Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar!

Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar!

Bir_murojaat_izidan

“Deydilar, dunyoda asli kim Aziz, Aytdilar ustozdir, ustoz begumon, Tag‘in aytdilarki, Aziz shubxasiz,Ustozlar qadriga yetolgan inson.”

Chust tuman adliya bo‘limi tomonidan bir necha fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish davomida o‘qituvchi hodimlarining mehnat qonunchiligida belgilab berilgan huquqlari buzilganligi aniqlandi.

Chust tumandagi 6-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab binosida
Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashkil etish to‘g‘risida”gi 2022-yil 8-avgustdagi 491-6-89-Q/22-sonli qaroriga asosan Chust tumandagi 6-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabi tugatilib uning binosida Prezident ta’lim muasssasalari agentligi tizimidagi Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilganligi aniqlandi.

Biroq, o‘rganish davomida o‘qituvchi xodimlarga mehnat shartnomasi bekor qilinganganligi munosabati bilan foydalanilmagan barcha yillik asosiy ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanmaganligi aniqlandi.

Mazkur murojaatlarni o‘rganish davomida o‘qituvchi xodimlari manfaati yuzasidan to‘lanmagan foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya haqlarini undirish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, 55 nafar xodimlarga 95 mln so‘m foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya undirishga erishilib, o‘qituvchi xodimlarining buzilgan huquqlarini tiklanishi ta’minlandi.

Chust tuman adliya bo‘limi




Report Page