Senga ham hayr Windows 8.1

Senga ham hayr Windows 8.1

Qobiljon

Esingizda bo‘lsa 2020-yil 14-yanvar kuni Microsoft kompaniyasi o‘zining mashhur Windows 7 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan edi. Mana oradan 3 yil o‘tib bu kabi qismat kompaniyaning eng muammoli va shu o‘rinda noodatiy operatsion tizimi Windows 8.1 ni ham qarshi oldi.

Windows 8.1 aslida 2011-yilda taqdim etilgan Windows 8 operatsion tiziming yangilangan va tuzatilgan varianti edi. Bu operatsion tizim asosan sensor ekranli qurilmalarda ishlash uchun mo‘ljallanganligi bilan boshqa operatsion tizimlardan farq qilardi. Uning noodatiy “Pusk” qismi Windows XP va Windows 7 operatsion tizim (OT)lariga o‘rgangan foydalanuvchilarni dovdiratip qo‘ydi.

Windows 8.1 ning “Pusk” menyusi

Foydalanuvchilar Windows 8/8.1 ni alohida hissiyot bilan eslashadi: u Windows 7 ga nisbatan tez ishlaydi, lekin, juda nobarqarordir! “O‘lim oynasi” (yoki “ko‘k oyna”) bu OT ning doimiy mehmoni edi, arzimagan xatolarga ham chiqaverardi. Shu sabab kompaniya ushbu OT dagi xatolarni bartaraf etish uchun juda ko‘p yangilanishlarni taqdim etdi.

“O‘lim oynasi” (yoki “ko‘k oyna”)

Shunday bo‘lishiga qaramasdan 2015-yil taqdim etilgan Windows 10 OT borgan sari 8.1 ni bozordan siqib chiqara boshladi. 2020-yilda Windows 7 ning qo‘llab-quvvatlovi to‘xtatilishi Windows 10 ga bo‘lgan talabning keskin ortishiga, 2021-yilda Windows 11 taqdim etilishi esa Win 8.1 ga bo‘lgan qiziqishning yanada kamayishiga olib keldi.

Eng ko‘p foydalaniluvchi operatsion tizimlar statistikasi

Windows 8.1 ni qo‘llab-quvvatlash 2023-yil 10-yanvar kunidan boshlab to‘xtaydi. Bu shuni anglatadiki, operatsion tizim sizning qurilmangizda ishlashda davom etaveradi, biroq, xavfsizlik tizimi, turli dasturlarni qo‘llab-quvvatlash uchun drayver va shu kabi qo‘shimchalar uchun yangilanishlar Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmaydi.

Hayr, Windows 8.1 !

Report Page