Sharbat gigantlari doimiy mijozlarini yo‘qotishmoqda

Sharbat gigantlari doimiy mijozlarini yo‘qotishmoqda


Brend boshqaruvida har doim xatolar sodir bo‘lgan, ammo raqamli davrda jamoatchilikning noroziligi har qachongidan ham tezroq o‘sishi mumkin.


Muvaffaqiyatsiz Brend boshqaruvi kuchli reaksiyaga sabab bo‘ladi. Ba'zi odamlar aldanganini his qilishlari va mahsulot o‘zining qiymatini yo‘qotdi deb o‘ylashlari mumkin. Boshqalar esa aksincha, ulkan kompaniyaning tubsizlikka qulashini xursandchilik bilan tomosha qilishadi.


Ammo brend boshqaruvining muvaffaqiyatsizligi haqidagi gaplar faqat g‘azablangan namoyishlar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvli axborotlarga bogʻlangan emas. Kompaniyalar o‘z strategiyalariga ishonishgan va ba’zida ularga millionlab dollar sarflashgan.


Quyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan misollardan birini ko‘rib chiqamiz. 


Mahsulot qadoqlarini o‘zgartirish odatda juda xavfsiz qadam hisoblanadi. Ammo Tropicana brendining muvaffaqiyatsizligi ularga 50 million dollarga tushdi. Kompaniyaning eng yaxshi apelsin sharbati har doim qadoqdagi trubochka va apelsin tasviri bilan ajralib turardi. Kompaniya yondashuvni o‘zgartirishga qaror qildi. Endi ular shaffof stakanda sharbatning o‘zini namoyish qilishdi, qopqog‘i esa kichik apelsinga o‘xshay boshladi. Ularning shiori sharbatning 100% tabiiyligini ta’kidlash edi. Ushbu o‘zgarish o‘zlarining sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan iste’molchilarni jalb qilishga qaratilgan edi. Ammo xaridorlar yangi qadoq arzonroq ko‘rinishni boshlaganini payqashdi (bu, ehtimol, "premium" ichimlik g‘oyasi unchalik aniq ko‘rinmagani bilan kuchaygandir). Bundan tashqari, ko‘p odamlar sharbatni apelsin va unga kiritilgan trubochka bilan bog‘lashgan. Bir vaqtning o‘zida bir nechta dizayn elementlarining o‘zgarishi Tropicana’ning maqsadli auditoriyasini chetlashtirishiga olib keldi. Savdo 20%ga kamaydi va kompaniya tez orada o‘zining asl dizayniga qaytdi.



Report Page