Sharif shahar taomlari! 

Sharif shahar taomlari! 


Barchamizga ma'lumki, jannatmakon yurtimizdagi har bir viloyatning o'ziga xos bo'lgan urf-odatlari bo'lishi barobarida, har bir taomning tayyorlanish uslubi ham o'zgachadir. Viloyatimizda davom etayotgan festival doirasida "Buxoroning shohona taomi" ko'rik tanlovi ham o'tkazilmoqda. Ushbu tanlovda viloyatdagi tumanlar o'zlari tayyorlab kelgan taomlari bilan qatnashishmoqda. Ta'kidlash joizki, taomlarining nomi bir xil bo'lsada ularning tayyorlanish uslubi, ko'rinishi va mazasi bir- birini aslo takrorlamasligini festivalga yig'ilganlarning bergan bahosidan ham bilish mumkin.

Bir qarashda ko'rinishi bilan ishtahangizni ochuvchi sharif shahar taomlari nafaqat viloyatimiz aholisini balki, chet el sayyohlarini ham befarq qoldirmadi. 

- Bugungi festivalda biz G'ijduvon tumanimiz oshpazlik usuliga xos tarzda tayyorlangan taomlar bilan ishtirok etayapmiz. Muhimi, tanlovda g'oliblik emas, balki, yig'ilganlarga mehr bilan tayyorlagan taomlarimiz yoqishidadir -deydi oshpaz Ozoda Aminova 

Tashkil etilgan tanlov esa davom etmoqda!

Umida Olimova



Report Page