Seksologiya kerak-mi?

Seksologiya kerak-mi?

Psixolog Naimjon Azimov

Seksologiya va zamonaviy seksologlar haqida!

Bugungi mavzuyimizda hozirda ijtimoiy tarmoqda ochiqchasiga avj olayotgan sohalardan biri bo‘lgan Seksologiyani + va - larini ko‘rib chiqamiz! Yaʼni qo‘shtirnoq ichidagi «seksologlar» bilan ilmiy haqiqiy mutaxassis bo‘lgan seksologlarni qanday farqlab olsa bo‘ladi?

O‘zi seksolog kim? Seksologiya nimani o‘rganadi?

Seksologiya bu - (lot. sexus - jins, logos - taʼlimot) jins haqidagi taʼlimot degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni seksologiya insonni jinsi bilan bog‘liq masalalarni, jinsiy hayotni, jinsiy hayotdagi muammolarni o‘rganadi.

Seksolog - jinsiy hayotdagi muammolar, jinsiy disfunksiya (jinsiy hayotga bo‘lgan qiziqishni buzilishi yoki yo‘qolishi) , jinsiy qiziqishlarni o‘zgarishi, jinsiy deviatsiyalar, jinsiy buzilishlar bilan ishlaydi.

Seksopatolog esa - (patologiya-buzilish) jinsiy hayotdagi buzilishlar, jinsiy buzilishlar va jinsiy kasalliklar bilan ishlaydi. Hozirgi kunda baʼzi manbalarda seksopatolog bilan seksolog bitta mutaxassis ham deb keltiriladi. Psixologlar malaka oshirib psixolog-seksolog bo‘lishlari mumkin. Lekin seksopatolog bo‘lish uchun albatta tibbiyot diplomiga ega bo‘lishlari shart! Buning uchun tibbiy maʼlumotlar, tibbiy kasalliklarni o‘rgangan bo‘lishi, dori-darmon bilan davolash huquqiga ega bo‘lishi, kerak bo‘lsa ambulator davolash protsesslarini ham olib bora olishi kerak bo‘ladi.

Agar ahamiyat bergan bo‘lsangiz, yuqoridagi keltirilgan maʼlumotlar umuman boshqa, ijtimoiy tarmoqlarda Yevropa bloger-seksologlarini eshitib olib, to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib, xalqimizga tavsiya qilib yuborayotgan «seksologlarimiz» umuman boshqa. Ularni aksariyati yuqoridagi punktlarni bittasini ham eplab davolash tugul, psixoseksual travmalar haqida tayinli maʼlumotga ham ega emas!

Keling endi, seksologlarga qanday vaziyatlarda murojaat qilish kerak? 

Ya’ni + lariga to’xtalsak…

1. Sizda yoki turmush o’rtog’ingizda jinsiy hayot bilan bog’liq istalgan muammo yoki kasalliklar bo’lsa, darhol mutaxassisga murojaat qilganingiz afzal. Chunki ba’zi bir kichik noxushliklar keyinchalik katta kasalliklarga olib kelishi mumkin. 

2. Jinsiy hayotni sifati buzilishni boshlasa, er-xotin o’rtasida aynan shu mavzu bilan bog’liq kelishmovchiliklar, muammolar paydo bo’lsa. Er-xotin urishlari asl sababi shunga borib taqalaversa.

3. Turmush o’rtoq tomonidan xiyonat alomatlari sezilsa. Chunki aksariyat holatlarda xiyonatni sababi jinsiy hayotdagi hatto er-xotin o’zi ham tushunib yetmagan, bir biriga ayta olmagan muammolarga, shaxsiy gigiyena buzilishlariga, uquvsizlikka borib taqalishi mumkin. 

4. Turmush o’rtog’ingiz bilan munosabatni yangi etapiga chiqmoqchi bo’lsangiz. Turmush o’rtog’ingiz bilan yanada yaqin bo’lish uchun o’zingizni ochilmagan qirralaringizni ochish, o’z ustingizda ishlab yangiliklar qilish eng to’g’ri va samarali yechim hisoblanadi. 

5. Jinsiy hayot bilan bog’liq turli komplekslar, qo’rquvlar, og’riqlar kuzatilsa, “seks” so’zini eshitgandan agressiya, nafrat va boshqa negativ emotsiyalarni xis qilganda mutaxassisga murojaat qilish samarali yechim berishi mumkin.

6. O'zingizda yoki turmush o'rtog'ingizda ma'lum bir turdagi parafiliyalar kuzatilganda. Ya'ni parafiliya - bu jinsiy deviatsiya bo'lib, misol uchun, jinsiy ehtiyojni noodatiy usulda qondirish. Ushbu holatda bemor bir vaqtning o'zida seksopatolog va psixiatr nazoratida davolanishi zarur.

Seksolog va seksopatologga yuqoridagi va shunga o'xshash holatlarda murojaat qilishingiz to'g'ri yechim bo'ladi.


Endi esa haqiqiy mutaxassisga emas “psevdoseksolog” (sohta seksolog)ga murojaat qilsangiz sizni qanday xavflar kutayotgan bo’lishi mumkin:

1. Sizga to’g’ri tashxis qo’yish o’rniga internetdan o’rgangan texnikalarini tiqishtirib, sizni muammoyingizni jiddiylashtirib yuborishi mumkin. Misol uchun, sizda gormonal buzilishlar fonida ketayotgan qandaydir kasallik bo’lsa, uni vaqtida davolashni o’rniga shunchaki uni kuchaytirib yuboruvchi texnikalardan foydalanib qo’yishi mumkin. 

2. Zamonaviy seksologlarni ham dunyoviy ham diniy taraflama ustozi bo’lishi shart! Chunki yevropa seksologlari taklif qilayotgan metodlarni 70-80% bizni e’tiqodimizga to’g’ri kelmaydi. U amallarni bajarish esa insonni kufrga olib borib qo’yishi mumkin. Ya'ni bizning muqaddas dinimizda gunoh sanalgan hamda qaytarilgan amallarni, gunoh emas, joiz deb yuborish kufrning alomatidir va buning oqibatida dindan chiqib ketish xavfi bor! Bu holatlarni oq bilan qoradan ajratib berish uchun insonga yoki ilm kerak, yoki ancha ilmli bo’lgan ustoz kerak. 

3. Jinsiy hayotni yaxshilayman deb ko’p narsaga ruxsat berib yuborish! Jinsiy hayotda avvalo ikkala tarafni e’tiqodi, qadriyatlariga ahamiyat berish kerak! Jinsiy hayotda bir tomon to’g’ri deb qabul qilgan holatni ikkinchi taraf qabul qilmasa va unga ikkinchi taraf majburlansa bu - jinsiy zo’ravonlikka kiradi. 

Ba’zi bir kurslarda tavsiya qilinayotgan usullar, muslima opa-singillarimizni hayotini yaxshilash o'rniga aksincha ularni psixikasini sindirish darajasigacha borishi mumkin. (Shu muammolar bilan murojaat qilgan mijozlarimiz ham talaygina) 

4. Zamonaviy “seksologlar” metodikasi asosan Yaponlarning “Geysha school” ta’limotiga tayanayotgani ham bizni millatimizga katta xavf tug’diradi. Aslida Geyshalar uzoq yillik tarixga ega. Unga ko’ra, Yaponiya ma’daniyatida qadim tarixda boylar, nufuzli insonlar, imperatorlarga turli xizmatlarni ko'rsatishgan. Ya'ni ular raqs tushish, qo'shiq aytish, suhbatdoshlik qilish, massaj qilish orqali mijozlarini "ko'nglini ovlashgan". 

Ularni o’zini tutishi, o’ziga oro berishi, erkakni ko’nglini olish usullari har xil asarlar orqali yildan yilga o’tib kelmoqda. Shu materiallar orqali qadim tarixdan uyat, andishada, ilmda, farosatda ancha yuqori turgan opa-singillarimizga Geysha ta’limotidan darslar o’tilishi qanchalik to’g’ri? 

5. Zamonaviy seksologlarni kursida mavzu faqat seks, erni ko’nglini olish bo’lganligi bois turmush qurmagan qizlarni bu kabi kurslarda qatnashishi qanchalik to’g’ri? O’zingiz tasavvur qiling, to’ydan keyingi birinchi kechada qiz bola barcha mas’uliyatni o’z bo’yniga olib “otni qamchilab” qolsa, yangi kuyov qay holatga tushadi? Shubxa uyg’onmaydimi? Bu narsalarni qayerdan o’rganding desa palonchi kursda o’qidim degan javobni beradimi bizni muslima singlimiz? Undan tashqari har qanday erkakni o’zi, ayoli uchun “seks instruktor” bo’lishni xohlaydi. Bu kabi kurslarga qatnashishdan maqsad intim hayotni o’rganish bo’lsa, er-xotin birgalikda o’rgangani yoki erni o’zi ayoliga ustozlik qilgani ma’qul. 

Turmush qurmagan singillarimiz jaa bo’lmasa to’ydan keyin ham ulgurasiz bu kabi kurslarda o'qishga. 

Shaxsan o’zim bir emas bir nechta odamlardan eshitdim, turmush qurmagan qizlar ham qiziqish tufayli shu kabi kurslarda o’qiganini… 

Kursda o’qishgaku o’qivoldiz deylik, to’y janivar hali beri bo’lmasa bu “ochilgan ko’z” bilan qancha yurasiz? 

Garmonlarni o’ynatib, shahvatni qo’zg’atib qo’yib iymon bilan o’ynashib yurish emasmi bu?

6. Zamonaviy kurslarda asosiy maqsad faqat postel mavzulari bo’lganligi uchun, hayotdagi asl maqsaddan qochib dardi hayol faqat intim hayotga qaratib qolinishi… 

Diqqatimiz shunaqa “yaramas” narsada. Nimaga kuchli qaratilsa, hammayoqdan faqat shuni qidiraveradi, ko’raveradi. Yetmaganiga shu narsasiga erishmaguncha qo’ymaydi…

A bu diqqatni, ongni zaharlashku! Sog’lom odamgayam “sen kasalsan, sen kasalsan” deb o’zingizdagi “ming dardga davo Doringizni” tiqishtiraversangiz, u ham kasal ekanligiga ishonib qoladida...

Ijtimoiy tarmoqlardagi baʼzi seksologlarni kuzatar ekansiz, uzuru go‘yoki ayollarni FOHISHALIKKA tayyorlayotgandek go‘yo! Ayollarga oliy maqsad qilib faqat to‘shakda zo‘r berib qo‘yish, erini ko‘nglini faqat to‘shakda olishni o‘rgatayotgandek!

Jinsiy yaqinlikni zo‘r qilishdan MAQSAD erni o‘ziniki qilib olish, erni 2-xotindan qaytarish, erdan shu orqali eʼtibor, mehr olish bo‘lsa buni Fohishalikdan nima farqi bor?

Farqi faqatgina fohishalar bu xizmatiga haq-pul olishadi, siz esa shu pulni o‘rniga o‘zingizga kerakli bo‘lgan eʼtibor, 2-xotindan qaytish va hokazo haqni olmoqchisiz.

Aslida, jinsiy hayotni ustida ishlashdan MAQSAD er-xotin yana-da bir biri bilan yaqinroq bo‘lishi, bir biridan yana-da kuchliroq lazzat olishi, bir birini yaqindan tanishi, bir biriga talpinishini, sevgisini belgisi emasmi???

Bir haqiqatni aytaman, agar ayol, ayol sifatida har tomonlama rivojlanmasa, har tomonlama ayolligi ustida ishlamasa, uni faqat qomati zo‘r bo‘lganligiyu, to‘shakda zo‘r bo‘lishiyu yordam bera olmaydi !

So‘zimni isboti sifatida, qanchadan qancha “manaman” degan ayollar to‘shakda qancha zo‘r bo‘lishga harakat qilsa ham eri qayrilib ham qaramaganlar kammi? Yoki shu kabi ayollar ham xiyonat qurboniga aylanganlar kammi? Bu muammolar bilan kuniga nechtalab ayollar mutaxassislarga murojaat qilishadi..

Demak, masala faqat to‘shakda emas ekan?!

Biz qachon ehtiyojlarni eng tubidagi fiziologik ehtiyojlar bilan ovora bo‘lib qoldik?

Jinsiy hayot bu - ehtiyojlardan biri. Lekin bu hayotdagi eng asosiy ehtiyoj emas! Boshqa ehtiyojlar ham bor! Hayot faqat seksdan iborat emas!

Hayot bu harakatdan iborat. Umr davomida bir insonni o‘zi qanchadan qancha majburiyatlari, vazifalari rollari bor. Ayolni o‘zi bir vaqtni o‘zida ham ayol, ham farzand, ham kelin, ham ona va hokazo rollarni ijro etadi.

Biz shularni ham unutib qo‘ymasligimiz kerak!

Qachonki siz bu rollardan faqat bittasi bilan ovora bo‘lib qolsangiz, avtomatik ravishda qolgan rollaringizni sifati tushib ketadi. Bu fakt!

- Siz ming zo‘r kelishgan chiroyli bo‘lmang, ming qomatingiz eng zo‘ri bo‘lmasin, ming to‘shakda har narsa qilmang siz ayol sifatida qiziqarli bo‘lmasangiz bir tiyin! Sizni bu kurslaringiz ham, o‘zingizga oro berishingiz ham bir tiyin…

Maksimum qarasa sizga shahvatini qondirish uchun qaraydi. Buyum sifatida sizga qaraydi. Shuni xohlayapsizmi? Sizga shu qiziqmi?

Biz bu maqolamiz bilan seksologlarni kursini tanqid qilmoqchimasmiz! Ularga bormang demoqchi ham emasmiz. Tanlov o‘zingizda!

Shunchaki hamma muammolarni sababi ham yechimi ham seksda emas!

Shuni tushuning demoqchimiz xalos😉

O‘zingizdagi qaysidir kamchilikni, nuqsonni berkitish uchun jinsiy hayotni zo‘r qilib qo‘ysam bo‘ldi deb “kompensatsiya” qilaman deb o‘ylamang!

Ayol ilmsiz bo’lsa, to’shakda zo’r bo’lgani bilan u ilmsiz ayol bo’lib qolaveradi…

Ayol tarbiyasiz bo’lsa, to’shakda zo’r bo’lgani bilan tarbiyasiz ayol bo’lib qolaveradi… 

Bu kabi misollar yuzlab!

Demak har doim ham muammolarni yechimi siz qidirgan joyda emas ekan! Shuni fikr qiling…

Psixolog Naimjon Azimov


Agar yuqoridagi mavzu sizga manfaatli bo'lgan bo'lsa, bizning yopiq telegram kanalimizda mavzuning to'liq audio darsligi mavjud. Shuningdek darsligimizda turli psixoseksual travma sabablari batafsil yoritilgan.

Premium klubimizga qo'shilish orqali ushbu darslikni to'liq holatda tinglashingiz mumkin.

Premium klubga a'zo bo'lish uchun Telegram orqali @azimov_admin yoki telefon orqali (+99893)555-55-68 raqamiga murojaat qiling.


Bizni TASKIN - Psixologik markazi telegram kanali orqali kuzatib boring!





Report Page