Sevastopоl davlat universiteti budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi - Oʻzbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sevastopоl davlat universiteti budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi - Oʻzbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

MoliyaPress

“Vatanimga byudjet sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida oʻz oʻrnimni topganim, shuningdek xorijda toʻplagan bilim va tajribalarimni ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarida foydali boʻlishi men uchun katta baxt, deb hisoblayman”

Yunusov Moxir Muratjanovich 1981 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2001 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bakalavr, 2002 yilda Germaniyaning Bremen universitetini magistr darajalarini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

        Mexnat faoliyatini 2003 yilda Germaniyaning Berlin shahridagi telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish boʻyicha T-Systems Nova GmbH, Entwicklungszentrum korxonasida stajer sifatida boshlagan.

      Moxir Yunusov Oʻzbekiston va xorij banklarida faoliyat yuritgan, xususan O’zbekistonning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida yetakchi, bosh mutaxassis hamda Kaliningrad shahridagi “Sankt-Peterburg Yevropa banki” filialida yetakchi va katta mutaxassis lavozimlarida tajriba orttirgan. Bundan tashqari  Rossiya Federatsiyasining nufuzli universitetlarida Iqtisodiyot va moliya departamenti boshligʻi, shuningdek, budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi kabi rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan.

  Hozirga qadar Moxir Yunusov Sevastopel davlat universiteti budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.



Report Page