Sen shoxlari osmonlarga, Tegib turgan chinorim!

 Sen shoxlari osmonlarga, Tegib turgan chinorim!

    Erkin Vohidov maktabi ijod maktabi Matbuot xizmati

  

 Kindik qoni tomgan tuproq unga shon,

 Kerak bo‘lsa, beso‘z baxt etar u jon-

 Ko‘krakka urmaydi: Vatan deb, Vatan!

 Alpomish o‘g‘longa o‘xshaydi o‘zbek.

     Adabiyotimiz -  misoli bir dengiz. Bu dengizga qancha tomchi suv kelaversa, ya‘ni oqaversa shuncha suvning ko‘payishi sodir bo‘ladi. Adabiyotni ham qancha o‘rgansak , hammasini bilishga qodir emasmiz.                   O‘z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan,

 

 o‘z ijodida Vatanga bo‘lgan muhabbatini tarannum etgan yana bir o'zbek she'riyati  Muhammad Yusufdir. Nazarimda, Muhammad Yusufning mahorati she‘rlari aynan qo‘shiq uchun yozilganida emas, balki sodda, xalqona va ravon tilda yozilganligidadir.

         ,,She’r bu – shirin dard ozor, shoir – shu dard bemor yurakdagi o‘sha she’r qog‘ozga tushmaguncha ba’zi hollarda uyqu ham kelmaydi. Uni yozib, bitgandan keyingi rohat boshqacha bo‘ladi",-deya ta'kidlagan edi  Muhammad Yusuf. Shoirlik katta mas‘uliyat talab etadi.Ijodkor  yelkasidagi ana shu mas‘uliyatni ado eta olsagina u haqiqiy shoir! Insonning umri tugab, vafot etganidan so‘ng undan yaxshi amallar va ma‘naviy meros qolishi kerak, deb o‘ylayman. Andijon farzandidan ,, Muhammad Yusuf " degan katta adabiyot qoldi. Ha, katta adabiyot!

         Bolaligimda juda ko‘p televizor ko‘rar edim. Har doim Sevara Nazarxon chiqib ,, Ulug‘imsan Vatanim" ni aytsa onam bilan kipriklarimiz nam bo‘lib yig‘laganimiz hech yodimdan ko‘tarilmaydi. Men ,,Ulug‘imsan Vatanim " she‘rini kitobdan emas, qo‘shig‘idan yod olganman. O‘shandan berib Vatanni o‘z tilimda kuylayman, o‘z qalbim bilan sevaman. Menga Muhammad Yusufni tanitgan ham ayni shu qo‘shiq. Vatan haqida juda ko‘p yozilgan. Yozilgani yaxshi, albatta. Biroq yozmoq bilan yozmoqning farqi bor. M Yusuf bir she’rida “Yurtim seni iddaolar qilmay sevaman” , deb aytganda qanchalar haq edi. Darhaqiqat, shoir o‘z elini, xalqi, vatanini beg‘araz, sitqidildan yaxshi ko‘rar edi. Shu mehrning natijasi o‘laroq, uning she’riyati ham xuddi shundoq beminnat va beg‘araz she’riyat sifatida maydonga keldi va bu oqko‘ngil, osmonqalb shoirdan xuddi shunday she’riyat yodgor qoldi.

 Bugungi kunda insonlarning Vatan haqidagi qo‘shiqlarga qulog‘i ilinganda ,, ey, yana Vatanmi?" degan ovoz bo‘g‘zidan otilib chiqadi. Biroq nima uchun ularning birortasi Muhammad Yusuf she’ri singari mashhur bo‘lmadi? Nega bu she’riy timsollar millionlar diliga jonli his bo‘lib ko‘chib o‘tmadi. Nega Muhammad Yusuf she‘ri onam va meni yig‘latdi? Demak, Vatan to‘g‘risida kuylash ham har xil bo‘lar ekan-da. Bu she’r-u, qo‘shiqning ham samimiysi, yurakdan chiqib yurakka boradigani va ta’sir qiladigan bo‘lishi haq gap.


O‘tgan kuning-o‘tgan kundir,

O‘z boshinga yetgan kun,

Qodiriyni bergan zamin,

Qodiriyni sotgan kun.

Qo‘ling bog‘lab,

Diling dog‘lab,

Yetaklashib ketgan kun,

Voh bolam, deb aytolmagan

Dudug‘imsan, Vatanim.

      Qodiriydek ulug‘ zotlar tug‘ilgan zaminning boshidan nelar o‘tmadi. Qodiriy kabi qancha buyuk zotlarni yo‘qotdi. Qodiriydek o‘g‘lonlarining boshiga tushgan kulfatlar shohidi bo‘lgan ham Vatan-ku!

 Sen shoxlari osmonlarga,

Tegib turgan chinorim,

Ota desam,


O‘g‘lim deb,

Bosh egib turgan chinorim,

Qo‘ynimdagi iftixorim.

Bo‘ynimdagi tumorim,

O‘zing mening ulug‘lardan

Ulug‘imsan, Vatanim!

      Ana shunday shoxlari osmonlarga bo‘y cho‘zgan Vatanidan faxrlanadi, uni har balolardan asraguvchi tumorga qiyoslaydi. Har bir bandi oldida Vatanga beriladigan sifatlar “ulug‘imsan”, “ilig‘imsan”, “qo‘rig‘imsan”, “cho‘lig‘imsan”, “urug‘imsan” “qudug‘imsan” kamida yuz yillik hodisalar natijasi, quvonchi, alamini ifoda etib

keladi.Shoir she’riyatida Vataniga muhabbati ana shunday takrorlanmas tarzda namoyon bo‘ladi. Adabiyot bor-ki, she‘riyat bor-ki, Muhammad Yusuf bor! Muhammad Yusuf she‘rlari bilan birga yashaydi.

 Bu yorug‘ jahonda

Yo‘g‘u borimsan,

Tilimning ostida

Novvot- zarimsan.

Sen mening yagona

Payg‘ambarimsan

Men Bilol,

Men Habash –

Qulday sevaman.

 

    Nilufar Ergasheva

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

 

15.04.2021

Marg‘ilon.


Report Page