Shahrisabz tumani hududida “Shahrisabz” turistik markazi tashkil etiladi

Shahrisabz tumani hududida “Shahrisabz” turistik markazi tashkil etiladi

EconomyMoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–376-son qaroriga muvofiq Shahrisabz tumani hududida “Shahrisabz” turistik markazi tashkil etiladi.

“Shahrisabz” turistik markazi “Miraki”, “Amir Temur”, “Uloch” va “Polmon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo‘lgan yer uchastkasidan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqilgan master-rejaga asosan Turistik markazda zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obyektlari, jumladan, mehmonxonalar, mehmon uylari, sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar markazlar joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, dam oluvchilarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2024–2025-yillarda Turistik markazda uchta zamonaviy mehmonxona kompleksi, ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo-ko‘ngilochar markazlar, ochiq turdagi avtoturargoh hamda dor yo‘li barpo etiladi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page