Sevgi
Hormatli Osho, hayotimda bir necha bor sevgiga duch keldim, lekin bu tajriba doimo umidsizlik va hafsalasizlik bilan birga kelgan. Nega bunday bo'ladi?
Javob:
Sevgi deyarli noma'lum hodisa hisoblanadi.
Demak, siz bunday narsaga tayyor emas ekansiz va shuning uchun bu o‘yinga bormasligingiz kerak.
Sevgi juda kamdan kam hollarda sodir bo‘ladigan tajriba;
Shunday ekan, o‘zingizni nikoh deb atalgan tuzoqqa solmang. Sevgi deya yurakka quyilgan ishtiyoq bu sizning orzuyingiz holos.
Bu sizning yolg‘izlikdan qo‘rqishingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Siz o‘zingizni yolg‘iz va bo‘sh his etasiz.
Va o‘zingizni boshqa birov bilan to‘ldirishni istaysiz.
Ammo hech kim boshqasini o‘zi bilan to‘ldira olmaydi.
Shuning uchun ham, oxir-oqibatda siz umidsizlikka uchrab qolaverasiz.
Sizning sevgi deb atalgan tajribangiz umidsizlikka olib keladi, bu tabiiy holat.
Vu "Sevgiga" tushganda nima bo‘ladi?
Siz hayol qilishga tushasiz va ko‘p narsani kutishni boshlaysiz.
Shu sababga ko‘ra umidlar umidsizlikka aylantiriladi.
Bu asrimizdagi yangi hodisa hisoblanadi.
Bu G‘arbda Sharqqa nisbatan ko‘proq uchraydi.
Sharqiy odamlar - sevgi haqida ancha realistlar.
Shuning uchun ular umidsizlikka tushmaydilar.
Ular hech qachon sevgidan ko‘p narsani kutishmaydilar.
Nimadan ularning hafsalasi pir bo‘ladi?
Sharqda avval nikoh qurib keyin birga yashay boshlaydilar. So‘ng ular sekin-sekin bir-birlariga yaqinlashishadi va aloqa qilishadi.
Ular bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qiladilar va shu tariqa ularning o‘rtasida ma'lum bir sevgi paydo bo‘ladi.
Lekin ular orasida ishqiy munosabatlar yo‘q, shuning uchun ularning hafsalasi pir bo‘lmaydi.
G'arbda odamlar birinchi sevib qolishadi.
Va sevgi odamlarni aqldan ozdiradi.
Bu gormonal kasallik - tanada ro'y beradigan kimyoviy jarayonga o'xshaydi siz esa buni sevgi deb ataysiz.
Uning kuchli ta'siri ostida siz giyohvand moddalar ostida qolgandek bo'lasiz...
Aslida, bu shunday.
Bu dori tanangizning gormonlari tomonidan ishlab chiqariladi va siz buni bilmaysiz.
Dori haqida faqat ukol qilganda xabardor bo‘lasiz,
Lekin gormonal sekretsiya tirik organizmning hayotiga va organizmga modda ishlab chiqaradi.
Tabiat sizdan ko'payish uchun foydalanadi. O'ylab ko'ring:
Agar sizda sevgi va ko'payish uchun ishtiyoq va yoqimli hislar bo'lmasa, kim va qanday turtki bilan nasl qoldirgan bo'lar edi?
Dunyo to'xtagan bo'lar edi.
Tabiat sizni e'tiborga olmagan.
U tanaga gormonlarni bosqichma-bosqich qo‘shishni sozlashda dasturlashtirilgan va shunday qilib, siz birdaniga hayol qilishga tushasiz va kichik narsalari kattalashtirib, muhim deb hisoblaysiz.
Sevgida ham shunday bo‘ladi.
Odamlar bizning hayotimizda kichik narsalardan katta tog'lar yasashadi va hayotida achchiqlanish boshlanadi.
O'sha dori ta'sirida bo'lganingizda, hamma narsa chiroyli ko'rinadi.
Shuning uchun "sevgi tuzog‘iga tushish" ifodasi dunyoning barcha tillariga kiritilgan.
Bu vaqtda siz onglilikdan chiqib ketasiz va uni yo‘qotasiz.
Siz deyarli mast bo'lasiz, oddiy ayol sizga farishtadek go'zal ko'rinadi.
Va oddiy erkak sizga Gerkulesdek jasur ko'rinadi.
Hamma narsa juda muhim va katta tuyuladi.
Bu esa sizning xayollaringizning aksidan boshqa narsa emas. Oxir-oqibat siz haqiqatga duch kelasiz va Gerkules va Kleopatra sizning ko'zingizga tushadi siz esa o'zingizni oddiy ayol yoki erkak bilan ekaningizni ko'rasiz va o'zingizdan so'raysiz, bu yerga qanday qilib kelib qoldingiz? Nima uchun bu erdasiz?
Va agar bolalaringiz atrofingizda o'ynayotgan bo'lsa, demak ishingiz tugadi!
Va ular sababli siz bir-biringiz bilan birga bo'lishga majbursiz.
Endi Gerkules va Kleopatra endi yo'q sizlar esa ahmaqona ko'rinadigan oddiy odamga o'xshaysizlar
Bolalaringiz bor va ular ta'lim-tarbiya olishi kerak, siz birga qolasiz. Va ertami-kechmi, ular ham sizning uslingizga amal qilishadi.
Kutgan umidingiz juda yuqori edi.
Siz hafa bo'lasiz va umidsizlikka tushasiz.
Bu mavzuni diqqatga oling.
Osho
@Paruk_Pilo