Sevib qoldingiz! Mana, buning 15 isboti!

Sevib qoldingiz! Mana, buning 15 isboti!

Kamol To'xtayev

1. Kardiogramma natijalariga ko`ra, yuragingiz urishi o`zgargan. Bu o`zgarishga kasallik emas, balki kimdir sababchi.

2. Xayolan o`z familiyangizdan voz kechib, ismingiz «u»ning familiyasi bilan qanday jaranglashini takror va takror o`ylayverasiz.

3. Ijtimoiy saytlarga tez-tez kiradigan bo`lib qolgansiz. Har kirganingizda «u»ning profillarida mehmon bo`lmasdan ketolmaysiz. Vaziyat shu darajadaki, “u” haqidagi ma`lumotlarni uyqudaligingizda so`rashsa ham aniq aytib bera olasiz.

4. Har ehtimolga qarshi shkafingizdagi uchta eng-eng chiroyli, bejirim ko`ylaklarni yuvib, dazmollab qo`ygansiz. Birinchi, ikkinchi va uchinchi uchrashuvlarga tayyor turishni ma`qul ko`rgansiz, shundaymi?

5. Melodrama janridagi filmlar, romantikaga boy asarlarga befarqligingiz qaerda qoldi? Endi esa ularni ertadan kechgacha tomosha qilishdan, o`qishdan charchamayapsiz.

6. Internetda o`tirib «u»ning ismi yonidagi ICQ belgisi qachon yashil rangda yonishini kutishdan charchamasligingizga tasanno.

7. Sizga o`z ishi bilan qo`ng`iroq qilgan yaqin dugonangizga bir soat davomida faqatgina bir mavzu, “u” haqida tinmay gapirasiz. Xayrlashish oldidan esa aslida nimaga qo`ng`iroq qilganini so`rashingizga dugonangiz o`rganib qolgan bo`lsa kerak?

8. Har doimgidan ertaroq uyg`onib, pardoz, turmak va kiyimlaringizga ko`proq vaqt ajratyapsizmi? To`g`ri-da, axir “u”ni har daqiqada uchratib qolish ehtimoli bo`lsa.

9. “U” yoqtirgan musiqa guruhining hamma qo`shiqlarini erinmay birma-bir eshitib chiqdingiz, to`g`rimi? Qoyil!

10. Nutqidagi har bir so`z, hattoki, “Salom” ham siz uchun xuddi hushomaddek tuyuladi.

11. Jurnal yoki gazetani qo`lga olishingiz bilan, eng avvalo, uning burji uchun berilgan munajjimlar bashoratiga ko`z yugurtirib, o`zingizniki bilan bog`lashga harakat qilasiz.

12. Uzoq o`ylab aniq bir qarorga kelgansiz: tug`ilgan kuniga va tanishgan kuningizning bir yilligiga nima sovg`a olishni rejalashtirib qo`yganingizga ancha bo`ldi.

13. Qisqagina suhbatingiz davomida “Ko`rinishim qanday?” degan savol miyangizda tinimsiz aylanishidan hayronmisiz?

14. Biron tadbir yoki kechada uni uchratib qolsangiz, tinchligingiz yo`qoladi. “Salomlashaymi yoki yo`q? Oldiga borsammikan? Yoki meni ko`rib qolishini kutaymi? Meni ko`rgani bilan raqsga taklif qilarmikan? Balki u meni haqimda umuman o`ylamayotgandir!» degan xayollar sizni qiynaganidan o`zingizni qayerga qo`yishni bilmaysiz.

15. Sevgi-muhabbat borasida gap ketganda, dugonalaringizni “oh-voh”lariga ensa qotirib o`tirishlaringiz qayerda qoldi?

Report Page