Shakarli olmali pirog

Shakarli olmali pirog

Artikov Admin

Bizning saytimizda olmali piroglar retseptlari juda ko’p, ammo biz bu safar aynan shu retseptga tayanib olmali pirog tayyorlab ko’rishingizni maslahat beramiz. Ushbu pirogni hattoki tajribasiz pazanda ham tayyorlay oladi.

Bunday pirog oilaviy choy ichishlar uchun ayni muddao bo’la oladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 Masalliqlar:

Portsiya:   

180 gramm un
200 gramm shakar 
110 gramm sariyog' 
3-4 ta olma
150 millilitr sut
10 gramm qabartma (razrixlitel)
ta'bga ko'ra maydalangan dolchin
bir chimdim tuz
1 ta tuxum

Qadam 1

22 smli qolipni yog'lab, un sepamiz. Gaz pechini 180 C darajada qizdiramiz.

Qadam 2

Olmalarni yuvib, o'rtadagi o'zagidan ajratamiz, po'stnini shilmaymiz.

Qadam 3

Unni qabartma bilan aralashtiramiz.

Qadam 4

Tuxumni 150 gramm shakar bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 5

50 gramm yumshagan sariyog' solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 6

Ko'pirtirishni to'xtatmagan holda sut solamiz.

Qadam 7

Ushbu aralashmaga qabartmali unni elakdan o'tkazib solamiz. Yaxshilab aralashguniga qadar aralashtiramiz.

Qadam 8

Xamirni qolipga solib, tekkislaymiz. Xamirning qavati 2-2,5 smdan oshishi kerak emas.

Qadam 9

Olma bo'laklarini xamir ustiga tiqib, terib chiqamiz. Olmalar qancha ko'p bo'lsa, pirog shuncha mazali chiqadi.

Qadam 10

Ustiga qolgan shakarni (50 gr) sepib, ta'bga ko'ra dolchin ham sepamiz. Pirog ustiga qolgan sariyog'ni ham (60 gr) to'rtburchak shaklida to'g'rab, qo'yib chiqamiz.

Qadam 11


Gaz pechiga usti qizargunicha tahminan 30-40 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

@Uzbek_Taomlari

Manba

Report Page