Shaxsiy o‘yin bahorgi mavsumining 1-turi (Firdavs Bozorov) savollari. 09.03.2024

Shaxsiy o‘yin bahorgi mavsumining 1-turi (Firdavs Bozorov) savollari. 09.03.2024

"Zakovat intellektual klubi" NNT

Saralash mavzulari:

1. It

2. Turli davlat Ivanlari

3. Unlilar faqat A

4. Matritsali -KOL-

 

1. It

10. Kelvin Kordosar Brodus juniorni biz SHU taxallusi bilan taniymiz.

Javob: Snoop Dogg

20. Ruslarda baliqdan tayyorlanadigan, bir necha o‘ramdan iborat Rolmops yeguligi SHU nom bilan ataladi. Nomni iloji bo‘lsa tasvirlab bering.

Javob: @/kuchukcha belgisi

30. “Kannibal itlar” nomli hazil illyustratsiyada itlar BU ISHNI QILAYOTGANLIGI tasvirlangan. Qaysi ish?

Javob: Hot-Dog yeyish.

40. Yaqinda BU SHTAT sharafini himoya qiluvchi NXL jamoasi qor ko‘chkilarida insonlarning joniga oro kirgan Berni ismli senbernarni o‘z talismani sifatida tanlashadi. Qaysi shtat?

Javob: Kolorado (Kolorado Evelansh jamoasi, Evelansh – qor ko‘chkisi degan ma’noni anglatadi)

50. 1973-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan U 16 jamoadan iborat bo‘lib 1868 kilometr masofani o‘z ichiga oladi.

Javob: Iditarod (mashhur itlar poygasi)

 

2. Turli davlat Ivanlari

 

10. Asl ismi Jaxid Afrail og‘lu bo‘lgan estrada YULDUZINI SHU qisqa taxallus ostida taniymiz.

Javob: Jony

20. Ivan savolda ketadi.

Yaqinda aktyor Ivan Yankovskiy sportga hech qanday aloqasi bo‘lmasa ham BU roli bilan mashhurlikka erishdi.

Javob: Adidas (“Yigit so‘zi” seriali)

30. 1993-yilda tug‘ilgan, o‘z karyerasini “Lochan” jamoasida boshlagan U bulutli ob-havo sharoitida ham ishonchli o‘yinlar ko‘rsatib kelmoqda.

Javob: Yan Oblak

40. 1636-yil Leydenda tug‘ilgan BU niderland haqidagi maqolalardan biri “Mashhurlikka olib kelgan betartib hayot” deb nomlangan.

Javob: Yan Sten (Mashhur niderland rassomining ko‘pgina kartinalarida tartibsizliklarni ko‘rish mumkin)

50. Qabul aniq javob.

Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, 1998-yilgi “Ronin” filmida BU ISH ro‘y bermaydi.

Javob: Shon Bin o‘limi (Shon Bin filmlarda eng ko‘p vafot etadigan personajlar rollari bilan mashhur, “Ronin “filmida esa qanchalik g‘alati bo‘lmasin uning personaji vafot etmaydi)

 

3. Unlilar faqat A

 

10. Yevgeniy Arbenin, Baronessa Shtral, Nina, siz 1835-yildagi USHBU asar personajlarini eshitdingiz.

Javob: “Maskarad”

20. Asosan Afrikada tropik oʻrmonlar va choʻllar oraligʻida tarkib topgan biom tip SHU ispancha so‘z bilan ataladi.

Javob: Savanna

30. Tarabar qirolligining yaqin do‘sti, “Oltin kalit” asari bosh antagonisti bo‘lgan U soqolining past qismini doim cho‘ntagiga solib yurgan.

Javob: Karabas-Barabas

40. Aholi orasida Tanah Melayu nomi bilan ataladigan BU yarim orolga o‘rta asrlarda ko‘plab savdogarlar turli ziravorlar ilinjida tashrif buyurishgan.

Javob: Malakka

50. Yapon komikslari manga deb ataladi, koreys komikslarichi?

Javob: Manxva

 

4. Matritsali -KOL-

 

10. Pablo Eskobar qo‘lida maxsus tayyorlangan kimyogarlar guruhi ishlagan. Ular narkotiklarni quyultirib BU NARSA ichiga yashirishgan.

Javob: Koka-kola

20. Tilshunos Korshning fikricha, UNING etimologiyasi UNING tayyorlanish usuliga bog‘liq bo‘lib, turkiycha “qo‘l” va “bosish” so‘zlari qo‘shilmasidan kelib chiqqan.

Javob: Kolbasa

30. BU sabzavotning ilmiy nomi “brassika oleratsea” bo‘lib, an’anaviy nomi lotincha “broxium” so‘zidan kelib chiqqan.

Javob: Brokkoli

40. Bu savolni aslida birinchi savoldan keyin qo‘yishim mantiqiyroq bo‘lar edi. Finlyandiyadagi BU shahar eng yirik port shaharladan biri hisoblanib, uzoq vaqt davomida “Qari Karl qishlog‘i”, ya’ni Gamlakarlebi nomi ostida bo‘lgan.

Javob: Kokkola

50. Javob 2 so‘zda. Faoliyatini 14 yoshida “Flamengo”da boshlagan Artur Antunis Koimbra oilasida eng kichik farzand bo‘lgan. Uydagilari Arturzinyo deb chaqirganliklari UNING kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Javob: Ziko laqabi

 

 

 

 

 

Guruh bosqichi

 

1-guruh

1. Fransuzlar

2. Unlilari bir xil

3. Matritsali -DOM-

 

1. Fransuzlar (Eslatma: Forma so‘rang, formada shaxs so‘ralmasligi ham mumkin)

 

10. 1792-yil Ruje de Lill tomonidan yaratilgan U “Yurt farzandlari uyg‘oninglar” so‘zlari bilan boshlanadi. Uni bir so‘zda ayting.

Javob: Marselyeza

20. Maksim Gorkiy bilan tortishib qolgan BU INSON Gorkiyning duelga chaqiruvini rad etadi.

Javob: Jorj Dantes

30. Bir miniatyurada Leopold musiqa nomini birgina nota orqali topishini aytadi. Leopoldning biz bilgan ism-familiyasini ayting.

Javob: Jorj Kyuvye

40. 1974-yilda ko‘pchilik Nyu-yorklik onalar UNING hayotidan Vyetnam urushiga safarbar qilingan farzandlarining hayoti kabi qayg‘urishgan.

Javob: Filipp Peti

50. Ma’lumotlarga qaraganda, mashhur voqeadan bir qancha vaqt oldin 1924-yil Parijda tug‘ilgan U o‘ziga sherik topish niyatida bergan e’lonidan keyin UNGA sherik bo‘lishni istovchilarning barchasi suitsid niyatida bo‘lganlar ekanligini aniqlangan.

Javob: Alen Bombar

 

2. Barcha unlilari bir xil

 

10. U “All Backs” [Oll beks] regbi jamoasi sababli mashhurlikka erishgan. Uning asosiy maqsadi raqiblarda qo‘rquv yuzaga keltirish.

Javob: Xaka

20. Bu atamaning ma’nosi “yorliq” yoki “yorliqqa olingan yer” degan ma’nolarni beradi.

Javob: Patta

30. 1971-yilda San-Fransiskoda tug‘ilgan U, primatolog Fransin Patterson tomonidan imo-ishoralar tiliga o‘rgatilgan.

Javob: Koko

40. Salxov, Flip, Ritberger, Luts, siz ro‘yxatdan tushib qolgan, mavzuimizga mos eng osonini ayting.

Javob: Tulup (Figurali uchishdagi eng oson sakrash turi)

50. Versiyalarga ko‘ra, U eksperimental laboratoriyalarda joylarni tejash maqsadida yaratilgan. Vinnining do‘sti ham U. Uni ayting.

Javob: Mini-pig

 

3. Matritsali -DOM-

 

10. Ogʻir yuklarni vaqtinchalik koʻtarib beradigan mexanizm SHU niderlandcha so‘z bilan ataladi.

Javob: Domkrat

20. Uning asl ismi Rene Fransua Arman bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishda birinchi bo‘lishga erishgan hisoblanadi.

Javob: Syulli Pryudom (Adabiyot bo‘yicha birinchi Nobel mukofoti sohibi)

30. BU avstriyalik tennischi karyerasi davomida 17 ta titulga ega chiqqan bo‘lib, yakkalik bahslarida katta shlem sohibi bo‘lishga erishgan.

Javob: Dominik Tim

40. “Qadimgi sivilizatsiyalarning halokati” filmida yer qimirlashi yerda yoriqlarni vujudga keltirganligi va u yerdan tabiiy gaz ajralib chiqqanligi keltirib o‘tilarkan, BU TOPONIM ham esga olinadi.

Javob: Sodom (Bibliyaga ko‘ra, Sodom shahri osmondan paydo bo‘lgan olov va oltingugurt sababli vayron bo‘lgan)

50. Moet et Chandon [Mayo Shandon] tomonidan ishlab chiqariladigan BU mahsulotga sizga yaxshi tanish bo‘lgan, shampanizatsiya usulini o‘ylab topgan inson sharafiga nom berishgan.

Javob: Dom Perinyon [shampan vinosi] (Yaqinda bo‘lgan navbatchiligimda Pyer Perinyon haqida savol o‘ynalgani esingizda bo‘lsa kerak)

 

2-guruh

 

1. Nafaqat musiqiy guruhlar nomlari

2. Yopiq

3. Matritsali -TOR-

 

1. Nafaqat musiqiy guruhlar nomlari

 

10. BU davlat nomi davlat asoschisi bo‘lgan Oman ibn Ibrohimdan kelib chiqqan degan versiyalar mavjud.

Javob: Ummon

20. Yaqinda xitga aylangan gruzincha disko qo‘shig‘i Italiyaning Colours[Kolors] guruhi qo‘shig‘idan ilhomlanib yaratilgan, qo‘shiq matnida Xachapuri UNDAN yaxshiroq ekanligi haqida kuylanadi.

Javob: Pitssa

30.AQShning 29-shtati nomini topishda sizga ruslar behini qanday atashi yordam berishi mumkin.

Javob: Iowa (Ayova, behi - ayva) 

40. 2013-yilda UNING qimmatroq analogi hisoblanmish “sildenafil” shved bozorlaridan chiqib, o‘rniga arzon variantlari kirib kelgandan so‘ng qariyalar orasida o‘zini o‘ldirish holatlari sezilarli darajada kamaygan.

Javob: Viagra

50. Bu texnik sistema nomi “Osonroq bajar, ahmoq” so‘zlarining bosh harflari yordamida yaratilgan.

Javob: Kiss (Keep it simple, stupid)

 

2. Yopiq.

 

10. BU davlat nomini birinchi marta eshitgan 6 yoshli Ivan o‘zini ikki marta bo‘yi past ot bilan solishtirganligi haqida aytadi.

Javob: Yaponiya.

Mavzu: Yaponiya

20. Busidoda yozilgan qoidaga ko‘ra, agar ikki yo‘ldan birini tanlash kerak bo‘lsa UNGA olib boradiganini tanlash kerak. UNI ayting.

Javob: O‘lim (Busido — samuraylar kodeksi) 

30. UNING otasi Mitsubishi samolyotlariga detallar yetkazib beradigan firma egasi bo‘lgan. U kim?

Javob: Xayao Miyadzaki (Uning ko‘pgina asarlarida aynan parvoz syujetiga murojaat qilinganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin)

40. Yaponchada “maymun” deb ayting.

Javob: Saru/Zaru/Dzaru/Dsaru (Midzaru, Kikadzaru, Ivadzaruni eslagan bo‘lsangiz kerak)

50. Ikki do‘stining bir-biriga qarshi qarta o‘ynayotganini ko‘rgan savol muallifi UNI esga oladi. Uni ayting.

Javob: Tessendzyutsu (Qo‘ldagi bir nechta qartalar yelpig‘ichlarni esga solib yuborgan)

 

3. Matritsali -TOR-

 

10. Eronda 20-asrgacha keng tarqalgan 3 simli musiqa asbobi nomini toping.

Javob: Setor

20. Afsonalarga ko‘ra, U dastlab eshak suti va qo‘y yog‘ini ham sinab ko‘rgan. Uni ayting.

Javob: [Erjebeyt, Elizabet, Yelizaveta] Batori

30. Bazasi Santa-Monikada joylashgan UNGA Byorn Rebi tomonidan asos solingan bo‘lib, chempionlari qatoriga Vadim Nemkov, Patrisiu Pitbul va Kris Kiborglarni kiritish mumkin.

Javob: Bellator [MMA organizatsiyasi]

40. Davom etamiz.

Sizga “Raqs vasvasasi”, “Enaga” , “Midnight sun” [Midnayt san] filmlari orqali tanish Anabel Eyveri UNING asl ism-familiyasi hisoblanadi.

Javob: Bella Torn

50. Ko‘pincha Pollutsit minerali qazib olinadigan joydan Petalit minerali ham qazib olinadi. Petalit mineralining boshqa bir nomi BU personaj ismidan yasalgan.

Javob: Kastor (Qadimgi Rim mifologiyasida Kastor va Polluks egizaklar sifatida gavdalantiriladi)

 

3-guruh

 

1. Test

2. Turli davlat Pyotrlari

3. Matritsali -ROL-

 

1. Test.

 

10. Ayzenk, Raven va Penrouz testlari UNI aniqlashda ishlatilinadi.

Javob: IQ ko‘rsatkichi

20. Cho‘chqalarning ichki organlari insonlarnikiga o‘xshab ketishi sababli dastlab UNDA cho‘chqalardan foydalanishgan. UNI ayting.

Javob: Krash-test

30. Jeymi Vardi “Lester” jamoasiga endi o‘tganida jamoadagilar U sifatida jamoa vitse-prezidenti Ayyavatta Shrivaddxanaprabxadan foydalanishgan. U 1953-yilda “Drager” kompaniyasidan tomonidan patentlangan. Uni toping.

Javob: Alkotester (Vardi ichkilikni yaxshi ko‘rgan, uning «trezviy» ekanligi vitse-prezident ism familiyasini to‘g‘ri talaffuz qila olish olmasligiga bog‘liq bo‘lgan)

40. Olimlar aniqlashicha, UNING natijalari ishtirokchilarning qanday moliyaviy sharoitlarda yashashlariga ham bog‘liq ekan.

Javob: Zefir testi/Marshmellou testi

50. Oilaviy hayotga tayyorgarlik ko‘rar ekan, Erik Lindros o‘z qaylig‘i bilan avtomobilda sayohat uyushtiradi. Bir jurnalist ushbu sayohatga, munosabatlar IKSi deya nom beradi. IKSni defisli so‘z bilan ayting.

Javob: Test-drayv

 

2. Turli davlat Pyotrlari.

 

10. Bu savol “Turli davlat Ivanlari” mavzusidan ham joy olishi mumkin edi.

Kelasi jangini 10-martga o‘tar kechasi o‘tkazadigan U 1993-yil Dudinkada dunyoga kelgan.

Javob: Pyotr Yan

20. Mashhur inson hot-dog sotuvchisi, kazino o‘yinchisi, qo‘riqlash xizmati ofitseri va avtobus haydovchisi rollarini ijro etgan. U bilan birga avtobusda bo‘lganni toping.

Javob: Piter Parker (Sten Li bir necha bor “O‘rgimchak odam” franshizasida epizodik rollarni ijro etgan)

30. Hozirda U otasi Enzoning mashhur kompaniyasidagi 10% ulushga ega.

Javob: Pyero Ferrari

40. 1934-yilda Pyer “Bugatti” avtomashinasida “Le-mann 24” poygasida g‘olib bo‘ladi. Pyerning familiyasini ayting.

Javob: Veyron

50. Manbalarga ko‘ra, BU INSON o‘zining oltin bolg‘achasi bilan o‘ziga yoqmagan predmetlarni urib sindirishni yaxshi ko‘rgan.

Javob: Peter [Karl Gustav] Faberje

 

3. Matritsali -ROL-

10. Bir onlayn servis talismani ayiq hisoblanib, foydalanuvchi BU ISHni qilishni boshlaganda ayiq qo‘llari bilan ko‘zini berkitib turadi.

Javob: Parol terish/Parol yozish

20. “Maksimal narx uchun maksimal sifat”. BU 1905-asos solingan USHBU kompaniya shiori hisoblanadi.

Javob: Roleks

30. Fitna nazariyasi inglizcha va yunoncha so‘zlar qo‘shilmasidan hosil bo‘lgan SHU atama bilan nomlanadi.

Javob: Konspirologiya

40. Fransuzchada “aperitiv” ma’nosini beruvchi so‘zdan BU ichimlik nomi kelib chiqqan.

Javob: Aperol

50. Javobda unlilari bir xil so‘z.

Bir asarda o‘ziga notanish bo‘lgan BU yegulik nomini eshitgan personaj stolga it go‘shtini olib kelishadi deb o‘ylaydi.

Javob: Rolmops (Saralashda ushbu taom “sobachka”, ya’ni kuchukcha deyilishi haqida eslangan edi)

 

4-guruh

 

1. Yopiq

2. Javobda daryo nomlari ishtirok etadi.

3. Matritsali -BOR-

 

1. Yopiq.

 

10. Lotinchada “tajriba” deb ayting.

Javob: Eksperiment.

Mavzu: Eksperiment.

20. Bir eksperimentda g‘isht BU ISH uchun 1 soatdan kamroq vaqt sarflaydi. Jyul Vernning 1864-yilgi asari nomi ham BU ISH.

Javob: Yer markaziga sayohat

30. Javobda lotincha so‘z.

“Eljernonga atalgan gullar” asarida Charli Gordon eksperiment davomida UNDAN foydalanilgani haqida xabar topadi va intellektini shu zahoti yo‘qotadi.

Javob: Platsebo

40. Mayda zarrachalarni kuzatish ekpserimenti RSFSR, Germaniya va AQSH davlatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan. Eksperiment nomini toping.

Javob: Argus (Mamlakat nomlarining bosh harflari orqali hosil qilingan, kuzatish so‘zidagi urg‘u ham ishora edi)

50. Savol muallifi bir o‘tirishda nechta roll yeya olishini hisoblamoqchi bo‘ldi va o‘ziga xos UNI o‘tkazdi, natijada bir nechta roll izsiz g‘oyib bo‘ldi.

Javob: Filadelfiya eksperimenti (Filadelfiya rollarini va Filadelfiya eksperimentini bilsangiz kerak)

 

2. Javobda daryo nomlari ishtirok etadi. Misol: Sirdaryo viloyati.

 

10. Braziliya, Peru, Kolumbiya kabi davlatlar hududida joylashgan U dunyoning o‘pkasi nomi bilan ham ataladi.

Javob: Amazonka o‘rmonlari/Amazoniya o‘rmonlari

20. “Simpsonlar” multseriali epizodlaridan birida BU INSON o‘z ishchisini “Yana bir kichik qadam va sen ishdan bo‘shatilasan” deya ogohlantiradi.

Javob: Nil Armstrong

30. Javobda bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘z.

1934-yildan boshlab o‘tkazilib kelinayotgan UNING g‘olibalari orasida Meri Enn Mobli, Linda Mid va Syuzen Eykinlarni ham ko‘rish mumkin.

Javob: Miss Missisipi (go‘zallik tanlovi)

40. Lili Brikning aktiv shaxsiy hayoti haqidagi filmda BU INSON ismidan yasalgan so‘zni ko‘rish mumkin.

Javob: Don Juan (Lili Brikning Donjuan ro‘yxati)

50. AQSHdagi kafelardan birida mehmonlar har kun 10 tadan idish va 3 tadan stul sindirishgan, yigitlar sevgan qizlaridan turmushga chiqish taklifiga rad javobi olishgan. BU hodisalar kafega UNING kelib ketganligi bilan izohlanadi. Kimning?

Javob: Bill Myurrey (“Sug‘ur kuni” filmida rol ijro etgan aktyor, Myurrey Avstraliyaning eng yirik daryosi)

 

3. Matritsali -BOR-

 

10. Uning o‘ziga xos idishi rangi “Gruzincha yashil” nomi bilan patentlangan.

Javob: Borjomi

20. Milla Yovovichni izlab guglga qidiruv bergan savol muallifi UNGA duch keladi.

Javob: Bor (Milla 5-element, bor ham 5-element)

30. Ma’lum qarindoshlik rishtalari asosida bog‘langan lo‘lilar guruhi shu so‘z bilan ataladi.

Javob: Tabor

40. Javob 2 yoki 3 so‘zda.

San-Sebastyan sharafini himoya qiluvchi LaLiga jamoasidagi 14 U hisoblanadi.

Javob: [Takefusa] Kubo raqami

50. BU qo‘mondon 1499-yilda strategik harakatlar natijasi o‘laroq Imola, Forla va Rimini kabi hududlar ustidan oson g‘alaba qiladi.

Javob: [Chezare] Bordjia (Yuliy Sezar Bordjianing kumiri bo‘lgan, savol matnidagi so‘zlar sizlarga “Keldi, ko‘rdi, g‘alaba qildi” iborasini eslatgan bo‘lsa kerak)

 

5-guruh

 

1. Bir xil harfdan boshlanuvchi ism- familiyalar

2. Filmlardagi mashhur sitatalar

3. Matritsali -FER-

 

1. Bir xil harfdan boshlanuvchi ism-familiyalar.

 

10. Versiyalarga ko‘ra, UNING ilhom manbayi 20 yil davomida Shri-Lanka orolida majburan ushlab turilgan Robert Noksning xotiralari bo‘lgan.

Javob: Daniel Defo

20. Uning asl familiyasi Gorenko bo‘lib, boshqa familiya olishiga uning xon avlodidan bo‘lganligi sabab bo‘lgan.

Javob: Anna Axmatova

30. Fransuzlar 1638-yil Shampan grafligida tug‘ilgan BU INSONNI “Dunyo xursandchiliklari sababchisi” deya atashgan.

Javob: Bu o‘sha sizga yaxshi tanish Pyer Perinyon :)

40. Yerevanda joylashgan “Qadimiy qo‘lyozmalar instituti” UNING nomi bilan ataladi.

Javob: Mesrop Mashtots (Arman alifbosi yaratuvchisi)

50. Bir ko‘rsatuvda quyon ko‘rinishidagi personaj Merilin Monroning oldiga dafn qilingan BU INSONNI ziyorat qilishga ketayotganligi sabab ko‘rsatuvda ishtirok etmasligini bildiradi.

Javob: Xyu Xefner

 

2. Filmlardagi mashhur sitatalar. Formada filmlar nomlari so‘raladi. Yordam tariqasida sitata qaysi personaj tomonidan aytilgani ham aytib o‘tiladi.

 

10. Biz banklarni o‘maramiz. Klayd Berrou.

Javob: “Bonni va Klayd”

20. Senga kattaroq hajmdagi qayiq kerak. Martin Broudi.

Javob: “Jag‘lar”

30. Men o‘lik insonlarni ko‘rayapman. Koul Sier.

Javob: “Oltinchi hissiyot”

40. Ertalabki napalm tarovatini yoqtiraman. Bill Kilgor.

Javob: “Apokalipsis bugun”

50. Ular shu yerda. Keroll Friling.

Javob: “Poltergeyst”

 

3. Matritsali -FER-

 

10. BU kompaniyaning bosh ofisi Italiyaning Alba shahrida joylashgan bo‘lib, 1942-yilda qandolat mahsulotlari sotadigan kichik do‘kon sifatida o‘z faoliyatini boshlagan.

Javob: Ferrero

20. Garner, Morrison, Lourens, Eniston, Konnelli. Ushbu ro‘yxatdagilarni birlashtirib turuvchini ayting.

Javob: Jennifer [ismi]

30. Konsertlarda miniatyuralarni e’lon qilib turadigan, ko‘rinishlar orasida chiqish qiladigan artist SHU fransuzcha so‘z bilan ataladi.

Javob: Konferansye

40. 1994-yilda kazinolardan birida o‘yinchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada BU qarta o‘yini katta USTUNLIK bilan eng ko‘p o‘ynaladigani sifatida qayd etilgan.

Javob: Preferans (Prefer so‘zini ustunlik deb tarjima qilish mumkin)

50. NatGeoWild [NatGeoVayld] teleko‘rsatuvida aytilishicha, hamla qiluvchilarga nisbatan o‘ljalarda U yaxshiroq rivojlangan bo‘ladi. UNI ayting.

Javob: Periferik ko‘rish qobiliyati/Periferik zreniye

 

6-guruh

 

1. Ishtirokchilariga qarab musiqiy guruh nomini toping

2. Unlilari bir xil

3. Matritsali -RAN-

 

1. Ishtirokchilariga qarab guruh nomini toping.

 

10. Bill Uaymen, Ronni Vud, Kit Richards, Mik Jagger.

Javob: Rolling Stones

20. 2-savol.

Yekaterina Kishyuk, Yelena Temnikova, Olga Seryabkina.

Javob: Serebro

30. Sultonov Ma’mur, Muqimov Oybek.

Javob: Bayon

40. Tom York, Jonni Grinvud, Ed Obrayen, Kolin Grinvud, Fil Seluey.

Javob: Radiohead [Radiohed]

50. Jerri Garsiya, Bob Veyr, Fil Lesh, Miki Xart, Bill Krotsman, Vins Uelnik.

Javob: Grateful dead [Greytful ded]

 

2. Unlilar bir xil.

 

10. Semit oilasiga mansub BU til Isroil davlati milliy tili hisoblanadi.

Javob: Ivrit

20. Mashhur fransuz ijodkori haqida fikrlar ekan, bir tarjimon, u o‘z asarini Ester ismli xolasiga yoki Ele ismli jiyaniga atab yaratganini keltirib o‘tadi. Fransuzning familiyasini ayting.

Javob: Perek

30. UNING yana bir nomi “Etan kislotasi” yoki “otset”.

Javob: Uksus

40. Savolning javobini topishga harakat qiling, toshqotib o‘tirish kerak emas. Vladikavkazda tug‘ilgan qo‘shiqchi Alan Xadzagarovni BU taxallus ostida yaxshi taniymiz.

Javob: Matrang (“Meduza” qo‘shig‘i orqali tanish)

50. Gigant kaltakesak ko‘rinishidagi U “Kanada Nessisi” laqabini olgan.

Javob: Ogopogo

 

3. Matritsali -RAN-

 

10. 1901-yil Sankt-Peterburgda tug‘ilgan BU insonni Rus Chaplini deya atashgan.

Javob: [Kloun] Karandash

20. To‘liq kristallangan magmatik tog‘ jinsi nomini yoki 1992-yil Bazelda dunyoga kelgan futbolchining ismini ayting.

Javob: Granit (Granit minerali va Granit Jaka)

30. UNING onasining ismi Edit Xollander. Otasi esa Frankfurt shahrining ko‘zga ko‘ringan bankirlaridan bo‘lgan.

Javob: Anna Frank

40. Javobda bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘z, yordam tariqasida aytishim mumkin, matritsa ajralmagan.

UNI tayyorlash jarayonida Yaponiyadan kelishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar kech qolgan, shu sababdan “Japanio” o‘rnida “Nipono” so‘zidan foydalanilgan.

Javob: Esperanto ensiklopediyasi

50. Klivlend shousi multseriali personaji uzoq safardan uyiga qaytganidan so‘ng, hazil tariqasida, beysbolchi bo‘lish orzusi amalga oshmagan bo‘lsa-da, BU ISHni qilganligini aytib o‘tadi. BU ISHni ayting.

Javob: Xoum-ran [amalga oshirish] (Xoum-ran beysboldagi mashhur termin hisoblanib, o‘yinchi maydon bo‘ylab bir marta to‘liq aylanib uy deb ataladigan doira ichiga qaytish holatiga aytiladi)

 

1-yarim final.

 

1. Yopiq

2. Ikkinchi

3. Mashhur ayol sportchilar

4. Matritsali -KAR-

 

1. Yopiq

 

10. Ushbu so‘z yunoncha “yolg‘on” va “ism” so‘zlari qo‘shilmasidan hosil bo‘lgan.

Javob: Psevdonim

Mavzu: Asl ismi yordamida psevdonimini topishingiz kerak bo‘ladi, yordam tariqasida so‘ralayotgan insonning ijod yo‘nalishi ham aytib ketiladi.

20. Viktor Belan. Musiqa.

Javob: Dima Bilan

30. Tomas Meypoter IV. Kino.

Javob: Tom Kruz

40. Karlos Rey. Kino.

Javob: Chak Norris

50. Rejinald Kennet Duayt. Musiqa.

Javob: Elton Jon

 

2. Ikkinchi

 

10. O‘rta asrlarda Nimvrod UNI kutganligi sabab Bobil minorasini qurishni boshlaganligiga ishonishgan.

Javob: Dunyoni ikkinchi marta suv bosishi

20. BU xabarni eshitgan fransuz restorani oshpazi “viktori” belgisini ko‘rsatadi.

Javob: Restoranning ikkinchi Mishlen yulduzini olishi

30. Mashhur voqeadan so‘ng Vikont Darshiak tezda Fransiyaga yaxshi xabarni yetkazish uchun jo‘nab ketadi. Darshiakning kasbini ayting.

Javob: Sekundant (Darshiak Jorj Dantesning sekundanti edi)

40. UNING asl ismi Karol Voytila bo‘lib, otasining o‘limidan so‘ng azaliy orzusi bo‘lgan aktyorlikni unutib, o‘zini dinga baxshida etadi.

Javob: Ioann Pavel II

50. 1432-yilda Shigadzeda tug‘ilgan Yonten Puntsog U bo‘lgan.

Javob: Dalay-lama II

 

3. Mashhur ayol sportchilar.

 

10. 1982-yil Volgogradda tug‘ilgan BU ayol 2012-yilda 5.01 metrni zabt etib rekord o‘rnatadi. UNI ko‘pincha yubkadagi Bubka deya ham atashadi.

Javob: [Yelena] Isinbayeva

20. Simona Baylz BU ayolni favoritlar sifatida ko‘rayotganini aytganidan so‘ng BU ayol Simona hali tug‘ilmaganda men chempionlikni qo‘lga kiritganman, hozir esa uning imkoniyatlari menikidan balandroq deb aytadi. Kim?

Javob: [Oksana] Chusovitina

30. Karyerasini “Sabadel” jamoasida boshlagan BU ayol hozirda “Barselona”ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Javob: [Aleksiya] Putelyas

40. Yakkalik tennis bahslarida unchalik omadli faoliyat yuritmagan BU rus ayolining hayoti mashhur yulduz unga qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng o‘zgarib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Javob: Anna Kurnikova (Enrike Iglesiasning xotini)

50. Keyinchalik U Bobbi bilan do‘stlashadi va Bobbining 55 o‘zining esa 29 yoshda bo‘lganligi ham o‘z so‘zini aytganligini keltirib o‘tadi.

Javob: Billi Jin King (Jinslar jangi)

 

4. Matritsali -KAR-

 

10. 1979-yildan o‘tkazilishi boshlangan Uning asoschisi Terri Sabin hisoblanadi.

Javob: Dakar rallisi (Parij - Dakar rallisi qabul emas)

20. Mikelanjelo Merizi BU ijodkorning asl ism-familiyasi hisoblanadi.

Javob: Karavajo

30. 19-asr ikkinchi choragida Ispaniyaga borgan fransuz, bask yigiti va lo‘li qizning sevgisiga guvoh bo‘ladi. Ushbu hodisa keyinchalik UNING yaralishiga sabab bo‘ladi.

Javob: Karmen [novellasi]

40. Kun ora urushlar tinmaydigan yangi oila haqidagi o‘zbek filmi nomi, mashhur iboraning ikkinchi qismi bilan bir xil. Film nomini toping.

Javob: Doka ro‘mol qurishi

50. Futbolchi Rafael de Souza 1989-yil Rio de Janeyroda dunyoga kelgan. Rafaelning laqabini ayting.

Javob: Karioka (Rio aholisi o‘zlarini karioka deb atashadi)

 

2-yarim final.

 

1. Yopiq

2. Yil fasllaridan qidiring

3. Janubiy amerikaliklar

4. Matritsali -BER-

 

1. Yopiq.

 

10. U - Biror bir tushuncha yoki fikr ifodalaydi va odatda, so‘zlarning turg‘un birikmasi shaklida keladi.

Javob: Ibora

Mavzu: Mashhur iboralar

20. Shimoliy Koreya Konstitutsiyasidagi “Aholining jamoaviy ishlashdagi majburiyatlari” haqidagi moddada USHBU iborani ham ko‘rish mumkin.

Javob: Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.

30. Versiyalarga ko‘ra, BU ibora 1814-yil Xartfordda tug‘ilgan mashhur insonning qabrtoshida bitilgani haqiqatga yaqin emas, sababi puritanlar o‘zlarini xudo bilan taqqoslashlarini yaxshi ko‘rishmagan.

Javob: Xudo insonlarni yaratdi, Kolt esa ularni tenglashtirdi

40. Volga bo‘ylab Astraxan shahriga yetib olish uchun bir qancha qiyinchiliklarga duch kelgan bloger BU iborani biroz o‘zgartirgan holda tilga oladi.

Javob: Per aspera ad astra (Per aspera ad Astraxan shaklida o‘zgartirgan)

50. “Bafi” serialida jodugar o‘zi haqidagi yomon xotiralarni serialning barcha qahramonlari xotirasidan o‘chirib tashlaydi. Ushbu epizodning nomini ayting.

Javob: Tabula rasa

 

2. Nafaqat yil fasllari.

 

10. 1971-yil Luizinada tug‘ilgan BU insonni topishda sizga 30 soniya vaqt yetadi deb o‘ylayman.

Javob: [Jared] Leto (30 seconds to Mars guruhi azosi)

20. Davom etamiz.

BU shveysariyalik sportchi 1988-yil 17-dekabrda dunyoga kelgan, iyun, iyul yoki avgustda emas.

Javob: [Yan] Zommer

30. Toshkent shahridagi “Mustaqillik maydoni”da o‘z konsert zaliga ega bo‘lgan U 1996-yildan beri “O‘zbekraqs” birlashmasida faoliyat yuritadi. 2000-yildan beri UNING tarkibida 60 kishi faoliyat olib boradi.

Javob: Bahor [raqs ansambli]

40. Lev Zulqarnayev 2023-yilgi serialda asl ismi Vaxit bo‘lgan BU personajni gavdalantirganligi bilan mashhurlikka erishdi.

Javob: Zima (“Yigit so‘zi” seriali)

50. Qabul familiya bilan.

“Kiberpank2077” o‘yinida agar siz bu ishni qilsangiz, oxirgi damda yerga qarab otilgan o‘q sizni qutqarib qolishi mumkin. 1972-yilda bu ishni qilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan shaxsni toping.

Javob: Vesna Vulovich (Bu ish parashyutsiz yerga sakrash)

 

3. Janubiy amerikaliklar.

 

10. 2017-yilgi filmda Virjiniya Valyexo rolini Penelopa Kruz, UNING rolini esa Xavier Bardem ijro etgan.

Javob: [Pablo] Eskobar

20. UNI ko‘pincha “Janubiy Amerika Jorj Vashingtoni” deya ulug‘lashadi. Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Peru va Boliviya davlatlari mustaqilligi bevosita UNING nomi bilan bog‘liq.

Javob: [Simon] Bolivar

30. Brazilia universiteti arxitektura fakultetida bir muddat ishlagan, 1907-yilda tug‘ilgan insonni toping.

Javob: Oskar Nimeyer

40. Charchagan va ketmoqchi bo‘lsangiz ham, 1992-yil tug‘ilgan, “el-ruso” laqabli sportchining ism-familiyasini ayting.

Javob: Yeltsin Texeda (Futbolchiga Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsin sharafiga ism berilgan)

50. Asli polshalik bo‘lgan BU inson 2016-2018-yillarda Peru prezidenti vazifasini bajargan. Uning “ko‘cha hayot” sistemasida yashagan yoki yo‘qligi noma’lum.

Javob: Pedro Kuchinski/Kuchinski

 

4. Matritsali -BER-

 

10. Qadimgi germanlar ayiq boshli ilohni SHUNDAY atashgan.

Javob: Ber

20. 1913-yillarda shahar konsepsiyasi yaratilganda undagi eng muhim detallardan biri tabiiy yashillikni ta’minlash uchun daraxt va butazorlarni ko‘paytirish bo‘lgan, shu sabab BU shahar mahalliy aholi tilida “bush capital” deb ham ataladi.

Javob: Kanberra

30. Javobda bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘z.

U Semyon Dejnyov va Uels Shahzodasini ajratib turadi deyish mumkin.

Javob: Bering bo‘g‘ozi

40. Amerikalik o‘zining mashhur asari yaralishiga “Romul va Rem” haqidagi afsonalar sabab bo‘lganligini ta’kidlasa ham tanqidchilar aslida u Redyard Kiplingdan g‘oya o‘g‘irlaganini aytishadi. Amerikalikni toping.

Javob: [Edgar] Berrouz (Tarzan haqidagi asarlar muallifi)

50. 1883-yil San-Fransiskoda tug‘ilgan BU insonning nevarasi har yili oson amallarni cheklangan urinishlar orqali yechish bo‘yicha turli musobaqalar o‘tkazib kelmoqda.

Javob: [Rub] Goldberg (Goldberg mashinasi - har qanday oson amalni qiyin yo‘llar bilan yechib beradigan moslama)

 

Final.

 

1. Jeyson Stetxem va Chak Norrisdan aforizmlar

2. Rus estradasida ayollar

3. Initsial K.K.

4. Yulduzli mavzu

5. Unlilar faqat A

6. Matritsali -GOR-

 

1. Jeyson Stetxem va Chak Norrisdan aforizmlar.

 

10. Ular meni cho‘kib ketdi deb o‘ylashdi, lekin men UNDA ekanligimdan xabarlari yo‘q edi.

Javob: Suvosti kemasi

20. Hech qachon taslim bo‘lmang, o‘z orzularingiz tomon intiling, agar, mabodo qiyinchilikka duch kelsangiz, shunchaki .....! Aforizmni davom ettiring.

Javob: Taslim bo‘ling

30. Hayotda doim ikkita yo‘l bor... Aforizmni davom ettiring.

Javob: Biri birinchi yo‘l, ikkinchisi ikkinchi yo‘l.

40. Agar Chak Norris Uill Smitning xotini haqida hazil qilsa, Uill Smit o‘rnidan turib... Aforizmni davom ettiring.

Javob: Xotiniga tarsaki tushiradi

50. Javobda ikki so‘z.

Chak Norrisning pulsi UNDA o‘lchanadi.

Javob: Rixter shkalasi.

 

2. Rus estradasida ayollar.

 

10. 2022-yilda “Lujniki” stadionidagi “Spartak” jamoasiga aloqador barcha insonlar BU qo‘shiqchi bilan jo‘r bo‘lib uning mashhur qo‘shig‘ini birga kuylashdi.

Javob: Maksim

20. Uning Youtube sahifasida siz “Kokapella” nomli rubrikani ham ko‘rishingiz mumkin.

Javob: Klava Koka

30. Jiganning U bilan birga kuylagan qo‘shig‘ida “виски”, “зона риска”, “близко” kabi qofiyadosh so‘zlarni eshitish mumkin.

Javob: Janna Friske

40. 1974-yilda Dzerjinskda tug‘ilgan BU qo‘shiqchi, egizak ukalari tug‘ilishini eshitib beixtiyor “Ey, Xudo” deb yuborgan bo‘lsa ajab emas.

Javob: Natali (“О, боже, какой мужчина” taronasi bilan mashhur)

50. 1986-yil Moskvada tug‘ilgan qo‘shiqchi Natalya Ionova U hisoblanadi. Monosaxaridni ham U deyish mumkin.

Javob: Glyukoza

 

3. Initsial K.K.

 

10. Kibersportda “sapport” degan amplua mavjud bo‘lib, bu ampluada o‘ynaydigan o‘yinchilar ko‘pincha o‘yinda ko‘p qora vazifalarni o‘zi bajarishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu amplua o‘yinchilarini U deb ham atash mumkin.

Javob: Kulrang kardinal

20. U bo‘yicha reytingda O‘zbekiston 121- va nisbatan juda past o‘rinda bo‘lsa ham, sizni ishontirib aytamanki ushbu savol “sliv” bo‘lmagan.

Javob: Korrupsiya ko‘rsatkichi/Korrupsiya koeffitsenti

30. “Umid gullari” pazandachilik markazida siz oylik to‘lovi 500 ming so‘m bo‘lgan UNGA yozilishingiz mumkin.

Javob: Karving kurslari

40. “Dunyo sohili” ma’nosini beruvchi U Italiya bayrog‘i ostida O‘rtayer dengizi portlari aro reyslar amalga oshirgan.

Javob: Kosta Konkordiya

50. 1955-yil Mojaristonda tug‘ilgan BU inson haqidagi hazil postlardan birida, aslida Betmen Supermendan emas, BU insondan qo‘rqishi kerakligi haqida yozilgan.

Javob: Katalin Kariko (Covid19 ga qarshi samarali vaksina yaratgan bioximik)

 

4. Yulduz.

 

10. Karim Mirxodiyev, Furqat Fayziyev, Sofiya Sabitova va Dilorom Egamberdiyevalar 1996-yilgi USHBU filmda rol o‘ynashgan.

Javob: “Yulduzingni ber osmon”

20. “Sotqin” filmi orqali mashhurlikka erishgan BU aktrisa yana, Oskar mukofotiga nominatsiya qilingan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida ham rol ijro etgan.

Javob: Yulduz Rajabova

30. “Mere” unvoni fransuzchadan ona deb tarjima qilinadi. Ma’lum davrlarda ushbu unvon UNING analogi vazifasida ham ishlatilgan.

Javob: Mishlen yulduzi

40. Ilya Bachurin tomonidan yaratilgan BU realiti-shouning oxirgi g‘oliblari qatorida Guzel Xasanova, Mastang va Daniil Danilevskilarni ko‘rish mumkin.

Javob: Yulduzlar fabrikasi/Фабрика звёзд

50. UNING tarkibi chinnigul, evkalipt va yalpiz moyidan iborat bo‘lib, Vyetnamda “Kao shao vang” nomi ostida ishlab chiqariladi.

Javob: Oltin yulduz balzami / Звёздочка [Zvyozdochka]

 

5. Unlilar faqat A.

 

10. Arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab sotilganligi uchun shunday nomlangan.

Javob: Gazlama

20. Devid Tatuna o‘z performansini “qorni och rassom” deb nomlaydi va UNING yarmini tishlab oladi.

Javob: Banan (Mauritsio Kattelanning devorga yopishtirib qo‘yilgan bananini eslagan bo‘lsangiz kerak)

30. 1475-yil turklar tomonidan bosib olingan BU hududga baliqlarning ko‘pligi sabab “baliq uyi” nomi beriladi.

Javob: Balaklava

40. Gyugo asaridagi soxta shifokor bemorlarning kuygan terisini U bilan davolashi haqida mish-mishlar tarqatadi.

Javob: Salamandra

50. Javobda faqat ism.

1903-yil Buxoroning Chokar qishlog‘ida tug‘ilgan BU ayolni 1922-yil O‘ratepada bosmachilar qo‘lga tushirib uning chap qo‘li, ko‘kraklari va tilini kesib olishadi.

Javob: Mayna (Mayna Xasanova birinchi o‘zbek razvedkachi ayoli hisoblanadi)

 

6. Matritsali -GOR-

 

10. 1868-yilda tug‘ilgan U yana, Iegudiil Xlamida taxallusi ostida ham ijod qilgan.

Javob: [Maksim] Gorkiy

20. BU o‘simlikka nom tanlashda bog‘ ma’nosini beruvchi “xortus” so‘zidan foydalanishgan.

Javob: Gortenziya

30. Javob 2 so‘zda.

“O‘limga mahkum qilinganning oxirgi kuni”, “Kozetta”, “Klod Ge”. Ushbu ro‘yxatda ULAR keltirilgan.

Javob: Gyugo romanlari

40. UNGA atalgan karikaturalardan birida, o‘qituvchisi UNI fan daftarining barcha beti dengiz jangi, ya’ni “морской бой” o‘yini bilan to‘lib ketganligi uchun urushayotgani tasvirlangan.

Javob: Goratsio Nelson

50. “Jana Erminio” futbol klubi o‘yinchilari ko‘k chiziqli oq rang futbolkada maydonga tushishadi. Ushbu klub qaysi Italiya shaharchasi sharafini himoya qilishini toping.

Javob: Gorgonzola (Gorgonzola pishloqlari ko‘rinishida ham shu ranglarni ko‘rish mumkin)

Report Page