"Sharqona lotto" lotereyasi "36 dan 6" o'yinida tizimli kombinatsiya bo'yicha ma'lumot

"Sharqona lotto" lotereyasi "36 dan 6" o'yinida tizimli kombinatsiya bo'yicha ma'lumot


Tizim bo‘yicha o‘ynaganda (1 dona kombinatsiyada 6 tadan ortiq son tanlagan bo‘lsangiz) Sizning yutish ehtimolingiz oshib boradi, yutuq summasi esa quyi kategoriyalar hisobiga ortib boradi. Kutilayotgan yutuq hisobini quyidagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkin.

O‘yinda bitta kombinatsiyada tanlangan raqamlar soniga (tizimli kombinatsiya) nisbatan yutuq summasini hisoblash jadvali.

Tizimli kombinatsiya belgilashning afzalliklari:

a) 10 ta raqam belgilab 4 ta raqam topilganda yutuq summasi 15 ga ko'paytiriladi.

Misol uchun, oddiy kombinatsiyada 100 000 so'm yutib olinsa, tizimli kombinatsiyada 100 000 * 15 = 1 500 000 so'm yutib olinadi

b) 7 ta raqam belgilab 5 ta raqam topilganda: 5 talik topilgan yutuq summasining 2 barobari va 4 talik topilgan yutuq summasining 5 barobarining yig'indisi bo'ladi.

Misol uchun, oddiy kombinatsiyada 800 000 so'm yutib olinsa, tizimli kombinatsiyada 800 000 (beshtalik topilgan yutuq) * 2 + 100 000 (to'rttalik topilgan yutuq) * 5

d) 9 ta raqam belgilab "Jackpot" yutilganda: "Jackpot" summasi, 5 talik topilgan yutuq summasining 18 barobari hamda 4 talik topilgan yutuq summasining 45 barobarining yig'indisi.

Misol uchun, oddiy kombinatsiyada "Jackpot" yutilganda faqat shu "Jackpot" summasi berilsa, tizimli kombinatsiyada 1 000 000 000 ("Jackpot" summasi) + 800 000 (5 talik topilgan yutuq summasi) * 18 + 100 000 (4 talik topilgan yutuq summasi) * 45


Report Page