Finlandiya ta'lim tizimi haqida

Finlandiya ta'lim tizimi haqida

Vobkent TXTB | Rasmiy kanal

2023 yil 22-fevral’ kuni 1-umumta’lim maktabida Fin ta’limi muvoffaqiyatlari to'g'risida seminar tashkil etildi. Tashkil etilgan ushbu seminarda xalq ta'limi bo'limi xodimlari va barcha umumta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.


   Buxoro viloyati hokimining tashabbusi bilan 15-29-yanvar kunlari  tuman xalq ta’limi bo'limi mudiri Farmonov M.S. Finlandiya safarida bo'ldi.

Seminar davomida xalq ta’limi bo'limi mudiri  Fin ta’limi yutuqlari va muvoffaqiyatlari xaqida ma’lumot berdi.

  Finlandiya ta’lim tizimining ahamiyatli tomoni shundaki mamlakatdagi ta’lim tizimi bir nechta bo‘g‘indan iborat. Maktabgacha ta’lim pulli u oilalarning moddiy farovonligidan kelib chiqib belgilanadi.Finlandiyada asosan bolalar 7 yoshdan maktabga qabul qilinadi va boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi.Boshlang‘ich maktabda bolalar bilan bitta o‘qituvchi ishlasa, 7-sinfdan boshlab o‘rta maktabda har bir fan bo‘yicha alohida o‘qituvchi dars beradi. 

O‘quv yili 38 hafta va har bir dars 45 daqiqa davom etadi. Maktablarda xotirjamlashtiruvchi muhit hukmron, darsliklar va tushlik bepul.

 Odatda o‘quvchilar to‘qqiz yillik umumiy o‘qishdan so‘ng bolalar o‘rta ta’limning ikkinchi bosqichidagi ikki yo‘nalishdan birini tanlashlari kerak bo‘ladi,akademik yoki kasb hunar ta’limi,o‘qishni tugatgach tegishli sertifikat egasiga aylanishadi.

Akademik yo‘nalishiga har bir o'quvchi qabul imtixonlari orqali tanlab olinadi va bu yo‘nalishda bolalar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorlanishadi, alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganishadi.Uch yillik ta’limdan so‘ng o‘quvchilar natijalari oliy ta’limga kirish kirmasligini hal qiluvchi milliy imtihonlarga ishtirok etishlari hamda Fin ta'limi haqidagi ta'surotlarini seminar ishtirokchilari bilan bo'lishdi.

Vobkent tuman xalq ta'limi bo'limi axborot xizmati


Report Page