Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanovning 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanovning 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Shahrisabz tuman hokimligi



Muhtaram o‘qitivchilar! Qadrli ustoz-murabbiylar!

 

Siz, azizlarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. 

Xalqimizda azal-azaldan ustozlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning ilmu-ziyosidan bahramand bo‘lish o‘ziga xos qadriyatga aylangan. Birgina Shahrisabz farzandi, ulug‘ jahongir Sohibqiron Amir Temur bobomiz o‘z qabrini ustozi Mir Said Barakaning poyiga qo‘ydirib, butun insoniyatga ustozning qadri, uning naqadar buyuk va e’tiroflarga loyiq ekanini o‘tgan necha asrlardan buyon ta’kidlab kelayotgandek, go‘yo.

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan purma’no g‘oyani ilgari surdilar. Bu yo‘lda dastlabki ishlari o‘qituvchi va murabbiylarning sha’ni, qadr-qimmatini yuksak maqomga ko‘tarish, oylik maoshlarini oshirish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdan boshlandi. 


 Aziz o‘qituvchilar!

Siz inson hayotining me’morisiz. Siz insoniyatni ezgulikka chorlovchi mayoqsiz. Shuning uchun ham barchamiz umrimiz mazmuni, ko‘zimizning oqu-qorasi bo‘lmish farzandlarimizni sizlarga ishonib topshiramiz. Ularning ta’lim-tarbiyasida sizlardan madad so‘raymiz. Barchangizga ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ham ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi nufuzi oshib bormoqda. Munosib turmush sharoiti yaratilib, ta’lim berishlari uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. 

Xususan, Shahrisabz tumanida ham maktabgacha ta’lim va ta’lim tizimida olib borilgan ishlarni ta’kidlab o‘tishni joiz, deb bildim.


Tumanimizda 84 ta umumta’lim maktablari hamda davlat, xususiy va oilaviy 308 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Boshlanayotgan 2024-2025-o‘quv yilidan umumta’lim maktablari soni 85 taga yetkaziladi. 

2019-2020-o‘quv yilida 2706 nafar bitiruvchidan 456 nafari, ya’ni 16 foizi Oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lgan bo‘lsa,

2023-2024-o‘quv yilida 2424 nafar o‘quvchidan 1091 nafari,

ya’ni 45 foizi oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishdi. 

Birgina, tumandagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvsi Ulug‘bek Karimov sinf rahbarlik qilgan 11-sinf o‘quvchilaring barchasi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindi. 


2020-2021-o‘quv yilida 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadalari viloyat bosqichida 5 nafar o‘quvchilar va 2 nafari Respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2023-2024-o‘quv yilida

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadalari viloyat bosqichida 9 nafar o‘quvchilar va 6 nafari Respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

5-bog‘cha tarbiyachisi Sohibova Gulasal Zokirovna “Yilning eng yaxshi ijodkor ixtirochi tarbiyachisi” Respublika bosqichida faol ishtirok etib, “Yil tarbiyachisi” nishoni bilan taqdirlandi.


Yoshlarimiz sport olimpiada o‘yinlarining Respublika bosqichida “Xontepa” mahallasidan Choriyeva Karomat “Kurash” sport turidan 1-o‘rinni, sportning “Stretworkout” turi bo‘yicha “Bog‘ishamol” mahallasidan Ibragimov Shahzod 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ularning jahon olimpiadalariga ham qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashlariga tilakdoshmiz.

Shuningdek, “Yoshlar ovozi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida 4 nafar yoshlarimiz, sportning “Shashka” turidan

1 nafar va Armlesting yo‘nalishida 1 nafar yoshlarimiz faxrli o‘rinlarni egallashib, Respublika bosqichlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi. 

Qolaversa, kuni kecha 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Botirov "Xalq ta'limi fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


To‘g‘ri, sohada erishayotgan yutuqlarimiz barchamizning ko‘nglimizni tog‘dek ko‘taradi, qalbimizga iliqlik bag‘ishlaydi. Bu natijalar siz aziz, ustoz murabbiylarning mehnatingiz samarasidir. Zero, 20 asr o‘zbek she’riyatining yirik namoyandasi Abdulla Oripov “Sizdan boshlanadi asli tafakkur” deya e’tirof etgani bugun sizning qiyofangizda yanada mazmun kasb etmoqda. 

 

Insoniyatni ilmu-ma’rifat sari chorlashdek ezgu ishlaringizda Ollohning o‘zi hamisha madadkor bo‘lsin, aziz ustozlar!


Samad Hasanov,

Shahrisabz tuman hokimi


Report Page