Shahrisabz shahar filiali hafta ichida
qashkadastrpressShahrisabz shahar filiali rahbari 25-28-aprel kunlari oralig'ida filialda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari haqida ma'lumot berdi.
1) Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz shahar filialiga 25-28-aprel kunlari oralig'ida 6 ta noturar binoga, 27 ta yakka tartibdagi turar-joyga, 1 ta yer uchastkasiga kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 34 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur arizalar asosida 15 ta yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.
2) Shuningdek, filalimiz tomonidan 25-apreldan 28-aprelgacha 0.15 gektarga teng 6 ta bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.Ushbu haftada 0.02 gektarga teng 3 ta bo‘sh yer uchastkalari auksion savdosida tadbirkorlarga sotildi.
Bundan tashqari, ko'chma savdo joylarini tashkil etish maqsadida 0.03 gektarga teng 10 ta bo'sh yer maydonlari aniqlanib,“K-SAVDO” tizimiga kiritildi.
3) Obyektni ixtisosini o'zgartirish va rekonstruksiya qilish bo'yicha esa filialimizga 1 ta murojaat bo'ldi. Mazkur murojaat ayni paytda o’rganilmoqda.
4) Turar va noturar obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo'yicha esa 18 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 11 tasi ijobiy hal etilgan bo'lsa, qolgan murojaatlar ayni paytda o'rganib chiqilmoqda.
5) Hafta davomda “YERXUSUSIYLASHTIRISH” tizimiga fuqarlarning nomida bo'lgan hovli uylar joylashgan yerlarni xususiylashtirish masalalariga oid 2 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar o'rganilib, qonuniy meyorlarga mos keladigan 1 ta arizalar bo'yicha yer uchastkalarining xususiylashtirilishi bo'yicha ijobiy xulosa berildi. Qolgan 1 ta murojaat o'rganilmoqda.
6) Filialimiz arxivida saqlanayotgan 120 ta ko'chmas mulkka oid qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi.
7) Hafta davomida yer ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, nizoli masalalar va SO’ROVNOMALAR bo'yicha kelib tushgan jami 7 ta murojaatlardan 4 tasi kadastr xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va 3 ta murojaat ijobiy hal etilgan bo'lsa, 1 ta murojaat bo'yicha vakolat doirasida huquqiy tushuntirsh berildi. Ayni paytda 3 ta murojaat o'rganish jarayonida.
8) Mas'ul xodimlar tomonidan Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan ko’chmas mulklarga oid 80 dan ziyod kamchiliklar bartaraf etildi.
9) Bir hafta ichida Uz kad dasturiga shahar hududidagi 53.74 gektar yer maydoni hisobga olindi va davlat ro’yxatidan o’tkazildi.