Scratch dasturida ishlash.
Komil IsaqovScratch dasturi 2 xil: onlayn hamda offlayn holatda ishlaydi. Maktab kompyuter sinf honalaridagi internet cheklanganligini hisobga olsak, offlayn holatda ishlaydiganidan foydalanish qulayroq.
Dasturni o’rnatish uchun uning o’rnatuvchi fayli bo’lishi kerak. O’rnatuvchi faylni https://scratch.mit.edu/download elektron manzilidan yuklab olishingiz mumkin. Yana bir yaxshi tomoni o’zbek tilida ham foydalansa bo’ladi. O’rnatish uchun avval adobe AIR platformasi o’rnatiladi, keyin Scratch dasturi o’rnatiladi.
Scratch dasturining boshlang’ich oynasi

Scratch dasturini birinchi o’rganayotganlar uchun mahsus o’rgatuvchi shablonlar mavjud

Shu tarzda barcha ko’rsatilgan buyruqlarni bajarib bo’lganimizdan keyin, ko’rsatilgan shablondagi holat paydo bo’ladi.

Dasturni o’zbek tilida ishlatish uchun globus rasmiga bosamiz va
ro’yhatdan O’zbekchani tanlaymiz

Buyruqlar o’zbek tilida ko’rinadi. Endi sodda arifmetik dastur to’rtburchak perimetrini hisoblovchi dastur tuzamiz, buning uchun Fayl menyusidan yangi bandini tanlaymiz. O’zgaruvchilarni yaratib olamiz, buning uchun Ma’lumot bo’limidan O’zgaruvchi yaratish bandini tanlaymiz.

O’zgaruvchi yaratish maydoni ochiladi unda navbati bilan a, b va p o’zgaruvchilarni yaratamiz



Endi biz yaratayotgan dastur nimadir hodisadan keyin bajarilishni boshlashi kerak, shuning uchun hodisalar bo’limidan
Skriptini olamiz
Uning tagiga sezgirlik bo’limidan
buyrug’ini qo’yamiz
Shu tarzda quyidagi skriptlar ketma-ketligi hosil bo’ladi:

Dastur ishlashga tayyor.
Scratch dasturi o’ta soda ishlangan, ozgina fikrlab ko’p narsani mustaqil o’rganish mumkin.
Scratch dasturini o’rganish bo’yicha o’zbek tilida videodarslar ham mavjud:
Muallif: Komil Isoqov