Sessiya

Sessiya

Dilnoza Baxtiyorovna
Joriy yilning 27-avgust kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o'ttiz to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya ishida tuman hokimi Sherzod Salixov, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiya kotibligiga 24-Eski Toshkent saylov okrugidan saylangan deputat Laziza Sobirjonova saylandi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Miryakubovning hisobotlari hamda doimiy komissiya raisi S.Axmedovaning axboroti eshitildi.

Mazkur masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raislarining xulosalari o‘qib eshittirildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Farxod Ibragimov, Surayyo Axmedova, Asqar Baxramov, Davron Teshaboyev, Olimjon Dadajonov, Olimjon Isoqovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida sessiya kotibi Laziza Sobirjonovaning axboroti eshitildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi

Report Page