Senator va talaba-yoshlar uchrashuvi bo`lib o`tdi

Senator va talaba-yoshlar uchrashuvi bo`lib o`tdi


Talaba-yoshlarning muammolarini o‘rganish hamda ularning  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar faol ishtirokini  ta’minlash maqsadida Pedagogika fakultetida Senator va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbirda  Oliy Majlis Senati a’zosi Abira Huseynova, Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Jumayeva, Pedagogika kefedrasi o‘qituvchilari B.Jo‘rayev, O.Ortiqov, M.Amonov, N.Ismatova, F.Ramazonovalar  ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

 Uchrashuvda Oliy Majlis Senati a’zosi Abira Huseynova  so‘zga chiqib, «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida  Shavkat Mirziyoyev «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonni hamda «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshiriladigan Davlat dasturi mazmun mohiyati  va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi. Yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari qanday bo‘lishi, bu boradagi 7 ta ustuvor yo‘nalish yuzasidan keyingi besh yilda 100 ta maqsad va 398 ta vazifalar borasida ham to‘xtaldilar. Mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad qo‘yilgani, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirishda har bir yosh faol tashabbuskor bo‘lishlari lozimligi ta’kidlandi.





Report Page