Shaxsiy o‘yin bahorgi mavsumining 7-turi (Shahzod Jabborov) savollari. 27.04.2024

Shaxsiy o‘yin bahorgi mavsumining 7-turi (Shahzod Jabborov) savollari. 27.04.2024

“Zakovat intellektual klubi” NNT

Saralash mavzulari:

1. 2024-yilda vafot etgan mashhurlar.

2. Mashhur matematiklar

3. Initsialda ikkita bir xil harf

4. Matritsada -SA-

 

1. 2024-yilda vafot etgan mashhurlar.

10. U haqidagi hujjatli film 2022-yilda Oskar mukofotini qo‘lga kiritdi. Kim haqidagi?

Javob: Aleksey Navalniy.

20. Yaqindagi intervyulardan birida unga rus sharhlovchilari Messisi edi deb ta’rif berildi. Kimga?

Javob: Vasiliy Utkin.

30. O‘zining rollari bilan barchamizni MAFTUN etgan bu aktyorning asosiy faoliyati, yurtdagi TURG‘UN davrlarga to‘g‘ri kelsa-da, muxlislar qalbidagi AZIZ insonga aylangan edi. Ilk roli Shillerning asari qahramoni Ferdinand bo‘lgan. Qaysi aktyor?

Javob: Turg‘un Azizov.

40. 2012-yilda Katta Adron kollayderida uzoq yillik izlanishlaridan so‘ng o‘zining mashhur ixtirosini e’lon qildi va 2013-yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Uning ism-sharifini aniq ayting.

Javob: Piter Xiggs

Izoh. Xiggs bozonini yaratgani bilan ko‘pchilikka mashhur.

50. Bu savolni topishda sekin o‘ylang, lekin tez qaror qiling.

Bu inson 2002-yildagi iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri edi. Kim?

Javob: Daniel Kanneman.

Izoh. “Thinking, Fast and Slow” asari mashhur. Manbalar.

https://navalny-film.io/

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Vasiliy_Utkin

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Turg%CA%BBun_Azizov

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Peter_Higgs

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Daniel_Kahneman

 

2. Mashhur matematiklar


10. Captcha uning ixtirosi sabab o‘ylab topilgan. Uni toping.

Javob: Alan Tyuring.

20. Uni Hind Ptolomeyi deb atashadi.

Javob: Srinivasa Ramanudjan.

30. Ada Lavleys haqida filmda uni ham ko‘rishimiz mumkin. Kimni?

Javob: Charlz Bebbij

40. Ikkinchi jahon urushi paytida U Manhetten loyihasi ustida ishlagan . U portlash tipidagi yadroviy qurolda ishlatiladigan portlovchi linzalar ortidagi matematik modellarni ishlab chiqdi. Kim?

Javob: Jon Neyman.

Izoh: Manhetten loyihasida ishtirok etgan venger matematigi.

50. Eynshteyn uni eng kuchli matematik ayol deb ta’rif bergan. Kim haqida shunday degan edi?

Javob: Emmy Noether.

Manbalar:

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Alan_Turing

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Srinivasa_Ramanujan

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Charles_Babbage

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/John_von_Neumann

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Emmy_Noether

 

3. Initsialda ikkita bir xil harf

10. Orif Tolipov Iordaniya terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida portlab chiqqan o‘yini haqida aytar ekan, uni yodga oladi. Uni ayting.

Javob: Daniya dinamiti.

20. Bir hazilda aytilishicha, u birinchi marta Toshkentda qo‘llangan ekan. SSSRda Gorbachyov davrida u qo‘llanilgan. Uni ayting.

Javob: Quruq qonun

30. AQSh filmida Vyetnam urushida halok bo‘lgan o‘g‘li o‘limiga ona u sabab bo‘lganini aniqlaydi. Uni inglizcha ikki so‘zda ayting.

Javob: Friendly Fire.

Izoh: Vyetnam urushida qatnashgan o‘g‘lining halokatiga armiyadagi Friendly Fire sabab bo‘ladi. Film nomi ham “Friendly Fire” edi.

40. Ramzes 2 sarkofagi 5 marta ochilib, 4 tasiga ular sabab bo‘lgan ekan. Ularni ayting.

Javob: Qabr qaroqchilari.

Izoh: Ko‘pincha piramidalarda katta boylik sabab, qaroqchilar tomonidan talon-taroj qilinardi.

50. U o‘z asarlarida transsendentalizm va realizmni birlashtirgan va ko‘pincha erkin she’rning otasi deb atalgan. U kim?

Javob: Uolt Uitmen.

Manbalar:

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Friendly_Fire_(1979_film)

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ramses_II

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Walt_Whitman

 

4. Matritsada -SA-

10. Bu shahar nomining kelib chiqishi Saroy so‘ziga borib taqaladi, bizga esa bir talabaning qotiligi bilan ancha mashhur. Uni ayting.

Javob: Sarayeva

20. Bu inson ma’ruza so‘zlayotgan payti otib ketilgan. Savol javobini topsangiz, katta mablag‘ qo‘ymaganmiz. Kim?

Javob: Salmon Rushdiy.

Izoh: Eronda uning uchun katta mablag‘ qo‘yiladi

30. 1985-yilda uni xotirlash maqsadida Michigan shtatida Tinchlik bog‘i ochiladi. Uning kimligini toping.

Javob: Samanta Smit

40. Amir   Temur aslida qashqadaryodagi shu joyda dafn etilishi kerak edi, o‘g‘li Jahongir Mirzo shu yerda   dafn etilgan. Qayer?

Javob: Dorus Saodat majmuasi

50. Bu so‘z arab tilidan ma’nosi o‘rta, mo‘tadil, adolatli, eng yaxshi ma’nolarini beradi. Uni ayting.

Javob: Vasat

Manbalar:

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Salman_Rushdie

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Samantha_Smith

https://ziyoratga.uz/uz/kompleks-dorus-saodat

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Vasatiya - hayot yo‘li”. “Hilolnashr” matbuot uyi.

 

Guruh bosqichi

1-guruh

1. Initsialda ikkita bir xil harf

2. Ayol yozuvchilar

3. Nafaqat Lyuk Besson filmlari

 

 

1. Initsialda ikkita bir xil harf

10. Askariy, Hindol, Komron, va Humoyun ulardir. Ularni ayting.

Bobur bolalari.

20. Vatslav Gavelning siyosiy qarashlari aks etgan asari nomi oksyumoron. Oksyumoron o‘rnidagi 2 so‘zni ayting.

Kuchsizlar kuchi.

30. Eson Bug‘a 15-asardagi jangda filbonlar rahbari bo‘lgan. Eson Bug‘a nomini hozirda u yerda ko‘ramiz. Qayerda?

Javob: Anqara aeroportida.

Izoh: 1402-yil Anqara jangida Amir Temur qo‘shinida filbonlar rahbari bo‘lgan. Keyinchalik Anqara aeroportiga uning nomi berilgan.

40.1951-yilda tashkil qilingan Xelsinkidagi unga ko‘pincha diplomatlar tashrif buyuradi. Uni ayting.

Javob: Mannergeym muzeyi

50. Ugo Chavez tanqidchi jurnalistlarlarni juda yomon ko‘rar, ularning qurolidan xavfsirar edi va ularni ikslar deb atar edi. Ikslar o‘rnidagi 2 so‘zni ayting.

Qalamli qotillar.

Manbalar:

https://youtu.be/G-apxlxEcXM?si=2V-9w8kY37vwJcRj

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Anqara_jangi

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Carl_Gustaf_Emil_Mannerheim

 

2. Ayol yozuvchilar

10. “Qizingiz yozdi”, “Surat bilan suhbat” kabi asarlar muallifini ayting.

Javob: Saida Zunnunova.

20. Uning 1960-yilda chiqarilgan mashhur asarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining paxta terimga jalb qilinishi, irqiy kamsitish va mazaxlashlar va bir qator muammolar yortilgan.

Javob: Harper Li.

30. U “Muqaddas ayol”, “Bu kunlarga yetganlar bor”, “To‘marisning aytgani” she’rlari muallifidir. U kim?

Javob: Halima Xudoyberdiyeva

40. Uning eri keyinchalik uning TOPILGAN JASADINI kuydirilgan kulini tug‘ilib o‘sgan Rodmelldagi uyi oldidagi qayrag‘och tagiga ko‘mib keladi.

Javob: Virginiya Vulf.

Izoh: O‘zini daryoga tashlagandan so‘ng topilgan jasadining kulini eri uning tug‘ilgan yeriga borib ko‘madi.

50. Bu savolni topish YELKANGIZGA katta yuk bo‘lmaydi degan umiddamiz. Kongrees kutubxonasi o‘tkazgan so‘rovnomada uning 50-yillar o‘rtalaridan chiqqan kitobi Injildan so‘ng eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgani aniqlanadi. Kimning?

Javob: Ayn Rend.

Izoh: “Atlas Shrugged” asari muallifi

Manbalar:

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Harper_Lee

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Virginia_Woolf

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Ayn_Rand

 

3. Nafaqat Lyuk Besson filmlari

10. “Yolg‘onlar shahri” asarida aytilishicha, Tehronda jazolardan ko‘ra, ular tomonidan o‘ldirilishing xavfi ko‘proq. Ularni ayting.

Javob: Taksi.

20. 1974-yilda topilgan ayol topilmasiga nom tanlashda, “Beatles” guruhining qo‘shig‘i asos bo‘lgan ekan. O‘sha qo‘shiq nomida ishtirok etadigan ismni ayting.

Javob: Lyusi

Izoh: Qazishma paytida magnitofonda “The Beatles” guruhining “Lucy in the Sky with Diamonds” qo‘shig‘i yangrayotgandi. Shu tariqa skeletga “Lyusi” ismi beriladi.

30. Uning koronatsiyasi Fransiyada 20-asrga kelibgina amalga oshadi. Kimning?

Javob: Janna D'Ark.

40. Uning ikkinchi albomi “21” nomi ostida chiqqan. Kimning?

Javob: Adele (Adelening sarguzashtlari).

Izoh: Adel ko‘pincha o‘z yoshini albomlarda beradi.

50. Bu so‘z lingala tilidan kuchli tana, kuchli ruh, kuchli odam ma’nolarini bildiradi. Qaysi so‘z?

Javob: Yamakasi

Manbalar:

https://t.me/nota_bene1/2950

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Yamakasi

 

 

2-guruh

1. Nafaqat “Yalla” guruhi qo‘shiqlari

2. Tom Henks kinolari nomlari ishtirok etadi.

3. Matritsada -RA-


 

1. Nafaqat “Yalla” guruhi qo‘shiqlari

10. 2002-yilda bu shaharning 2700 yiligi keng miqyosda nishonlandi. Qaysi shahar?

Javob: Shahrisabz

20. Alfaning tagiga o‘tqazing meni, Boshqalar yig‘lasin, men yig‘lab bo‘ldim. Alfani ayting.

Javob: Majnuntol.

30. Internetga u haqida yozganimda, Vashington, Anhor, Cho‘ntak kabilar chiqib keldi. Uni ayting.

Javob: Choyxona.

40. Aslida bu qo‘shiqni asl versiyasini marokashlik aka-uka Bushnoqlar bo‘lib, hech qanday raqsbop emas, balki siyosiy qo‘shiq bo‘lgan ekan. Qaysi qo‘shiq?

Javob: Jinnuni.

50. Kaylin Slevin, Bianca Vierra, Beverly Hills, hozir siz turli yillardagi ularni tingladingiz, ularni xorijiy 2 so‘zda ayting.

Miss Malibu

Manba:

https://t.me/AsanovEldar/4528

 

2. Tom Henks kinolari nomlari ishtirok etadi

10. Orangutan tilini biladi, shaxmatni a’lo darajada o‘ynaydi, savant sindromi bilan tug‘ilgan. Qaysi asar qahramoni haqidagi fikrlarni eshitdingiz?

Javob: “Forrest Gamp”

20. Bu asarida Qirol diniy motivlarga ham urg‘u berib, qahramoni Iso kabi tuzalmas kasallikka chalingan insonlarni davolashi, asar yakunida hech qanday aybsiz jazolanishini ko‘ramiz. Qaysi asar?

Javob: “Yashil milya” (Yashil maskan).

30. Dante asarida Undan keyin Purgatorio va Paradiso turadi. Qayer ekanligini xorijiy so‘zda ayting.

Javob: Inferno.

40. Jeyms Donovan amerikalik huquqshunos bo‘lib, ko'plab mahbuslarni tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlar natijasida ozod qilgan. Masalan, Kubadagi 9703 mabusni ozod qilishdagi muzokaralari bilan mashhur. Uning mashhur ishlaridan birini 2015-yildagi qaysi filmda ko‘rishimiz mumkin?

Javob: “Ayg‘oqchilar ko‘prigi”.

50. U bulutli kamerani ixtiro qilgani uchun fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Qaysi olim?

Javob: Charlie Willson.

 

Manbalar:

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Inferno_(Dante)

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Charles_Thomson_Rees_Wilson

 

3. Matritsada -RA-

10. “Adelning sarguzashtlari” filmida ushbu Misr fir’avni tiriladi. Qaysi?

Javob: Ramsez 2.

20. Ushbu Osiyodagi joy keltirilgan maqolada San-Fransiskoda Oltin darvoza ko‘prigi ham esga olinadi.

Javob: Aokigahara

30. Bir filmda sayohatga kelgan uy bekasi xizmatkoriga gapirmaslikni aytadi, o‘zi uchun yaxshi ekanini aytadi. Xizmatkorining ismi nima edi?

Javob: Miranda.

Izoh: “Adelning sarguzashtlari” filmida Adelning xizmatkoriga Miranda qoidasiga ishora tarzida gapirmaslikni aytadi. Xizmatkor ismi ham Miranda edi.

40. Dance of the waves Telegram kanali linki Noyabr Simfoniyasi bo‘lib, bu kanaldagi qaysi qo‘shiq birinchi postda tahlil qilinganini xorijiy ikki so‘zda ayting.

Javob: November Rain

Izoh: Asosan rok musiqalar tahlili bo‘ladigan telegram kanali Noyabr Simfoniyasida, albatta, ilk qo‘shiq Guns N Roses guruhining “November Rain” qo‘shig‘i.

50. “Faqat U qoldi” asari muallifi kim?

Javob: Xurshid Abdurashid.

Manbalar:

https://t.me/Noyabr_simfoniyasi/1754

https://t.me/xurshidabdurashid

 

 

3-guruh

1. Norveglar

2. Nafaqat o‘zbek musiqiy guruhi nomlari

3. Ikki bilan bog‘liq

 

1. Norveglar

10.Olsen jiyanini kaltaklab, och qoldirgan va keyinchalik uning surunkali asabiy muammolari amakisining unga boʻlgan munosabati bilan bogʻliqligini aytdi. U kim?

Javob: Knut Hamson.

Izoh: “Ochlik” asari muallifi

20. Uning birinchi sayohati Polineziyadagi Fatuxivaga bo‘lgan. Kimning?

Javob: Tur Xeyrdal.

30. “Yoa” kemasida u dastlab Grenlandiyadan Alyaskaga sayohat qilgan ekan. Kim?

Javob: Roald Amundsen.

40. Birinchi norvegiyalik Nobel sovrindori u hisoblanadi. Kim?

Javob: Byornsterne Byornson

50. U Henrik Ibsen va Niels Abel kabi taniqli vatandoshlar sharafiga haykallar va byustlar ham yasagan. Kim?

Javob: Gustaf Vigeland.

Manba:

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Bj%C3%B8rnstjerne_Bj%C3%B8rnson

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Gustav_Vigeland

 

2. Nafaqat o‘zbek musiqiy guruhi nomlari.

10. O‘ktam, Dilshod, Aziz, Muhammadxo‘ja, Sardor, Abbos Iks a’zolaridir. Iksni ayting.

Javob: Benom

20. Iks Diametri 2,5—5 sm boʻlgan aylana shaklidagi kumush nishon, toʻgʻnogʻich hamda ayollar bezagi — tumor. Iksning bezashda yulduz shaklini ham ko‘ramiz.

Javob: Sitora

30. Abdulla Qahhorning Iks nomli asarida ayol kishi iksga bosh qorong'i bo'lgani tasvirlangan. Iksni ayting.

Javob: Anor.

40. Piter Tel tomonidan yozilgan bu asarda yangi start-up biznes boshlash haqidadir.

Javob: Zero to One

50. Ayrim molyuskalardan olinadigan Oq, yaltiroq narsa Iks deb ataladi. Poytaxtimizdagi xususiy stomatologiya nomi ham IKS. Iksni ayting.

Javob: Sadaf

 

3. Ikki bilan bog‘liq.

10. U ilk mavsumida Germaniyaning 3-divizionidagi “Ahlen” jamoasi bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan ekan. Kim?

Javob: Marko Roys.

20. U hozirda rancholardan birida cho‘ponlik bilan shug'ullanadi.

Mashhur muvaqqiyatsizlikdan so‘ng ham keyingi JChda penaltini tepishga jazm qiladi. U kim?

Javob: Roberto Badjo.

30. Bu shahar 1923-yilgacha poytaxt maqomida bo‘lgan. Tolstoy Toshkentni kambag‘allar uchun ikkinchi U deb atagan. Qaysi shahar?

Javob: Istanbul. Ikkinchi Rim.

40. Uni yana bir nomi Godwin-Osten tog‘i nomi berilgan Bizga tanish nomini ayting.

Javob: K2 – Chogori

Izoh: Everestdan so‘ng balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi cho‘qqi

50. U o‘zining “Rim tarixi” asarini 1902-yilda yozadi.

Javob: Teodor Mommzen (Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining ikkinchi laureati)

Manbalar:

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Чогори

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Theodor_Mommsen

 

4-guruh

1. Matritsada -NA-

2. Mashhur o‘zbek ayollari.

3. Matritsada -ON-

 

1. Matritsada -NA-

10. Ilk bor Ganjaviyning asarida tilga olingan ekan, uning nomi bizga shifobaxsh nom sifatida mashhurroq. Uni ayting.

Javob: Naftalan.

20. Westland - 51 vertolyoti ajdar kabi janglarda ishtirok etardi. Tashqi ko‘rinish dizaynini loyihachilar qays hashorotdan olishgan?

Javob: Ninachi.

30. Uning shlemida ko‘k, sariq va yashil ranglarni ko‘rishimiz mumkin. Kimning?

Javob: Ayrton Senna.

Izoh: Shlemdagi bu ranglar Braziliya bayrog‘idagi ranglarni aks ettiradi.

40. Tolstoyning moviy rang personaji pudel bilan yuradi. Konstaning ham u nomidagi qo‘shig‘i bor. Uni ayting.

Javob: Malvina.

50. Nataniel Filbrikning “Dengiz qalbida” filmlarining markaziy qismi ham shu yerda bo‘lib o‘tadi. Boshqa bir asarda kapitanlar neft to‘ldirilgan bochkalar bilan bu yerga qaytib kelishadi. Qayer?

Javob: Nantaket

Manbalar:

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Ayrton_Senna

https://nha.org/research/nantucket-history/history-topics/herman-melville-visit/

 

2. Mashhur o‘zbek ayollari.

10. “Men 129 fashistni o‘ldirdim” degan jumlalar kimga tegishli.

Javob: Zebo G‘aniyeva.

20. “Iqtisodiy dahoning hikoyasi” asarining muallifi. Ajoyib Tafakkurga ega Kolumbiya universiteti professoridir. Uning kimligini ayting.

Javob: Silviya Nazar.

30. Birinchi o‘zbek ayol rassomi, qizig‘i Navoiy nomidagi texnikumni bitirgan ekan. Uning kim ekanini ayting.

Javob: Zarifa Saidnosirova.

Izoh: Turmush o‘rtog‘i — Oybek mashhur Navoiyshunos edi.

40. Tovusdek harakatlanadigan bu ayol, 40 yoshdan oshgan bo‘lsa-da hali raqslari bilan faoliyatini davom ettirib kelyapti.

Javob: Iroda Ismoilova.

Izoh. “Tovus raqsi” bilan tanilgan raqqosa.

50. Bu chinozlik ayol birinchi o‘zbek mexanizatoridir. Uning kimligini aniq ayting.

Javob: Tursunoy Oxunova.

Manbalar:

https://daryo.uz/2024/01/24/yulduz-usmonova-mendan-ranjigandi-7-yillik-turmushidan-ajrashgan-bachadon-saratoni-bilan-bogliq-gap-sozlar-va-tovus-raqsi-bilan-omadi-kulgan-raqqosa-iroda-ismoilova-40-yoshda-foto-video

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tursunoy_Oxunova

 

3. Matritsada -ON-

10. Bu qahramon klaustrafobiyadan aziyat chekadi, Mikki-Mouse soati taqadigan kuchli xotiraga va bilimga ega professor. U kim?

Javob: Robert Lengdon.

20. O‘zbek izohli lug‘atida unga uchlari erkin tebranadigan qilib mahkamlangan ayrisimon metall tayoqcha shaklidagi asbob deb ta’rif berilgan. Uni ayting.

Javob: Kamerton.

30. Balin jangida U Azogning hujumi paytida o‘zini himoya qilish uchun foydanilgan buyum unga yangi taxallus olib keladi. O‘sha taxallusni ayting.

Javob: Eman qalqon.

Qabul: Torin Eman qalqon.

40. Mashhur ingliz yozuvchisi Fransiya yo‘llarida chalkashib ketadi va bu yo‘llarni Iksga qiyoslaydi. Iksni ayting.

Javob: Hampton - Kord labirinti.

50. 18-asrda ingliz Bentam tomonidan ishlab chiqilgan qurilishning va boshqaruvning bir turi bo‘lib, unga ko‘ra bir kuzatuvchi tomonidan qamoqdagi barcha mahbuslar kuzatiladi. Uni ayting.

Javob: Panoptikon.

Manbalar:

https://en.wikipedia.org/wiki/Thorin_Oakenshield

https://en.wikipedia.org/wiki/Panopticon

 

 

5-guruh

1. Initsialda ikkita bir xil harf

2. Rejissyorni top

3. Asar haqida ma’lumotlar beriladi, asarni topish kerak.

 

1. Initsialda ikkita bir xil harf

10. U “Hisoblash mashinalarni va tafakkur” nomli maqolada esga olingan. Uni ayting.

Javob: Tyuring testi.

20. Forrest Gump haqida maqolada unga havola mavjud. Uni ayting.

Javob: Savant Sindromi.

30. U ilk bor 1778-yilda kulinariya kitobida keltirilgan. Kabak, qalampir, baqlajon kabilardan foydalinishadi. Uni ayting.

Javob: Ratatuy retsepti

40. Uning asari bir betini murakkabligidan 50 ta tilshunos tahlil qilgan ekan. Qaysi yozuvchi.

Javob: Jeyms Joys.

Izoh: “Uliss” asari tarjimasi haqida gap ketmoqda.

50. Italiyadagi 550 raqamli aviatashuvchiga uning nomi berilgan. Kimning?

Javob: Kamillo Kavur.

 

2. Rejissyorni top

10. “Promotey”, “So‘nggi duel”, “Gucci uyi”, “Marslik”. Qaysi rejissyor filmlari?

Javob: Ridli Scott.

20. “Birinchi odam”, “Qa’tiyat”, “Vavilon”, “LA LA Land” filmlari rejissyorini toping.

Javob: Damien Shazel.

30. “Avgust oyida Rapsodiya”, “Qon taxti”, “Skandal”, “Rasyomon” filmlari rejissyorini toping.

Javob: Akira Kurasava.

40. “Ko‘zgu”, “Andrey Rublov”, “Nostalgia” filmlari rejissyorini toping.

Javob: Andrey Tarkovski

50. “Qor qo‘ynida Lola”, “O‘tov”, “Rangsiz tushlar”film muallifini toping.

Javob: Ayub Shahobiddinov.

 

3. Asar haqida ma’lumotlar beriladi, asarni topish kerak.

10. Bu asar haqidagi vikipediyada Cheksiz maymunlar nazariyasiga havolani uchratamiz, 1941-yilda ispan tilida nashr etilgan. Qaysi asar?

Javob: “Bobil kutubxonasi”.

20. Asar 18 oy davomida uydan chiqmasdan yozilgan ekan, 1967-yilda ispan tilida nashr etilgan. Qaysi asar?

Javob: “Yolg‘izlikning yuz yili”.

30. Qizi Karining o‘pkasi shamollab qoladi, onasi esa har kun tunda qizi uchun ertaklar to‘qib aytib berar edi va mashhur asari shu paytda yaralgan. 1945-yilda shved tilida nashr etilgan. Qaysi asar?

Javob: “Uzunpaypoq Peppi”.

40. Asar 3 qismdan iborat, Kastaliya davlatining tarixi, bosh qahramon faoliyati va qahramon Knextning she’rlaridan iborat. 1943-yilda nemis tilida nashr etilgan. Qaysi asar?

Javob: “Bisercha o‘yin”.

50. Roman Xuan Presiado haqida hikoya qiladi, u o‘lim to‘shagida onasi Presiadoning otasi bilan birinchi marta uchrashishga va’da bergani haqida bo‘ladi. 1955-yilda Meksikada ispan tilida nashr etilgan. Qaysi asar?

Javob: “Pedro Paramo”.

 

6-guruh

1. Nafaqat “Benom” guruhi qo‘shiqlari.

2. Nafaqat hind kinosi nomlari

3. Matritsali -TE-

 

Nafaqat “Benom” guruhi qo‘shiqlari

10. 1868-yilgi asar qahramoni Raskolnikov o‘zini U man deb ham tanishtirar edi. Uni ayting.

Javob: Telba.

20. She’rda aytilishicha, u tufayli ko‘zdagi yosh ko‘rinmay qolgan ekan.

Javob: Yomg‘ir

30. Hali bizda bahor ham boshlanmadi-ku!”

“Bizda esa U oxirlamay kirib keldi”. Uni ayting.

Javob: Fevral.

40. Uni harbiyning ko‘ngil oynasi ham deyishadi.

Javob: Askar maktubi

50. Bitta o‘g‘li ishchi, ikkinchisi Farg‘onada bosmachilar orasida ekan. Siz hozir “O‘tgan kunlar” asaridagi undan parcha tingladingiz. Uni bir xil har bilan boshlanuvchi ikki so‘zda ayting.

Javob: So‘ngi sahifa.

 

2. Nafaqat hind kinosi nomlari

10. Oybek domla Abdulla Qodiriy boshqa ijodkor ahliga xos bo‘lmagan mehnatkash, yer ishidan qochmas edi deb ta’kidlab, Uning oilasida tug‘ilganda deb qo‘yadi. Qanday oilada tug‘ilgan?

Javob: Bog‘bon.

20. Youtubedagi bu futbol haqidagi loyihada keskin, qisqasini aytganda ters - ters gaplari bilan ajralib turadi. Loyiha nomini ayting.

Javob: Dangal

30. Amitabh Bachchanni “Bollivud Iks” deb ham atashadi. Kambizni ham Iks. IKSning nima ekanini ayting.

Javob: Shahanshoh.

40. Norasmiy Iks deb ataladigan turnirning birinchi g‘olibi Renessans. IKSni bir xil unli qatnashtirib ayting.

Javob: Lagan.

50. Bucket list filmida qahramonlar HAYOTlarining tugashigacha orzularini amalga oshirishga harakat qilishadi. Bucket list o‘zbek tilida Iks deb tarjima qilingan. IKS 2012-yildagi film nomidan bir oz farq qiladi. Iksni emas, o‘sha hind film nomini 3 so‘zda ayting.

Javob: Toki hayot ekanman.

 

3. Matritsada -TE-

10. “Yolg‘onlar shahri” asari voqealari shu Osiyo shahrida sodir bo‘ladi. Qaysi shahar?

Javob: Tehron.

20. Tenskvatava 1811-yilga amerikaliklarga qarshi urushda ishtirok etadi. Tenskvatava kimning ukasi edi?

Javob: Tekumse.

30. Jeyms Dyuar uning ixtirochilaridan biri sifatida ko‘riladi.

Javob: Termos.

40. Bu o‘zbek asari qishloqdagi azadan boshlanadi, asari qahramoni G‘aybarov atrofida voqealar kechadi. Qaysi asar?

Javob: Galatepaga qaytish.

50. Bir versiyaga koʻra, U Arkadiyadan boʻlib, bor pulini itlar bilan ovga sarflagan va bankrot boʻlgan. U kim?

Javob: Akteon

Izoh: Yunon mifologiyasiga koʻra Akteon oʻz itlari tomonidan parchalab tashlangan.

Manbalar:

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Tecumseh

https://t.me/nota_bene1/3121

Report Page