Savollaringizga javob beramiz 💬
Bu hafta davomida sizdan sharhlarda ko‘pgina savollarni ko‘rdik. Shuning uchun, 3ta eng ommabop savollarni tanlab olishga qaror qildik. 👇
— "Keyingi yilda patent to‘lovi narxi oshiriladimi?"
✅ Hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Ma’lumot paydo bo‘lishi bilanoq, biz bu haqda o‘zimizni telegram-kanalimizda albatta yozib yuboramiz. Yangiliklarni kuzatib boring!
— "Patentni yarim yilga oldindan to‘lamoqchiman. Agar men 2023 yil oktabr oyidan 2024 yil mart oyigacha - 6600 rubl to‘lasam, 2024 yil boshidan patent narxining oshirilishi menga ta’sir qiladimi?"
✅ Agar siz yarim yil oldin to‘lovni amalga oshirsangiz, qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish kerak bo‘lmaydi.
— "Patentni olgandan keyin ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzish shartmi?"
✅ Shart! Patent olingandan keyin sizga ish beruvchini topish, rasman ishga joylashganlikni mehnat shartnomasi bilan mustahkamlab qo‘yish va nusxalarni IIV TMBBga yuborish zarur bo‘ladi. Agar bu harakatlar amalga oshirilmasa, patentingiz bekor qilinadi.
Sizni qiziqtirgan boshqa savollarni sharhlarda bering 👌🏻