Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

MoliyaPress

2021-yil 9-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (АССА, Association of Chartered Certified Accountants) bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi O'zbekistonda buxgalteriya-auditorlik kasbini rivojlantirishda hamkorlikni davom ettirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish edi.

Hozirgi kunda respublikada Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) va auditning xalqaro standartlari (AXS) sohasida amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan yetarli miqdordagi professional buxgalterlar va auditorlar yetishmaydi.


Shuning uchun, Moliya vazirligi xalqaro ekspertlar va buxgalterlar jamoat birlashmalari ishtirokida buxgalteriyalarni xalqaro sertifikatlash doirasida bu sohada mutaxassislar maksimal sonini tayyorlash uchun maqsadli chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

Taqdimot materiallari yakunlari bo'yicha xalqaro ta'lim standartlari asosida buxgalteriya hisobi va audit bo'yicha kadrlar tayyorlashning asosiy masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun
ACCA (THE ASSOCIATION OF CHARTERED CERTIFIED ACCOUNTANTS) – 1904 yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi professionallar global assotsiatsiyasi.
ACCA xalqaro sertifikatini olish bo'yicha o'quv dasturi ingliz tilida olib boriladi. ACCA shuningdek, MHXS bo'yicha maxsus dasturlarni rus tilida ishlab chiqdi - DipIFR (DipIFR-diplom in International Financial Reporting), "Moliya va biznesni boshqarish" diplomi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi " Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4611-sonli qarorini amalga oshirish doirasida Moliya vazirligi va Auditorlar palatasi ACCA bilan MHXS bo'yicha kadrlar tayyorlash va kasbiy sertifikatlashtirishning zamonaviy tizimini joriy etish bo'yicha memorandum imzolandi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page