Second

Second

Han Mari

Baridan shunchaki kechib ketgim kelyapti. Ammo bularga loyiq bolmagan insonlar ham borda...πŸƒ


6 - episode

Jungkook


Wonyoung


Eunjeong


Mari


Hoseok


-Uni axvoli yaxshimi?

-Siz uni turmush ortigimisiz?

-Ha!

-Hozir ahvoli joyida. Bola ham soglom rivojlanayapti ammo ayolingiz yosh, iloji boricha uni avaylang. Parvatish qiling. Nima bolganda ham sizni bolangizni vujudida kotarib yuribdi!

-Yaxshi aytganingizga amal qilaman.

-Men hozir sizga qoshimcha vitaminlar yozib beraman.

-Yaxshi uni oldiga kirsam boladimi?

-Ha lekin hozir uhlayapti.

-Mayli


Doktor yana yolak boylab yurib ketar ekan Jungkook doktor chiqqan eshikka qaragancha qoldi. Ozginadan song doktor joyida toxtab yana Jungkookni chaqirdi. Jungkook bir uchib tushib doktorni ortidan ketdi.


Ularni yolak ohirida kuzatib turgan Hyein tabiiy ravishda kozidan bir tomchi yoshi sizib chiqar ekan doktor va Jungkook u tomonga kelayotganini korib boshqa tomonga ogirib oldi. Oldida Doktor va Jungkook otib ketar ekan. Kozini qattiq kuch bn artgancha ular kelgan joy tomonga bordi.[Eunjeongni xonasi] Asta eshik tutqichini ushlarkan atrofga qaradi song eshikni surib ichkariga kirdi.


Ichkariga kirar ekan xona markazida joylashgan kravat tomon yaqinlashdi. Kravatda esa yosh va nimjon bolgan qiz har xil osma ukollarga ulangancha uyquda yotardi. Hyein qolini sekin qimirlatgancha qizni qorniga asta bosdi.


Pov Hyein

Sen, Sen asosiy sababsan hali tugilmasingdan oldin insonlar hayotini ozgaritira olding! U senga ham huddi bir paytlar Sunoni yaxshi korgandek yaxshi koradi. Uni iforini hidlagandek hidlaydi uni asragendek avaylaydi. Sen hecham havotir olma sen ham mening oglimdam kam bolmasligingga ishonchim komil. Lekin onangga ham menga qaragandek qarashishiga ishonchim komil emas! Aldamayman buni ozim ham istamayman!


Tashqaridan qadam tovushlari eshitilar ekan Hyein nima qilishni bilmay atrofga alanglab qoldi. Song yolakdagi xojatxona eshigini ochib ichkariga kirdi. Lekin ulgurdi. Jungkook uni kormadi. Ichkariga kirgancha chuqur yutingancha qolidagi dori varrogini ichki chontagiga solib kravatga yaqinlashdi.


Oyna oldida turgan stulni kravat oldiga surdi va asta qulay joylashdi. Qizni qolini tutishga botina olmay qollari havoda muallaq qoldi. Hyein eshikni asta ochib moralagancha uni gapiga qiziqdi.

-Kechir qizaloq! Meni deb boshingga kelmagan ish qolmadi. Lekin ishon afsusdaman. Seni bu mitti qalbingga ozoq berishni istamagandim. Ammo qildim! Hatto eng yomonlarini! Ozi seni yolgiz qoldirishimni ozi katta xato edi...! [Hyeinni kozlari yoshlandi va kozini mayus yumdi] Boshqa bunday xato qilmayman. Vada beraman.!


Jungkookni telefoni jiringlar ekan bir telefonga song uhlab yotgan qizga qarab telefonga javob bergancha tashqariga chiqdi. Hyein vaziyatdan foydalanib tashqariga chiqib ketar ekan kalidordan huddi qochoqdek qorqqancha ketti. Tashqariga chiqdida yuragini hovuchlab yerga otirib oldi.

-Meni kormadi.

Oziga ozi tasalli berer ekan. Bu gapiga faqat ozi ishonardi. Jungkook kordi. Uni chiqib ketganidan tortib yosh tola kozlarigacha.

Jungkook asta ogir qadamlar bn yana xonaga kirar ekan bu safar stulga emas oyna tomonga bordi va tashqarini zimdan kuzatdi. Tepada turgancha mashinasiga otirayotgan qizni kuzatarkan ogir yutundi.

-Hech ozingni qiymasdan turolmaysana?! Bu bn nimaga erishmoqchisan?! Yo niyating ozingdan meni sovutishmi? Ishon eplolmaysan huddi meni qolimdan kelmagandek!.




Erta tongda kozlarinihohalamay ochgan qiz. Kechagi kunni yiqilgani va qilgan ishlarini eslab tok urganday qolini qorniga olib bordi.


-Shu yerdasan. Meni tashlab ketmaganing uchun rahmat.


Eunjeong chuqur horsingcha yengil tortar ekan oldidagi stulga bor ogirligini tashlagancha uhlab yotgan yigitga endi ahamiyat berdi. U shu darajada yoqimtoy ediki kechagi Jungkookdan asal ham yoq edi. Eunjeong mayin jilmaygancha ornidan turib uzun shifoxona koylagini rodtlagancha oyogiga shippak kiydi va joyidanqimir etmay hozirgina ustodan olgan yopinchigini erim deb bilgan insoni ustiga yopib qoydi. Song kichik qadamlar bn tashqariga chiqdi.


Jungkook ham erta tongdan kozlarini ochar ekan kozlaridagi parda yoqolmasidan avval ogriqdan ginshidi. Boynini ushlagancha nolidi.


-Aysh~


Jubgkook oziga kelar ekan avval ustidagi yopinchiqqa song bosh yotoqqa qaragancha ornidan sapchib turdi.


Honani kozdan kechirib bolgach pastga tushar ekan u yerda taxminan 4 yoshli bola bn koptok oynab otirgan Eunjeongni korib xotirjam boldi.


Bir muddat ularga qarab turgach Eunjeong unga qarab turganini payqadi va ozini rostalagancha ularni oldiga tomoq qirgancha suquldi.


-Jihun oyingni oldiga boraqol. ]Eunjeong

-Hayr opajon. Hayr kichkintoy]deya Eunjeongni qorniga teginib qoydi va ketti.

-Hosh? Menda qandaydir gapingiz bormi? ] Eunjeong

-Men haligi....

-Ahaa? ] Eunjeong uni uzr sorashidan umid qilar ekan umuman boshqacha gapni qarshi oldi.

-Nega ehtiyotkor bolmaysana?! Sen yoshbolamisan?! Oldingda birov bolmasa ozingni eplay olmaydigan darajada kichikmisan Je?!

-Hali meni yolgiz qoldirib gapiradigan gapingiz shumidi?!

-Nima kutganding?!

-Nima kutganding? Chindanam sizdek befarq, mexrsiz va kibrli insondnan nima kutdim?!

-Ha! Barakalla! Birincha marta togri gapirding qizaloq!

-Qolimda bolsangizu sizni shu qollarim bogib oldirsam! ] Eunjeong qollarini musht qilgancha unga yaqinlasharkan Jungkook qaddini rostlagancha ornidan turdi va qizdan ancha balandligini maqtangandek kokrak kerdi. Va korsatgich barmogini qizni peshonasiga oqtalgancha ikki ogiz kinoyali gapirob qoydi.

-Yaxshisi qizaloq borginda narsalaringni yigishtir. Doktor allaqachon senga ruxsa bergan!

Jungkook oz ishidan mamnun jilmayarkan Eunjeong ozini ozi qargancha undan uzoqlashdi. Va honaga borib huddi u aytgandek barcha narsanini yigishtirdi.


Aeraport*


Boylari baland kozu qoshlari tim qora bolgan qiz poshnali oyoq kiyimi noqulay korinsada unda huddi madellarcha yurgandek Aeraportdan chiqdi. Atrofga qarab mamnun jilmaydi. Va kozidan qora kozoynagini olgancha Seulni havosidan toyib nafas oldi.


-Seni sonhinibman! Meni ona shaxrim!


-Xonim mashina tayyor] Orqadagi aeraport xizmatchisini uni zavqlanishini qoq markazidan volib qoyar ekan Mari ham majburan jilmaygancha hizmatchi korsangan mashinga otirdi.


Hyeinni uyi*


-Oyijon. Iltimos bugun manti tayyorlang

Suno onasiga yalingancha qollarini oynar ekan. Hyein ham hafsala bn oglini boyi baravar yerga egildi

-Oglim boshqa ovqat yeylik. Hozir oshxonaga kirgim yoq.

-Oyijon iltimos. Bugun bogcha opam manti yedi. Bizga botq berdi. Ishonasizmi shunday yegim kegim keldi igori hali hanuz yodimda.

-Hop mayli!

-Yeeees. Siz eng zor oyisiz.

Sunoo onasini bagriga bosar ekan Hyein uni hidlagancha oglini bagroda ozini erkin va yengil his qildi. Odatda u bu hisni faqat Jungkookninggina bagrida tuyar edi.

Hyein Va Suno oshxonad a birga manti tayyorlash ekan ikkovi uchun baxt bir birlarini oldida bolsih edi goyo.

-Oglim bu bunday tugilmaydi.

-Oyijon shunisi chiroyliroq chiqdiku qarang.

-Ammo.bu mantiga oxshamadida.

-Menga shunisi yoqdi.

-Ha mayli lekin mana shu qilganlaringni ozingga yediraman qarab tur.

-Hop mayli.

Sunoo onasidan ornak olgancha tugishga harakar qilarkan eplay olyapti goyo ammo unday emas.

-Oglim bogchangda bayram bolayotgan ekan. bayramda nega qatnashishni istamaysan?

-Buni kim aytdi?

-Bogcha opang! Hosh sabab bormi?

-Ha!

Sunoo qolini sochiqqa artgancha yuqoriga chiqmoqchi boldi ammo Hyein uni toxtatib qoldi.

-Oglim sen bn gaplashyapman?

-Istamayman! Oyi soroq qilmang!

-Maylikuya ammo nega?

-Chunki[kozlari yoshla boshladi] chunki bayramga hammani ota onasi keladi.!

-Og.oglim aytsang biz ham dadang bn birga boramiz.

-Qani dadam? Hatto biz bn bur uyda ham qolmaydilarku?! Kimni aldamoqchi bolyapsiz! Bolalar aytishdi sizlar ajrashipsiz!

-Suno...

Hyein jimgina oglini kuzatarkam Sunoo yana tilga kirdi.

-Kordingizmi. Rad etmayapsiz Men haqman!

Sunoo ichkariga kirib ketar ekan Hyein kozidagi yoshlarni nazoratidan chiqazib yubordi.


Mexmonxona*


-Marhamat Han xonim xonangiz kartasi.

Qabulxona kotiblaridan biri Mariga iltifot bn unga kartani uzatdi.

Mari- Rahmat.

-Unda bularni honangizga olib chiqishlarini aytaman.

Mari -Minnatdor bolar edim.

Mari ortoga ogirilishi bn yuzidagi tabassum zim otmay yoq bolib qoldi. Liftga chiqqancha leragli qavat tugmasini bosdi va lift kotarilishini kutdi. Lift eshigini endi yopilay deganda bir odam uni toxtatib qoldi.

Afsuski u odam begona emas!

Mari unga shunchaki tikilib qoldi. Bir soz ham aytolmadi.

-Mari? Tushunmadim? Sen qachon.....

-Janob kirsangiz liftni ishga tushirardim

Mari unga shu sozlarni aytarkan Hobi endi ortada qolganini tushunib lift ichkarisiga kirdi.

Hobi lift devoriga suyanganch a qaddi tik bolgan qizni zimdan kuzatardi.




Jungkook va Eunjeong kichkina kamtarona bolgan dasturxon atrofida ovqatlanishar ekan. Jungkook boyagi qiligini eslab sekin kulib qoyardi. Buni Je sezsa ham hech unga bildirmasdi. Je ohiri sabr kosasi tog bolib endi gap boshlash uchun ogiz juflagan payt Jungkookni telefoni jiringlab qoldi. Jungkook olimdan qaytgan insonday telefon wkraniga qaradi ammo uni ustidagi yozuvni korib butun tanasida chumoli ormalaganday boldi.


Jungkook ozini jiddiy tutgancha ornidan turar ekan Eunjeong uni toxtatdi.


-Shu yerda gaplashishingiz mumkin. Muammo emas.

Jungkook asta joyiga otirdi ammo kozlarini qarshisidagi qizdan uzmagan holda goshakka javob berdi.

πŸ“ž

-Alo Hyein?

Eunjeong bu ismni eshitib ichidan qaysidur tola uzilganday boldi. Ammo ozi shuni istadi shunday ekan chidashga majbur.

-Jungkook iltimos tez yetib kelaolasizmi?

-Nimadir boldimi? Suno yaxshimi?

-Yaxshi yaxshi ammo...

-Hyein tushintirib gapirsangchi?!

-U barchasini biladi. Tushunadi. Bizni ajrashganinizdan tortib Eunjeong bn oila qurganingizgacha barchasini anglaydi.

Jungkook ogir yutinarkan boshini osmonga qaratib ogir uh tortdi va yana aloqaga chiqdi.

-Hozir yetib boraman.

-Yaxshi

πŸ“žπŸš«




Mari mashinada otirgancha ozini Eunjeongni oldiga kirishga tayyorlar ekan har safar mashina eshigi tutqichini tutib qayta qoyib yuborayotgan edi.


Mari nihoyat oziga kuch topib mashindan tushishga qarar qildi. Ammo uydan chiqqan Gavdali erkak uni yolidan qaytardi.

Mari -Bu osha yigit emasmi?...Ha ha osha! Aniq!

Jungkook hech nimaga ahmiyat bermay oz mashinasiga joylashdi va shu zahoti haydab ketti. Mari bir uyga bir Jungkookni mashinsiga haydar ekan. Qiziquvchanligini tufayli mashinasini qayta isha tushurib uni ortidan ketti.




Eunjeong alamga qoshib likopchadagi taomlarni ham yutar ekan ogzini toldirib olib bordan yiglab yubordi. Burnini yosh boladek tortob qoyar ekan yana qornini silagancha hozirgi kunda sirdoshi bolib qolgan bolasi bn yana dardini baham kordi.

-Ketti. Dadang bizni yana tashlab ketti. Qara shuni eslab qol hopmi?? Bir kun otangdan hisob soraysan... Yoq unday qilma! Otang hali senga juda yaxshi mexribon ota bolishiga ishonchin komil. Otangga dushman bolma hopmi? Hatto menda kora uni koproq yaxshi korsang ham mayli. Yoq yana hazillashdim. Onangdan ortiq yaxshi korma! Hopmi?


Eunjeong kozidagi yoshlarni artgancha endi shirinlikka otdi.




Mari kop qavatli bino zinasidan kotarilar ekan. Jungkookni hecham kozdan qochirmayotgandi. Nihoyat u bir uyga kirganiga ishonch hosil qilgach. Taxminan besh daqiqalardan song u ham osha eshik qarshida turib qongiroqni hech qanday havotirsiz chaldi. Ichkaridan ayol kishini ovozi eshtilarkan ichidan Eunjeongdan ham jahli chiqib uni sokdi ham unga rahmi kelib unga tasannolar aytdi.


Hyein- Hyrli oqshom sizga kim kerak?.


Mari shoshib qolar ekan. Ammo hayollari hptirjam edi.

Pov Mari

Dugonamni eri kerak deb seni mana shu sochlaringni yulib olaymi?! Qani shunda ham osha yigit senga qayrilib qararmikin?!!.


Hyein -Xonim?

Mari -Aaah kechirasiz. Bir zum chiroyingizga mahliyo bolib qolibman.

Hyein -Maqtov uchun rahmat. Ammo Sizni taniyolmadim uzr.

Mari -Haa albatta tanimaysiz. Dostimnikiga kelgandim bu nechinchi qavat menimcha adashtirib yubordim.

-Beshinchi.

-Beshinchi?! Vay qaranga adashtirganimni.

-Dostingiz nechinchi qavatda yashaydi.

-Tortinchi. Mayli bezovta qildim uzr. Korishguncha

Mari asta zinalar tomon borar ekan Hyein qoshlarini chimirib unga yana gap tashladi.

-Ammo tortinch qavatda hech kim yashamasdi.?

-Aysh Jin ursin* menimcha binoni adashtirdim. Uni kormaganimga bir yil boldi. Surprise qilay degandimdaa.

-Ha mayli hayr.

-Hayrli oqshom

Marini songgi sozlari boshqacha gazab aralash ohang bn tashqariga chiqdi.




Baland binoni yuqori qavatida oynadan butun Seul koronib turadigan balandlik. Bir yigit viskisini hoplagancha oyogini chalishtirib otirar ekan Qolidan stakan tushib yer bn bitta boldi ammo Hoseok bunga pilagini ham buzmadi. Chunki uni ruhi hozirda umuman boshqa yerlarda.

Pov Hoseok

Meni ortimdan kelmaganing aniq! Agar shunday bolganda hozir men bn bolar eding! Ammo shunisi qorqinchli nega kelding?! Mendan qasos olmoqchimisan?? Yoki Eunjeongdan?! Nima bolgamda ham oz dugonagga zarar yetkazishingga ishonmayman! Ichingda hali hamon osha men bilgan ahox va oqkongil Mari yashayapti degan umitdaman.




Mari nihoyat qorqqan eshigi qarshisida turar ekan. Ozida kuch toplab osha qongiroqni bosdi.


Eunjeong eshik tomon borar ekan. Ichodagi taxminlariga kora albatta Jungkook bolishi kerak edi. Ammo eshik ortidagi odamni korib Jungkookni korgandan ham hirsan bolib ketti.

Eunjeong -Mari?



To be continued...

Report Page