Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov BAAda chempion boʻldi

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov BAAda chempion boʻldi


Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida shaxmat boʻyicha “5th Sharjah Masters 2022” xalqaro turnir yakunlandi.

31 davlatdan 80 nafar shaxmatchi ishtirok etgan musobaqa shveytsarcha tizimi boʻyicha 9 turda oʻtkaziladi.

Turnirda Oʻzbekiston sharafini Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, Shamsiddin Vohidov va Humoyun Begmuratovlar himoya qilishdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra, ushbu xalqaro turnirda 9 turdan keyin 7 ochko toʻplagan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Natijada Nodirbek Abdusattorov musobaqa sovrin jamgʻarmasi 60 000 AQSH dollarga ega boʻldi.

Report Page