“Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusidagi publisistik maqolalar tanlovi e'lon qilindi

“Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusidagi publisistik maqolalar tanlovi e'lon qilindi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusidagi publisistik maqolalar tanlovini onlayn tarzida o‘tkazish to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur nizom “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusidagi publitsistik maqolalar tanlovining onlayn tarzida o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Ko‘rik tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-sonli Farmoni va “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 18-bandi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 7-iyundagi 1008-IV/KQ-233-IV-son “Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorida aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish belgilangan.

Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjat ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohani rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini rivojlantirish bilan birga huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.

1.3. Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun mas’ul Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi etib belgilandi.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1. Tanlovning maqsadi – yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy bilimlarini oshirish va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish.

2.2. Tanlovning vazifalari – mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega bo‘lgan, o‘zining butun kuchi, bilimi va salohiyatini xalq manfaatlari yo‘lida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan tashabbuskor, g‘ayratli yoshlar safini kengaytirish.

III. Tanlovni onlayn tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi

3.1. Mazkur tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

3.2. Tanlovni o‘tkazish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillaridan iborat Tashkiliy qo‘mita tuziladi.

3.3 Tanlov uchun Ekspertlar guruhi shakllantiriladi.

3.4. Maqolalarni qabul qilish uchun telegram bot yaratiladi.

3.5. Tanlov haqida OAVlarida e’lon beriladi.

3.6.Telegram botga maqolalar qabul qilinadi.

3.7. Qabul qilingan maqolalar Ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

3.8.Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

3.9. Oktabr oyida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

IV. Tanlovda ishtirok etish tartibi

4.1. Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

4.2. Maqolalar tanlovida ishtirok etish uchun dastavval @yoshlarittifoqi_uz kanaliga a’zo bo‘lish lozim.

4.3. Ishtirokchilar @maqolalar_tanlovibot telegrambot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

4.4. Ro‘yxatdan o‘tishda faqat lotin alifbosidan foydalaniladi.

4.5. @maqolalar_tanlovibot telegrambot manzili orqali maqoalalar yuklanadi

V. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar uchun  talablar

5.1. Tanlov ishtirokchisining maqola matni to‘liq 3-5 bet hajmda elektron ravishda topshirilishi lozim.

5.2 Maqola matni Microsoft Word (Word 2013-2016) dasturida Times New Roman (o‘zbek tilida), shrifti 14 kegel kattaligida, matn 1,5 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqoridan va pastdan 2,5 mm joy qoldirilgan holatda bo‘lishi lozim; maqola mavzusi bosh harflarda ko‘rsatiladi, undan bir qator pastda muallifning ismi va sharifi bosh harflari va familiyasi, o‘qish yoki ish joyi va lavozimining to‘liq nomi ko‘rsatiladi, undan 2 interval tashlab matn keltiriladi.

5.3. Matn texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi kerak.

5.4. Tanlovga taqdim etilgan maqolalar matnida plagiat mavjudligi Tashkiliy qo‘mita tomonidan tekshiriladi.

VI. Tanlov g‘oliblarini aniqlash

6.1. Tanlov g‘oliblari Ekspertlar guruhi tomonidan 20 ballik tizimda, quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

- Maqolada orfografik va grammatik xatolarning mavjudligi – 5 ball;

- Maqolaning uslubiy jihatdan to‘g‘riligi – 5 ball;

- Maqolada belgilangan mavzu va g‘oyaning to‘liq ochib berilganligi – 5 ball;

- Maqolaning ta’sirchanligi va originalligi – 5 ball.

Taqdim etiladigan maqolalar g‘oyasi huquqiy-normativ hujjatlarga zid bo‘lmasligi lozim.

6.2. Tanlov yakunida Ekspertlar guruhi tomonidan qabul qilingan maqolalar ko‘rib chiqiladi.

 6.3. Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. 1-o‘rin uchun diplom va zamonaviy notebook, 2-o‘rin uchun diplom va zamonaviy smartfon, 3-o‘rin uchun diplom va kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi.


Report Page