“Sen buyuk yurt farzandisan, bolajon!”

“Sen buyuk yurt farzandisan, bolajon!”


☝️Bugun O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida "Yunus Rajabiy" mahallasi, Yakkasaroy tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi, hamda "Art Seven Club" studiyasi bilan hamkorlikda 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ga bag’ishlangan “Sen buyuk yurt farzandisan, bolajon!” deb nomlangan katta xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.                                                                                  


🔸Dastur davomida “Art Seven Club” studiyasining “Barmoqli terapiya” hamda D.Narzullayeva tomonidan mayda haykaltaroshlik bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari bolajonlar uchun muzey bo‘ylab ekskursiyalar hamda “Abrikos” shou duet ining “Sovun ko’pikchalari” shousi  tashkil etildi.  


🔸Tadbir so‘ngida O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, “Yunus Rajabiy” mahallasi, Respublika ma’naviya va ma’rifat markazi, “Best book” nashriyoti “Mavis” hamda “Aura” qandolat fabrikasi, “Imkon plyus” kabi hamkor va homiy tashkilotlar tomonidan be’gubor bolajonlar uchun esdalik sovg’alari topshirildi.

Muzey jamoasi nomidan barcha homiylarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Muzey matbuot xizmati.


Report Page