Shanxay hamkorlik tashkiloti(ShHT).

Shanxay hamkorlik tashkiloti(ShHT).

Afzalbek Kamalbayev l Yosh Siyosatchilar Ligasi

Shanxay hamkorlik tashkiloti - iqtisodiy va xavfsizlik bo'yicha mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Bu tashkilotning yuzaga kelishi Sovet ittifoqi parchalanganidan keyin o'zaro chegaradosh bo'lgan davlatlarning "Shanxay beshligi" deb nom olgan platformasi orqali vujudga kelgan. 1996-yili Shanxay shahrida o'zaro bir-biriga chegaradosh bo'lgan mintaqaviy davlatlar Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston "Shanxay beshligi"ni tashkil qiluvchi hujjatga qo'l qo'yishadi. ShHT ning 2000-yildagi Dushanbe(Tojikiston) sammitida O'zbekiston birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Dushanbe sammitida turli yo'nalishdagi tarmoqlarga ega bo'lgan xalqaro mintaqaviy tashkilot tuzish taklifi ilgari surildi. 2001-yil iyun oyida tashilot maqsad va prinsiplari tasdiqlangan deklaratsiya qabul qilindi. 2001-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga asos solindi.

O'zbekiston Respublikasi ham tashkilot ta'sischisi bo'ldi. Bundan tashqari tashkilot o'sha payti, separatizm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash bo'yicha konvensiya qabul qildi. 2002-yil Rossiya federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi sammitida ShHT xartiyasi - ustav hujjatiga imzo qo'yildi. ShHT ning doimiy ishlovchi kotibiyati, ya'ni shtav kvartirasi Pekin(Xitoy) shahrida joylashgan.

Bugungi kunda ShHTga 9ta davlat a'zo. Bular Rossiya federatsiyasi, Xitoy, Eron, Hindiston, Pokiston, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikistondan iboratdir. Shuningdek tashkilotda kuzatuvchi sifatida ishtirok etuvchi davlatlar ham bor. Bular Afg'oniston, Mo'g'uliston va Belorus. ShHT da muloqot bo'yicha hamkor sifatidagi davlatlar ham bor. Ular Turkiya, Ozarbayjon, Shri-lanka, Nepal, Kambodja va Armaniston.

ShHT ning Oliy organi - Davlat rahbarlari kengashidir. Bundan tashqari, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari kengashlari ham faoliyat yuritadi.

Report Page