Seinfeld usuli: Barqarorlikning siri

Seinfeld usuli: Barqarorlikning siri


Mental Garden


Jerri Saynfeld — tarixdagi eng mashhur komediyantlardan biri. Comedy Central uni “Eng buyuk 100 komediyant” ro‘yxatiga kiritgan.

U 1990-yillarda dunyoni zabt etgan “Seinfeld” serialining muallifi va ssenariy yozuvchisi. Hatto TV Guide “The Contest” epizodini barcha davrlarning eng yaxshi televizion epizodi deb e’tirof etgan.

Bu yutuqlarning o‘zi ham tahsinga loyiq, ammo undan ham hayratlanarli narsa bor — uning barqarorligi.

Yildan-yilga, sahnadan sahnaga u bir xil yuqori darajada ijro etdi. Saynfeld uchun “ko‘p ish qilaymi yoki sifatliroqmi?” degan savol ahamiyatsiz edi — u ikkalasini ham bir vaqtda qila olgan.

Shunday barqarorlikni hammamiz hayotimizda xohlaymiz.

Biz maqsadlarimizni yaxshi bilamiz, ammo ishga kirishishda qiynalamiz, kechiktiramiz. Bu achinarli — chunki o‘z orzularimizni o‘zimiz sabotaj qilayotganimizni bilamiz, ammo baribir takrorlaymiz.

Seinfeld Nima qildiki, bunday hayratlanarli barqarorlikka erishdi?

Yaqinda u har kuni qo‘llagan soddaligiga qaramay samarali bo‘lgan texnikasini o‘rgandim.

Keling, ko‘raylik — u nimani boshqacha qilgan?


“Seinfeld usuli”

Ba’zida eng oddiy narsa eng kuchli vosita bo‘ladi.

Bir kuni yosh komediyant Bred Isaak Jerri Saynfeld bilan uchrashgan. U undan maslahat so‘radi: “Qanday qilib yaxshiroq komediyant bo‘lish mumkin?” (Trapani, 2023).

Saynfeldning javobi Bredni hayratda qoldirdi.

“Har kuni bitta yangi hazil yoz.”

Shu maqsadda u unga shunday tavsiya berdi:

Katta devor kalendari sotib ol, butun yil — 365 kun ko‘rinadigan. Uni ko‘rinarli joyga il.

Har kuni hazil yozganingda qizil ruchka bilan o‘sha kunni katta X belgisi bilan belgilab qo‘y. Shunday qilib, kunlar zanjir bo‘lib ulanadi.

Vazifa — zanjirni uzmaslik.


Nega bu usul samarali?

E’tibor bering, Seinfeld hech qachon “hazil yaxshi chiqsin” demagan. Natija muhim emas. Muhim narsa — kun o‘tmasin, zanjir uzilmasin.

Haqiqat shuki, natijaga eng ko‘p erishadiganlar — eng barqaror odamlardir.

Ko‘pchilik motivatsiya kelganida ishlaydi, ketganida esa yana o'sha prokrastiation. Ammo barqaror odamlar har kun davom etadi.

Bu usul inson psixologiyasidagi tabiiy jarayonga tayangan.

Odat — bu shunday xatti-harakatki, u qayta-qayta takrorlanib tabiiy holga aylanadi.

Psixolog Uilyam Jeyms odatni shakllantirish uchun 21 kun kerak, degan.

So‘nggi tadqiqotlar esa bu muddat odatning turiga qarab 18 kundan 3 oygacha o‘zgarishini ko‘rsatgan (Lally et al., 2010; Wood & Runger, 2016).

Shunday qilib, Seinfeld usuli uzoqdagi katta maqsadni emas, bugungi kichik qadamni markazga qo‘yadi.

Yomon kunlar bo‘lishi tabiiy — lekin zanjirni uzmang.


Qanday qo‘llash mumkin

1️⃣ Maqsadni tanlang.

Juda ko‘p maqsad birini ham amalga oshirmaydi.

Shoxlarni kesing, bir nechtasini tanlang va ularga e’tibor bering.

2️⃣ Kerakli odatlarni aniqlang.

Hayotingizni kuzating: qaysi odatlar sizni maqsadingizga yaqinlashtiryapti?

Qaysilar sizni uzoqlashtiryapti?

Yangi odatlarni tanlang, eski zararli odatlarni olib tashlang.

📌 Masalan, siz kitob yozmoqchisiz. Unda “har kuni 20 sahifa yozaman” deb emas, “har kuni 1 sahifa yozaman” deb boshlang.

Kichikdan boshlang — barqarorlik kuchini shunda topasiz.

3️⃣ Kalendar oling.

Butun yilni ko‘rsatuvchi katta kalendarni devorga osing.

Har kuni maqsadga oid ish bajarganingizda, uni katta X bilan belgilang.

Bu belgilar sizning zanjiringiz bo‘ladi.

4️⃣ Zanjirni uzmang.

Ba’zi kunlar oson bo‘ladi, ba’zi kunlar qiyin.

Birinchi davrda bu og‘ir bo‘ladi, lekin vaqt o‘tgan sayin odat shakllanadi.

Keyinchalik, agar bir kun o‘tkazib yuborsangiz ham katta muammo bo‘lmaydi — ammo ketma-ket ikki marta uzilish xavfli, chunki eski odatlar qaytadi.


Odatlarning kuchi

Bu usul juda sodda: odat hosil qiling — va unga sodiq qoling.

Odatning boshida — katta kuch, kichik foyda.

Odat shakllangach — kichik kuch, katta foyda.

Qanday maqsadingiz bo‘lmasin, barchasi odatlardan quriladi:

  • Yozish zanjirini uzmang — ijod tezligingizni ko‘rasiz.
  • Mashq zanjirini uzmang — jismoniy o‘sishingizni ko‘rasiz.
  • Sog‘lom ovqatlanish zanjirini uzmang — sog‘lig‘ingiz qanday yaxshilanishini ko‘rasiz.

Odatni o‘zgartirish — hayotni o‘zgartirishdir.

💭 :

“Qadam-baqadam, kun-bakun, sizning tanlovlaringiz harakatlaringizni shakllantiradi,
va bu harakatlar odatga aylanib, hayotingizning asliga aylanadi.”
Darren Hardy, “The Compound Effect”


Report Page