsa 2-kursga ham 1 -kursga ham imtihon topshirib ko’rishlari mumkin. Bunda talaba oldin 2-kursga imtihon topshiradi, agarda imtihondan o’tolmasa 1-kursga xarakat qilib ko’rishi mumkin bo’ladi.

1.4 3-kursga hujjat topshirmoqchi bo’lganlar bilan ham huddi shunday, yani abuturiyent 3-kurs imtihonidan o’tolmasa 2-kursga imtihon topshirishi mumkin. 


Eslatma: Agar sizda xorijga chiqish pasporti (загран) mavjud bo`lmasa, ushbu pasportni olish uchun hujjatlaringizni topshirib qo’yishingizni so`raymiz.


2-bosqich: Hujjatlar tekshiruvi


2.1 Abiyuturiyent formani to’ldirib bo’lganidan so’ng, forma oxiridagi link orqali yopiq telegram guruhga qo’shiladi. Guruhda barcha ma’lumotlar va yangiliklar berib boriladi.

2.2 Abiyuturiyentning ma`lumotlari va barcha hujjatlari to’liq topshirilganligi tekshiriladi.

2.3 Agarda abiyuturiyentning kiritgan ma’lumotlarida kamchiliklar aniqlansa, Akademiya xodimlari abiyuturiyent bilan bog’lanib yetishmayotgan hujjati haqida ogohlantiradi. 

2.4 Abiyuturiyent kamchilik aniqlangan hujjatini telegram orqali jo’natib qo’yadi.

 


3-bosqich: Tayyorlov kursi boshlanishi 15.05 - 15.07


3.1 Abituriyentning hujjatlari qabul qilinib yopiq guruhga qo’shilganidan so’ng, abituriyentlar tayyorlov kursi boshlangunga qadar kurs uchun to’lovni amalga oshirishlari lozim. (10-maygacha)

3.2 Tayyorlov kursining narxi 2 oy uchun 499 ming so’mni tashkil qiladi. O`quv guruhiga qo`shilish uchun Ikki oylik to`lov qilinishi kerak.

3.3 Abituriyentlardan 10-maygacha bilim darajasi va arab tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari olinadi. 

3.4 Test sinovlari telegram guruhga tashlab beriladigan link orqali online bo’lib o’tadi. Test natijalariga qarab abituriyentlar 3 toifa guruhlarga ajratiladi.

3.5 

       1- Toifa belgilangan vaqtda tayyorlov kursini boshlaydi. 

       2- Toifa kursning 2- oyidan darslarni boshlashi mumkin.

       3- Toifa to’g’ridan-to’gri 15-iyul bo’lib o’tadigan asosiy imtihon bosqichiqa o’tadi.


Eslatib o’tamiz! Tayyorlov kursida o’qish majburiy emas. Abuturiyentlar 15-iyulda bo’ladigan imtihonga qadar boshqa arab tili kurslarida tahsil olsalar ham bo’ladi. Tayyorlov kursida o’qigan abuturiyentlar Akademiya ustozlaridan ta’lim oladi, undan tashqari akademiya haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin.


3.6 Belgilangan muddatdan keyin hujjat topshirgan talabalar, hujjatlari ko’rib chiqilgandan keyin, test topshirib darajasiga qarab kursning kelgan qismidan davom ettirishlari mumkin.

3.7 Abituriyentlar kurs uchun to’lovni amalga oshirganidan so’ng 15-maygacha guruhlar shakllantiradi va darslar boshlanadi. 

3.8 Tayyorlov kursida o’qiyotgan abuturientlarga Akademiya ustozlari tamonidan ishlab chiqilgan video darsliklar tashlab beriladi. 

3.9 Har bitta guruhga Akademiya tomonidan ustoz biriktiriladi. Abituriyentlar mavzularda tushunmagan yoki yuzaga kelgan savollarini kun davomida guruhga biriktirilgan ustozdan so’rashlari mumkin bo’ladi.


Eslatma: Abituriyentlar hujjatlarni topshirib, ro’yxatdan o’tib bo’lgach tayyorlov kursi boshlangunga qadar, arab tilida o’qish va yozishni o’rganib turishlari shart.


4-bosqich: Asosiy imtihon 


4.1 Tayyorlov kursi tugagach 15-iyul kuni abituriyentlar uchun asosiy test ko’rinishida imtihon bo’lib o’tadi. 

4.2  Test sinovlaridan keyin 15-iyuldan 1-avgustgacha imtihondan o`tgan  abituriyentlar bilan suhbat bo’lib o’tadi.

4.3 Suhbat davomida abituriyentning maqsadlari oilaviy xolati va boshqa mavzularda savol-javoblar bo’lib o’tadi.

4.4 Test sinovlari va suhbatdan keyin 1-avgust kuni abituriyentlarning natijalari sarhisob qilinib mondat chiqariladi.



5-bosqich: O’quv yilining boshlanishi


5.1 Abituriyent o’qishga qabul qilinganidan keyin 7-avgustgacha kontraktning 50% ni ($1500) va yotoqxonaning (agarda yotoqxonada yashasa) 3 oylik to’vini ($300) oldindan to’lashi lozim. 

5.2 Talaba kontrakt to’lovida kechikishi yoki boshqa arzirli sabablari bo’lsa Akademiyani ogohlantirib qo’yishi lozim. Bunda talabaning xolatiga qarab to’lov qilish muddati 1 oygacha uzaytiriladi.

5.3 Agarda talaba kontkark to’lovini to’lamasa, uning o’rniga imtihon reytingi bo’yicha boshqa abuturiyent o’qishga qabul qilinadi.

5.4 Kontrakt to’lovlarini to’lagan yoki arzirli sabablarga ko’ra to’lovni malum bir muddatga kechiktirgan talabalar hujjat ishlarini boshlashi mumkin. Bunda ularda 1-avgustdan boshlab 1-sentabrgacha bir oy vaqt bo’ladi.

5.5 Talaba hujjatlari rasmiylashtirib, kontrakt to’lovini amalga oshirib bo’lganidan keyin, bilet olishi mumkin bo’ladi.

5.6 Parvoz vaqti aniq bo’lganidan keyin, akademiya xodimlari talaba bilan bog’lanib kerakli barcha ko’rsatmalarni berishadi.

5.7 Talaba Akademiyaga yetib kelganidan keyin xohlasa Akademiya yotoqxonasiga joylashishi yoki alohida turishi mumkin.

  1. Talaba Akdemiya yotoqxonasida tursa, u 24 soat nazoratda bo’ladi va uning salomatligi va sog’lig’iga murabbiylari mas’ul bo’ladi. Talaba tashqariga chiqishda va shaxsiy ishlarida murabbiydan ruxsat olgan xolda tashqariga chiqishi mumkin.
  2. Agarda talaba alohida tursa, bunda Akademiya talabaning Akademiyadan tashqaridagi xolatiniga (kasal bo’lishi, xavfsizligi… va hokazo) javob bermaydi, o’z mas’ulligiga olmaydi.


Talaba alohida yashasa va o’qishida, axloqida nomaqbul narsalar kuzatilsa u ma’lum bir jazo va ogohlantirishlardan keyin Akademiya yotoqxonasiga o’tkaziladi va murabbiylar nazoratida bo’ladi. Agar shunday xolatda ham talaba ijobiy tomonga o’zgarmasa, u talabalar safidan chetlashtiriladi.


5.8 Akademiya asosiy binosi Istanbul shahri Arnavutköy ilçesi Taşoluk Mahallasida joylashgan bo’lib o’quv yili boshlanishidan oldin talabalarga qaysi o’quv binoda o’qishi ma’lum qilinadi. 

5.9 Hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida boshqa qo’shimcha hujjatlar ham e’lon qilinadi. (0.86 tibbiy ko’rikdan o’tganligi haqidagi ma’lumotnoma va boshqalar.




Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Akademiyasining  2 va 3- kurslariga topshirmoqchi bo’lganlar: 


1-bosqich: Hujjat topshirish


1.1 Erkaklar: https://b24-5hb32l.bitrix24.site/qabul_formasi/   

Yuqoridagi linkga shaxsiy ma`lumotlaringiz va quyidagi hujjatlarni yuklang:

(Linkga kiramiz, ism-familiya va boshqa ma’lumotlarni kiritamiz)

1.2 Shaxsingizni tasdiqlovchi pasportni skaner qilgan xolda yuklang. (Xorijga chiqish passporti)

1.3 Abuturiyentlar hujjat topshirganidan keyin, agarda salohiyati yetsa 2-kursga ham 1 -kursga ham imtihon topshirib ko’rishlari mumkin. Bunda talaba oldin 2-kursga imtihon topshiradi, agarda imtihondan o’tolmasa 1-kursga xarakat qilib ko’rishi mumkin bo’ladi.

1.4 3-kursga hujjat topshirmoqchi bo’lganlar bilan ham huddi shunday, yani abuturiyent 3-kurs imtihonidan o’tolmasa 2-kursga imtihon topshirishi mumkin.

1.5 Shu paytgacha o’qigan badiiy, ilmiy, arabcha kitoblaringiz nomini va qancha o’qiganingizni yozib qoldiring.


Eslatma: Agar sizda xorijga chiqish pasporti (загран) mavjud bo`lmasa, ushbu pasportni olish uchun hujjatlaringizni topshirib qo’yishingizni so`raymiz.


2-bosqich: Hujjatlar tekshiruvi


2.1. Yuborilgan linkda barcha ma`lumotlar to`ldirilganidan so`ng barcha hujjatlar to’liq topshirilganligi tekshiriladi.

2.2 Hujjatlar tekshirib bo’lingach, Akademiya tomonidan telegram orqali hujjatlar qabul qilinganligi to’g’risida sms xabarnoma yuboriladi. 

2.3 Agarda abiyuturiyentning kiritgan ma’lumotlarida kamchiliklar aniqlansa, Akademiya xodimlari abiyuturiyent bilan bog’lanib yetishmayotgan hujjati haqida ogohlantiradi.

2.4 Shundan so’ng abituriyent telegramdagi yopiq guruhga qo’shiladi.


3-bosqich: Imtihon vaqti 


3.1 2 va 3-kursga topshirmoqchi bo’lganlar uchun 30-iyun va 20-iyulda offline imtihon bo`lib o`tadi (Imtihon manzili va vaqti haqidagi ma`lumot shaxsiy raqamiga yuboriladi)

3.3 Imtihonlar test ko’rinishida bo’lib o’tadi.

3.4 Imtihon natijalari 2 va 3-kurslar uchun 15-iyul va 1-avgust kunlari e’lon qilinadi.



4-bosqich: O’quv yilining boshlanishi



4.1 Abituriyent o’qishga qabul qilinganidan keyin 7-avgustgacha kontraktning 50% ni ($1500) va yotoqxonaning 3 oylik to’vini ($300) oldindan to’lashi lozim. 

4.2 Talaba hujjatlari rasmiylashtirib, kantrakt to’lovini amalga oshirib bo’lganidan keyin, bilet olishi mumkin bo’ladi.

4.3 Parvoz vaqti aniq bo’lganidan keyin, akademiya xodimlari talaba bilan bog’lanib kerakli barcha ko’rsatmalarni berishadi.

4.4 Talaba Akademiyaga yetib kelganidan keyin yotoqxonaga joylashtiriladi, Akademiya bilan tanishtiriladi va belgilangan vaqtda darslar boshlanadi.



Diqqat! Yuqorida keltirilgan jumlalarni e’tibor bilan o’qishingizni so’raymiz. Agarda sizda yuqoridagilardan boshqa masala yuzasida savollar  tug’ilgan … ga telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.









Report Page