“Shahrisabz” turistik markazida tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarildi

“Shahrisabz” turistik markazida tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarildi

EconomyMoliyaPress

Germaniyaning ECM Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan master-rejaga muvofiq, “Shahrisabz” turistik markazi “Miraki” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10 ta lotdan iborat umumiy maydoni 10 gektarga yaqin yer uchastkalari master-reja asosida auksion savdolariga chiqarildi.

Auksion savdolariga chiqarilgan lotlarning faoliyat turi Turistik markazda zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obyektlari, jumladan, mehmonxonalar, mehmon uylari, sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar markazlardan iborat.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-376-sonli Qaroriga muvofiq, auksion savdolarida qatnashib, g‘olib deb topilgan tadbirkorlarda umumiy to‘lovni 10 yil mobaynida bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. 

Shuningdek, “Shahrisabz” turistik markazini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida auksion savdolariga chiqarilgan lotlarni bog‘lovchi “Oq daryo” bo‘ylab 10 km zamonaviy velo va piyodalar yo‘lagi qurilish ishlari boshlandi.

Shahrisabz tumani infratuzilmasini rivojlantirish va tashrif buyuruvchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida hududda o‘tgan ikki yil mobaynida bir qator qurilish ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 110 mlrd so‘m budjet mablag‘lari hisobidan 126 km avtomobil yo‘li ta’mirlandi, 10 km ichimlik suvi tarmog‘i va 84 km elektr tarmog‘i tortildi, 16 ta transformator o‘rnatildi, 5,1 km oqova suv tarmog‘i hamda 1000 m³ sig‘imli suv tozalash inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.

Auksion savdolariga chiqarilgan lotlar bilan ushbu va quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
"E-AUKSION" || №8495184 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495184
"E-AUKSION" || №8495179 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495179
"E-AUKSION" || №8495181 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495181
"E-AUKSION" || №8495177 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495177
"E-AUKSION" || №8495178 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495178
"E-AUKSION" || №8495186 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495186
"E-AUKSION" || №8495185 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495185
"E-AUKSION" || №8495182 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495182
"E-AUKSION" || №8495183 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495183
"E-AUKSION" || №8495180 - sonli lot haqida ma’lumot: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=8495180


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati



Report Page