Seedstars World Competition

Seedstars World Competition


IMAN kompaniyasi 2021-yil  Seedstars World Competition –eng yirik xalqaro texnologiyalar tanlovi finalida O`zbekiston nomidan  ishtirok etadi. Aprel oyida kompaniya $500,000 miqdoridagi mukofot uchun kurash olib boradi.


IMAN kompaniyasi Seedstars World Competition-eng yirik xalqaro startaplar tanlovida  milliy turda g`olib bo`ldi va endi 2021-yil aprel oyida bo`lib o`tadigan va mukofot fondi $500,000 ni tashkil etadigan final bosqichida O`zbekiston nomidan ishtirok etadi. Kompaniya bugungacha ham O`zbekiston sharafini dunyo miqyosida himoya qilgan bo`lib, Entrepreneurship World Cup chempionati natijalariga ko`ra dunyodagi eng yaxshi startaplar yuztaligiga kirdi va $1,000,000 miqdoridagi mukofotni yutib oldi.


IMAN haqida

IMAN – bu 3 ta mahsulot: elektron savdo maydonchasi, sarmoya va muddatli to`lov xizmatini birlashtirgan dunyodagi birinchi ilova. Har bir xizmat turli platformalar bilan integratsiyalashadigan alohida mahsulot. Ilovaning o`ziga xosligi shundaki, barcha xizmatlar Islom Moliyasi tamoyillariga muvofiq ishlaydi va kamida 1,000,000 so`mga ega bo`lgan har qanday shaxs investorga aylanishi mumkin. 


IMAN Marketplace (elektron savdo maydoncha) – bu turli onlayn va oflayn do`konlarning 10,000 dan ortiq mahsulotlarini o`zida jamlagan onlayn gipermarket. IMAN Marketplacega ulanish va  sotishni boshlash uchun IMAN Biznes tizimiga ulanish va do`kondagi mahsulotlarni har kuni yangilab turish kerak. Platformada turli mahsulotlar kiyimlar, xo`jalik buyumlaridan to ko`chmas mulk va avtomobillargacha mavjud. Ushbu mahsulotlarni ikkinchi xizmat – IMAN Pay orqali muddatli to`lov asosida sotib olish mumkin.

IMAN Pay – bu haridorlar mahsulot va xizmatlarni muddatli to`lov asosida sotib  olishlariga imkon beruvchi to`lov xizmati. Bugungi kunda ushbu xizmatdan uydan chiqmay yoki O`zbekistondagi 100 dan ortiq do`konlar kassalari orqali foydalanish mumkin. Barcha mahsulotlar IMAN Invest xizmati orqali moliyalashtiriladi.

IMAN Invest – mavjud investitsiya va xizmatlarni boshqarish uchun xizmat. Qulay va shaffof investitsiya platformasidan foydalanishni istagan har qanday shaxs investor bo`la oladi. 

«Dunyo bo`yicha 700 million musulmonlar an`anaviy bank va omonat xizmatlari e`tiqodlariga zidligi tufayli ulardan foydalana olmaydilar. 30 milliondan (aholining 90%i) ortiq musulmon yashaydigan O`zbekistonda  Islom Moliyasi mahsulotlarini taklif etadigan bank mavjud emas  va shu sababli ham IMAN taklif etayotgan xizmat yanada dolzarb hisoblanadi. Biz investorlarning daromad ko`rishiga va haridorlar hayotini maksimal darajada qulay va oson qiluvchi sodda, tushunarli tizimni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Biz nafaqat insonlarni yagona falsafa atrofida birlashtirishni, balki sarmoyadorlarga sarmoya kiritish orqali daromad olish bilan birga insonlar hayot darajasini  oshirishlariga imkon bera oldik.  Statistik ma`lumotlarga ko`ra O`zbekiston fuqarolarining $10,000,000 ortiq pullari “to`shaklari ostida yotibdi”. Shu kabi mablag`lardan foydalanish imkoniyatini IMAN ga taqdim etgan har qanday shaxs sarmoyadorga aylanishi mumkin».- deydi IMAN kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Rustam Rahmatov.
«Biz banklar va sotuvchilar uchun foydali bo`lgan muddatli to`lov imkoniyatini yaratish va sarmoyalarni jalb qilish uchun to`laqonli halol yechim taklif qila oldik. Shuning uchun, biz dunyoning istalgan yerida,istalgan an`anaviy bank uchun qo`shimcha investitsiyaviy instrument sifatida, shunigdek elektron savdo maydonchalari uchun esa moliyaviy mahsulot sifatida tanishtirilishimiz mumkin. Bizning barcha mahsulot va xizmatlarimiz foydalanuvchilar uchun maksimal darajada qulay bo`lgan ilovada jamlangan. Ishonamizki, kelajak turli sohalarga tegishli bo`lgan turli vazifalarni, moliya, hordiq va hayot tarzini bir joyda birlashtiradigan shunday ekosistemalar bilan bog`liq. Biz bu loyihani O`zbekistonda amalga oshirayotgan bo`lsak-da, maqsadimiz xuddi shunday ekosistemani dunyodagi 700 million musulmonlarga taqdim etish» - deydi Mark Zubov, IMAN kompaniyasi hammuassisi va strategik rivojlanish masalalari bo`yicha direktor.

P2P moliyalashtirish o`zining texnologiyasi, harakatliligi, byurokratik holatlarning kamligi, shuningdek har bir inson bankning ishtirokisiz undan foydalana olishi mumkinligi sababli AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqa ko`plab mamlakatlarda mashhur bo`lib ulgurdi. Moliyalashtirishning bu turi xatarlarning taqsimlanishiga asoslanganligi tufayli bugungi kunda ko`plab iste`molchilarni jalb etmoqda. Mutaxassislar ushbu modelni asos qilib olishga qaror qilishdi va bu turdagi moliyalashtirishga O`zbekistonda talab yuqori bo`lishiga umid bildirishmoqda.

Bugunga qadar kompaniya ta`sischilar, shuningdek ko`plab sarmoyadorlardan mablag`lari hisobiga moliyalashtirib kelinmoqda. Hozirda IMAN 2 million AQSH dollari miqdorida sarmoya jalb qilish maqsadida xalqaro sarmoyadorlar bilan hamkorlik qilmoqda. Ushbu mablag`lar mahsulot sifatini yaxshilash, marketing va muddatli to`lov xizmatlarini rivojlantirish uchun yo`naltiriladi. Kundan-kunga IMAN ga nisbatan qiziqish ortib borayotganligi  sababli, kompaniya boshqa rivojlanayotgan bozorlarga ham kirib borishni rejalashtirmoqda.

Islomiy Moliyasi haqida

Islom Moliyasining an`anaviy moliyadan farqi shundaki, Islom Moliyasi foyda va zararni taqsimlash tamoyillariga amal qiladi va faqat bitta tomon tarafidan qoplanadigan tavakkalchilik va  hamda sudxo`rlikka asoslangan bitimlarni taqiqlaydi. Islom Moliyasi  xatarlar va foydaning jarayonning barcha ishtirokchilari o`rtasidagi adolatli muvozanatini nazarda tutadi. G`arbda foyda va xatarlar ikki tomon o`rtasida teng taqsimlanadigan kapitalni moliyalashtirishning ushbu  mexanizmi “skin-in-the game” nomi bilan tanilgan.

 Islom Moliyasi shaffoflik, teng mas`uliyat va real aktivlarni moliyalashtirishni nazarda tutganligi tufayli olimlar tomonidan ushbu moliyalashtirish turi real iqtisodiyotni rivojlantiradi va jamiyatdagi tengsizlik darajasini kamaytiradi deb tan olindi.

Seedstars haqida

Seedstars – rivojlanayotgan mamlakatlardagi xalqaro startaplar tanlovi. Platforma Seedstars venchur fondi ko`magida Jenevada tashkil etilgan. Tanlov har yili turli sohalarda bitta g`olibni aniqlaydi.



Report Page