Seulda Alisher Navoiy haykali o'rnatildi

Seulda Alisher Navoiy haykali o'rnatildi

Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi arafasida Seul shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy hayk…


Seulda Alisher Navoiy haykali o'rnatildi

Bugun, 16-dekabr kuni Seul shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o'rnatildi.

Koreya Respublikasi poytaxtida atoqli bobomiz xotirasiga o‘rnatilgan haykalning ochilish marosimi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga davlat tashrifiga bag‘ishlandi.

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, O‘zbekiston parlamenti deputati Viktor Pak, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etdi. 

Marosim ishtirokchilari ilk bor ulug‘ Navoiyning yangi haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.


Ma’lumot uchun, shu kungacha Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori Sharif, O‘sh va Dushanbe shaharlarida Alisher Navoiyga haykallar o‘rnatilgan.





Report Page