Shashka musobaqasi: 51 101 nafar yoshlar orasidan munosiblar respublika bosqichiga yo’llanma olishdi

Shashka musobaqasi: 51 101 nafar yoshlar orasidan munosiblar respublika bosqichiga yo’llanma olishdi


Samarqand viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo’yicha viloyat bosqichi musobaqasi o’tkazildi. 

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish bilan bir qatorda aqlni charxlovchi shashka sport musobaqasida mahalla, sektor va tuman bosqichlarida g‘oliblikka erishgan ishtirokchilar qizg’in va murosasiz bahs olib borishdi.

Ahamiyatlisi, viloyatdagi 1 126 ta mahallada istiqomat qiluvchi 51 101 nafar yoshlar shashka musobaqasida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tishgan edi. Bugun viloyat bosqichigacha yetib kelgan ushbu yoshlarning 96 nafari o’z iste’dod va imkoniyatlarini namoyon etishdi. 

Yakuniy natijalarga ko’ra 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasi bo’yicha 18 nafar 1-, 2-, 3-o’rinni egallagan g’olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Endilikda ular musobaqaning respublika bosqichida (“A”, “B”, “C” liga yo’nalishida) ishtirok etishadi. Musobaqa g’oliblariga diplom va sport ekipirovkalari tantanali topshirildi.

Shashka musobaqasining viloyat bosqichi g'olib va sovrindorlari nomi bilan tanishing:

16-21 yosh toifasi o’g’illar

1-o’rin Qoshrobot tumani Mirishkor mahallasi Po’latov Hurshid Omonboy o’g’li

2-o’rin Urgut tumani Mug’ol mahallasi Amirov Mehriddin Shohobiddin o’g’li

3-o’rin Kattaqo’rg’on Jonkent mahallasi Yusupob Shodiyor Mexriddin o’g’li

16-21 yosh toifasi qizlar

1-orin Jomboy ktumani Tut mahallasi Hamraqulova Sakina Sunnatullo qizi

2-o’rin Urgut tumani Mug’ol mahallasi O’lmasova Gulnoza Nozir qizi

3-o’rin Payariq tumani Beshqo’rg’on mahallasi Egamberdiyeva Madina To’rabek qizi

22-26 yosh toifasi o’g’illar

1-o’rin Ishtihon tumani Bo’ston mahallasi Hamidov Rasul Nurniyoz o’g’li

2-o’rin Narpay tumani Ipakyo’li mahallasi Raxmonov Shavkat O’tamuroq o’g’li

3-o’rin Payariq tumani Egamberdiyev Sayilboy To’rabekovich

 22-26 yosh toifasi ayollar

1-o’rin Qo’shrobot tumani Tinchlik mahallasi Primqulova Dilobar Sadivali qizi

2-o’rin Payariq tumani Farovon mahallasi Kipchakova Durdona Baxtiyorovna

3-o’rin Paxtachi tumani Suluvqo’rg’on mahallasi Berdiyeva Lutfiya Alisherovna

27-30 yosh toifasi o’g’illar

1-o’rin Paxtachi tumani Hunarmand mahallasi Murtazayev Asror Abdug’afarovich

2-o’rin Samarqand shahar Yangi hayot mahallasi Axmatqulov Shuzrat Obidovich

3-o’rin Ishtixon tumani Boytubi mahallasi Hafizov Umidjon Alibek o’g’li

27-30 yosh toifasi ayollar

1-o’rin Ishtixon tumani O’zbekiston mahallasi Bobomurodov Muhabbat Shopo’lat qizi

2-o’rin Samarqand shahar Maxsud shayxzoda mahallasi Xakimova Sabrina Olimovna

3-o’rin Payqriq tumani Do’slarobod mahallasi Isakulova gulrih Muhiddinovna

Report Page